Turli shakldagi barglar: 1—tuxumsimon; 2—nayzasimon; 3— o`q-yoysimon.
Oddiy barg xillari: 1—uch bo`lakli g`o`za bargi; 2—panjasimon zarang bargi.
Ikki karra patsimon bo`lingan murakkab barg: shoyi akatsiyada.
Murakkab barglar o`z navbatida yana bo`laklarga bo`linib, ikki yoki uch karra boiingan patsimon barglar hosil qiladi. Masalan, totim, shoyi akatsiya va boshqalarda .
Barglar o`simliklarning turiga qarab har xil shaklda bo`ladi. Saksovul kabi ayrim o`simliklarning bargi juda maydalashib, qipiq shakliga kelib qolgan bo`ladi. Uning bandi ham bo`lmay, uzunligi 2 mm dan oshmaydi. Aksincha, rovoch, ojud, kavrak kabi o`simliklar bargining uzunligi 50—70 sm dan 1 m gacha yetadi. Barglar yaproqlarining shakliga qarab juda xilma-xil bo`ladi. O`simliklar qaysi rur, turkum yoki oilaga mansubligini aniqlashda barglarning shaklidan keng foydalaniladi. Masalan, olma, o`rik, gilosning barglari yaxlit; tok, g`o`za, tut, anjirning barglari o`yilgan bo`ladi.
Qoqidoshlar (murakkabguldoshlar) va ziradoshlar (soyabonguldoshlar) oilalari ko`pchilik vakiUarining ildiz bo`g`izida joylashgan barglar, ya'ni to`pbarglar nihoyatda yirik bo`ladi. Bunday barglarning yaprog`i va bandi 50—60 sm va undan ham uzun bo`ladi.
Uyga vazifa berish: Mavzuni o`rganib kelish.Biologiya faniga oid qiziqarli ma’lumotlar topib kelish.
Ko’rildi: _________U. Ortiqov.
Mashg’ulot 15 Sana ________________
Mavzu: Fotosintez. Barglarning nafas olishi va suv bug`latishi
Mashg’ulotning maqsadi:O`simliklarda organic moddalarning hosil bo`lishi,barglarning nafas olishi va suv bug`latishini o`rganish.
Foydalanildigan jihozlar: darslik, qo’shimcha adabiyotlar, mavzuga oid rasmlar, kampyuter, slaydlar.
Mashg’ulotning borishi: O`simliklarda quyosh nuri ta'sirida va xlorofill donachalari ishtirokida anorgartik moddalardan organik moddalar hosil bo`lishi va havoga kislorod ajralib chiqishi jarayoni fotosintez deyiladi. Fotosintez — yunoncha so`z bo`lib, «fotos» — yorug`lik va «sintez» — qo shish, birlashtirish degan ma'noni anglatadi.
O`simliklar, ayniqsa, urug`lar tarkibida (uning turiga qarab) har xil miqdorda suv, mineral tuzlar va organik moddalar (kraxmal, shakar, moy va oqsil moddalar) bo`ladi. Bu organik moddalar o`simliklarning qaysi qismida qanday hosil bo`ladi, degan savol tug`iladi. Olimlar ko`pgina tajribalar asosida organik moddalar barg etining hujayralarida va o`simliklarning boshqa yashil organlari hujayralarida hosil bo`lishini aniqlashgan.
Ijodiy faoliyatining asosiy qismini yashil o`simliklardagi fotosintez jarayonini o`rganishga bag`ishlagan va fanga o`zining munosib hissasini qo`shgan mashhur rus olimi A. Tirniryazevdir. U o`zining «Quyosh, hayot va xlorofill» nomli kitobida fotosintez jarayonini asoslab bergan.
O`simliklar suv va unda erigan mineral moddalarni (tuzlarni) tuproqdan ildiz tukchalari orqali so`rib olishi sizlarga ma'lum.
Suv va unda erigan mineral moddalar ildiz bosimi ostida va barg hujayralarining so`rishi tufayli dastlab ildiz naychalariga sizib o`tadi, so`ngra poyaga va nihoyat barg tomirlaridagi naychalar orqali barglarga ojtadi. Barg hujayralariga suv bilan bir vaqtda og`izchalar orqali havodan karbonat angidrid gazi kiradi. Barg eti hujayralaridagi xlorofill donachalari ishtirokida va yorug`lik ta'sirida organik moddalar hosil bo`ladi . Bu jarayonda xlorofill donachalarida karbonat angidrid suv bilan birikadi. Natijada dastlab shakar, so`ngra kraxmal hosil bo`ladi. Karbonat angidrid suv bilan birikkanda shakardan tashqari, yana erkin kislorod gazi ajralib, og`izchalar orqali havoga chiqadi. O`simliklar hujayrasida faqat shakar va kraxmal emas, balki boshqa organik moddalar ham to`planadi. O`simliklarda organik moddalarning hosil bo`lishi juda murakkab jarayon hisoblanadi.
Xlorofill donachalari ishtirokida hosil bo`lgan organik moddalar suvda eriydi. Ular barg eti hujayralaridan tomirlarning elaksimon naylariga o`tadi va ular orqali hamma organlarga — gul, urug`, mevalarga, ildizga tarqaladi. O`simlik organlarining hujayralari shu organik moddalardan oziqlanadi. Ortiqcha organik moddalar urug`, mevalarning, ildizlarning va boshqa organlarning g`amlovchi to`qimalarida to`planadi.
O`simliklarga yorug`lik, harorat, suv, mineral tuzlar va karbonat angidrid gazi qancha yetarli bo`lsa, organik moddalar shuncha ko`p hosil bo`ladi. Ularda organik moddalar qancha ko`p bo`lsa, hosili shuncha mo`l bo`ladi. O`simliklardagi mazkur qonuniyatga amal qilinsa ulardan yuqori hosil olish mumkin. Ana shuni yaxshi bilgan dehqonlar issiqxonalarda zarur sharoitni sun'iy ravishda yaratib, yuqori hosil yetishtirmoqdalar. Hatto qish oylarida ham issiqxonalarda elektr nuri orqali qo`shimcha yorug`lik, harorat va mineral tuzlar berib, sabzavot, poliz ekinlari va har xil gullarni o`stirmoqdalar. Demak, har qanday o`simlikni ekkanda uning yorug`likka bo`lgan talabini inobatga ohsh zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: |