Mashg’ulot 1 Sana Mavzu



Download 1,44 Mb.
bet14/28
Sana01.07.2022
Hajmi1,44 Mb.
#728208
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   28
Bog'liq
To`garak reja yosh biolog

Uyga vazifa berish: Mavzuni o`rganib kelish.Biologiya faniga oid qiziqarli ma’lumotlar topib kelish.
Ko’rildi: _________U. Ortiqov.
Mashg’ulot 12 Sana ________________
Mavzu: Shakli o`zgargan yer osti poyalar.Tugunak.Ildizpoya. Piyozbosh
Mashg’ulotning maqsadi: Shakli o`zgargan yerosti novdalari, tugunak, ildizpoya, piyozbosh va ularning tuzulishini o`rganish.
Foydalanildigan jihozlar: darslik, qo’shimcha adabiyotlar, mavzuga oid rasmlar, kampyuter, slaydlar.
Mashg’ulotning borishi:
Tugunak va ildizpoyalar ham o`simlMaming shakli o`zgargan yer osti novdasidir. Tugunak o`simliklarga hammamizga tanish
bo`lgan kartoshka, shoyigul, batat kabilar, ildizpoyali o`simliklarga esa g`umay, qamish, ajriq, yalpiz, gulsafsar va shirinmiyaga o`xshash turlar kiradi. Ulardan eng ko`p tarqalgani kartoshka bilan tanishamiz. Kartoshkaning tugunaklari uning yer ostidagi organlarida hosil bo`ladi. Demak, kartoshka shakli o`zgargan yer osti novda ekan. U, asosan, yumaloq shaklda bo`lib, o`zida ko`p miqdorda oziq moddalar (ayniqsa kraxmal) saqlaydi, ichki tuzilishi jihatidan novdaga o`xshaydit Tugunaklaridagi chuqurchalarda — ko`zchalarida kurtaklar joylashganligi bilan boshqa yer osti novdalardan farq qiladi.

Kesib ko`rsatilgan bosh piyoz:
1—tub; 2—kurtaklar; 3— sersuv barglar; 4—quruq qobiq; 5— qo`shimcha ildizlar.
Kartoshka tugunagi. Ildizpoyalar: g`umay.
Tugunaklar issiq, sernam sharoitda tez ko`kara boshlaydi.
Tugunakdagi kurtaklardan yangi novda o`sib chiqadi. Kurtaklarning ko`p qismi tugunakning uchiga yaqinroq joylashadi. Shuning uchun kartoshka, odatda, uchki kurtaklardan o`sa boshlaydi.
Agar kartoshka tugunagi kesib ko`rilsa, uning ichki tuzilishi poyanikidan farq qilmasligini ko`rish mumkin.
Kartoshka tugunagida kraxmal borligini aniqlash uchun kesilgan tugunakka bir tomchi kuchsiz yod eritmasi tomizilsa, u asta-sekin ko`karadi. Kraxmal boshqa o`simliklardagi singari barglarda hosil bo`lib, o`sha yerda shakarga aylanadi va po`stloqning elaksimon naychalari orqali tugunakka keladi. Bu yerda u qaytadan kraxmalga aylanadi va to`planadi.
Bahorda kartoshka tugunaklari yerga ekilganda ulardagi kraxmal qaytadan shakarga aylanadi. Ularning kurtaklari ana shu shakar eritmasi bilan oziqlanadi va o`sadi.
So`nggi yillarda kartoshkani ko`zchalaridan ekib hosil olishga katta e'tibor berilmoqda.
Kartoshkaning inson hayotidagi roli benihoya katta, u asosan oziq-ovqat sifatida ishlatiladi.
Ildizpoya. Ildizpoyalarda qoshimcha ildiz, shakli o`zgargan barg va kurtaklar bo`ladi. Bu kurtaklardan qulay sharoitda yangi yer usti poya o`sib chiqadi. Bunday o`simliklarni ariq bo`ylarida, zax yerlarda, o`simliklar orasida, xususan, paxtazorlarda ko`plab uchratish mumkin.
Ildizpoyalarda ham kraxmal va boshqa oziq moddalar to`planadi. Ildizpoyali o`simliklardan g`umay bilan tanishamiz (43-rasm). U ko`p yillik yog`on ildizpoyali o`t. Poyasi 50—150 sm balandlikda. Barglari qalami nashtarsimon. Ildizpoyasi va urug`idan ko`payadi. G`umay sug`oriladigan ekinlarga katta zarar keltiradigan o`simliklardan hisoblanadi. Uni yo`qotish uchun kuzda yerni chuqur xaydab, ildizpoyani terib tashlash kabi choralar ko`riladi.
Ildizpoya o`simlikning vegetativ ko`payishi uchun xizmat qiladi.
Ildizpoyalarda ham ko`p miqdorda oziq moddalar to`planadi.
Shuni ham aytish kerakki, ildizpoyada novdaga xos qo`shimcha ildizlar, shakli o`zgargan barg va kurtaklar bo`ladi.
Shunday qilib, tugunak va ildizpoya yer osti novdalari shaklining o`zgarishidan hosil bo`ladi.

Download 1,44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish