BLITS TOPSHIRIQ
«Qur‘on» - dunyo madaniyati-ning ulkan boyligi, barcha musul-monlarning muqaddas kitobi bo‘lib arab tilida qanday ma’noni anglatadi?
Javob: Qiroat degan ma’noni anglatadi.
«Qirot»so’zining ma‘nosini nima?
Javob: Qiroat — islom anʼanasida Qurʻon oyatlarini tajvid qoidalariga rioya qilgan holda, oʻziga xos ohangda oʻqish.
Qur’on necha suradan iborat?
Javob 114 suradan iborat.
Qur’on -kishilarni tenglikka, birodarlikka, tinch totuv yashashga, ezgulikka undaydi. Shunga ko‘ra, u katta axloqiy ahamiyatga ega.
Nuqtalar o’rniga munosibini qo’ying.
Javob: Qur’on
|
AMALIY KO‘NIKMA
Xadis taklif etishda asosan uch yo‘nalish paydo bo‘lgan. Mazkur yto’nalishlarini muvofiuqligi bo’yicha joylashtiring va tahlil qiling
Musnad yo‘nalishi
|
Bunda turli mavzudagi yo‘nalishlar bir joyga keltirib alifbo tartibida joylashtirilgan
|
Saxix (ishonch)
yo‘nalishi
|
Bunga Imom Buxoriy asos solgan.Bunda to‘g‘ri isho-narli xadislar keltirilgan.
|
Sunan yo‘nalishi
dagi xadislar
|
Bu yo‘nalishdagi xadis-larga, ishonarli xadislar bilan bir qatorda, zaif xadislar ham kiritilgan
|
|
1-topshiriq.
“Hadislarda ta’lim-tarbiya usullari” mavzusida esse yozing.
Islom dini ta’limoti bo’yicha eng asosiy manba Qur’ondir. Hadislar ana shu
muqaddas asardan keyingi o’rinda turuvchi mo’tabar manbadir. Hadislar
Muhammad payg’ambar hayoti va faoliyati, shuningdek, uning turli sharoitlarda
diniy, falsafiy, axloqiy-ta’limiy mavzularda aytgan xilma-xil fikrlari, ko’rsatmalari
yoki munosabatlarini aks ettiradi. Hadis arabcha so’z bo’lib, uning bir qator
ma’nolari bor: 1) yangi, yangi narsa, yangi ro’y bergan voqea; 2) so’z, hikoya,
naql, rivoyat; 3) Muhammad payg’ambar yoki uning sahobalari haqida hikoya
qiluvchi xabar yoki rivoyat. Shulardan kelib chiqib hadislarning yuzaga kelishini uch omil bilan ko’rsatiladi: 1. Muhammad payg’ambar aytgan gaplar. 2. Uning o’zi qilib
ko’rsatgan ishlar. 3. Payg’ambarimiz tomonidan ko’rilgan yoki kuzatilgan ishning
taqiqlanmagani.
Ana shu uch holatning har biri sunnat deyiladi. «Sunnat» ham arabcha so’z
bo’lib, uning lug’aviy ma’nosi «yo’l, ravish, odat» demakdir. Istilohiy ma’noda esa
Muhammad payg’ambardan qolgan urf-odatlarga aytiladi. Ularni bajarish vojibdir.
Ularda islom diniga oid tushunchalar va ularning talqini, xususan, farz, vojib,
sunnat, halol, harom, makruh kabi tushunchalarning ma’no qamrovi, izohi o’z
aksini topgan. Hadislarning asosiy katta qismi axloq-odob masalalariga, inson manaviyati
bilan bog’liq muammolarga qaratilgan. Shuning uchun ham hadislarga eng
qadimgi davrlardan-Muhammad payg’ambar zamonidanoq alohida ahamiyat
berishgan. Hadis ilmi yashash, komil inson bo‘lish yo‘llarini ko‘rsatuvchi ilmdir. Agar
ular ixlos bilan mutolaa qilinsa, dardlarga darmon topiladi ko‘ngilda xayrli
ishtiyoqlar tug‘iladi. Mustaqilligimizning ravnaqi uchun, ko‘zlagan rejalarimizni sidqidildan amalga oshirish uchun fuqarolarning ma’naviyatini yuksaltirish, ya’ni shaxsning o‘ziga bo‘lgan talabini oshirish, uning ichki imkoniyatlarini yuzaga chiqarishga ko‘maklashish g‘oyat muhimdir. Inson qalban poklanmaguncha jamiyatga foydasi bo‘lmas. Hadislar esa inson ruhiyatini tozalovchi xalqchil, singishimli omillardan
biridir.
Mavzuga muvofiq freym tuzing.
Do'stlaringiz bilan baham: |