Iste'molchilarni uchburchak sxemada ulaganda uch fazali o`zgaruvchan tok zanjirini tekshirish



Download 136,03 Kb.
bet1/2
Sana11.07.2022
Hajmi136,03 Kb.
#774157
  1   2
Bog'liq
тажриба-7


6- TAJRIBA ISHI.


ISTE'MOLCHILARNI UCHBURCHAK SXEMADA ULAGANDA UCH FAZALI O`ZGARUVCHAN TOK ZANJIRINI TEKSHIRISH.

1. Ishdan ko`zda tutilgan maqsad.


1. Elektr energiyasi iste'molchilari uchburchak sxemada ulanganda uch fazali zanjirning turli rejimlardagi ishini o`rganish.


a) tekis yuklama uchun,
b) notekis aktiv yuklama uchun,
v) iste'molchilarning bir fazasi ajratilganda,
g) iste'molchilarning ikki fazasi ajratilganda,
d) liniya simlaridan biri uzilganda.
2. Faza va liniya toklarini o`lchashni o`rganish va amalda ular orasidagi nisbatni tekshirish.

2. Tajriba ishiga tushunitirish.


Elektr energiyasi iste'molchisi birinchi fazasining oxirini ikkinchi fazasining boshlanishi bilan, ikkinchi fazasining oxirini uchinchi fazasining boshlanishi bilan, uchinchi fazasining oxirini birinchi fazasining boshlanishi bilan ulanishiga uchburchak sxema ulash deb ataladi. Bu holda elektr energiyasi iste'molchilari neytral simsiz liniya kuchlanishiga biriktiriladi.


Uchburchak sxemada ulaganda liniya kuchlanishi faza kuchlanishiga teng, ya'ni
UL = UF .
Tekis yuklama va simmetrik kuchlanish sistemasida liniya toki faza tokidan marta katta, ya'ni
IL= IF
Tekis yuklamada faza va liniya toklari o`zaro 1200 ga siljigan bo`ladi, ammo liniya toklari faza jihatidan faza toklaridan 300 ga orqada qoladi.
Notekis yuklamada faza va liniya toklari orasidagi nisbat o`zgaradi, ya'ni
IL.IF
Ammo bu holda liniya toklarining bir-biriga nisbatan fazaviy siljishi 1200 ga teng emas. Elektr energiyasi iste'molchilarining bir yoki ikki fazasi ajratilganda, tegishli fazalarning toki nolga teng bo`ladi.
Liniya simlari uzilganda uchburchak sxema tarmoqlangan bir fazali zanjirga aylanadi. Bunday zanjirda uzilgan sim bilan bog`liq bo`lgan elektr energiyasi iste'molchilarining ikkita fazasi ketma-ket ulanib, uchinchi faza bilan parallel qolgan simlar orasidagi liniya kuchlanishiga ulanadi.
Kirxgofning birinchi qonuniga asosan faza va liniya toklari orasidagi nisbat quyidagi vektor ifodalar bilan belgilanadi:

Bu tajriba ishida elektr energiyasi iste'molchilari sifatida har bir fazaga cho`g`lanish lampasi va qarshilik reostatlari, ya'ni aktiv yuklama ulanadi.
3. Ishni bajarish tartibi.



  1. 8.1-rasmdagi sxema yig`iladi.

2. Kalit ulangandan so`ng, ampermetrni har bir fazaga navbati bilan ulab, reostat yordamida uchala fazada tekis yuklama hosil qilamiz. Har bir fazadagi liniya va faza toklari, kuchlanish va quvvat o`lchanadi.
3. Elektr energiyasi iste'molchilarining bir fazasini ajratib (fazadagi biriktiruvchi simni olib), kuchlanish ta'sirida qolgan ikki fazadagi elektr energiyasi iste'molchilarining usha kattaliklari ulchanadi.
4. Elektr energiyasi iste'molchilarining ikki fazasini ajratib (ikki fazadagi biriktiruvchi simni olib), kuchlanish ta'sirida qolgan bir fazadagi usha kattaliklar o`lchanadi.
5. Liniya simlaridan birini uzib (liniya simidagi biriktiruvchi simni olib) kuchlanish ta'sirida qolgan ikki liniya simidagi zanjirning usha kattaliklari o`lchanadi.

6. Ulangan lampalar sonini va reostat qarshiligini o`zgartirish yo`li bilan notekis yuklama hosil qilinib, yana usha kattaliklar o`lchanadi.


7. Barcha o`lchash natijalari 8.1-jadvalga yoziladi.
8. Barcha tur yuklama uchun olingan natijalar bo`yicha I va U larning vektor diagrammalari chiziladi va 8.1-jadvalda ko`rsatilgan kattaliklar hisoblanadi.
9. Tajriba ishi bo`yicha xulosa chiqariladi.
a) iste'molchilar uchburchak sxemada ulanganda tekis va notekis yuklamada faza hamda liniya toklari orasidagi nisbat qanday?
b) agar bironta liniya simlaridagi saqlagich kuysa yoki liniya simi uzilsa, elektr energiyasi istemolchilaridagi faza kuchlanishi qanday o`zgaradi?
10. Vektor diagrammalar chiziladi.
a) tekis yuklama (8.2-rasm). Kirxgofning ikkinchi qonuniga ko`ra uchburchak konturidagi kuchlanishlarning geometrik yig`indisi nolga teng, chunki uchburchak konturida EYUK manbai yo`q

Demak, tajribadan olingan natijalar buyicha chizilgan faza kuchlanishlarining vektori doimo yopiq, teng tomonli uchburchak tashkil etadi.
Bu uchburchakda UA = UAB

Download 136,03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish