Uyga vazifa berish: Mavzuni o`rganib kelish.Biologiya faniga oid qiziqarli ma’lumotlar topib kelish
Ko’rildi: _________U. Ortiqov.
Mashg’ulot 8 Sana ________________
Mavzu: Hujayrada boradigan hayotiy jarayonlar. Nafas olishi
Mashg’ulotning maqsadi: hujayraning hayotiy faoliyati, hujayraning o`sishi va bo`linishi haqidagi bilimlarni o`rganish.
Foydalanildigan jihozlar: darslik, qo’shimcha adabiyotlar, mavzuga oid rasmlar, kampyuter, slaydlar.
Mashg’ulotning borishi:
Tirik hujayralar ichidagi harakatni kuzatish hammani qiziqtiradi. Bu harakatni akvariumda po`stirilgan elodeya suvo`tidan tayyorlangan preparatda ko`rish mumkin. Elodeyaning barglari bir qavat hujayralardan tuzilgan bo`ladi, uni mikroskopda butunligicha ko`rish mumkin
Elodeya suvda o`sganligi uchun mikroskopdagi suv tomchisida tabiiy sharoitda o`sgandek tirik bo`ladi. Shuning uchun uning hujayralaridagi sitoplazmaning uzluksiz harakati aniq ko`rinadi. Sitoplazma bir yo`nalishda harakatlanadi, ya'ni hujayraning turli qismidagi oziq moddalar va kislorodning harakat yo`nalishi tomon siljiydi. Hujayralar qobig`ida teshikchalar bo`lib, sitoplazmaning harakati davomida bir hujayradagi oziq moddalar va kislorod ikkinchi hujayraga shu teshikchalar orqah o`tadi. Bu jarayonni kuzatish uchun hujayra qobig`i vazifasini o`taydigan mayda (ko`zga ko`rinmaydigan) teshikchali kichkina sellofan xaltachaga bug`doy unidan tayyorlangan ozgina xamir solib, og`zi bog`lab qo`yiladi va stakandagi yodli suvga tushiriladi. Vaqt o`tishi bilan xamir ko`kish rangga kiradi. Bundan ko`rinib turibdiki, hujayralar qobig`i orqali ular ichiga moddalar o`tgan.
O`simliklarning har bir tirik hujayrasi yashash uchun nafas oladi va oziqlanadi. Bu jarayon hujayralarda quyosh nuri ta'sirida, suv va unda erigan turli moddalar hamda kislorod bo`lgan holdagina amalga oshadi.
Tabiiyki, tashqi muhitdan hujayralar ichiga zarur moddalar qanday qilib kirishi mumkin, degan savol tug`iladi. Hujayralar qobig`i va sitoplazma o`zi orqali hamma moddalarni ham o`tkazavermaydi. Masalan, tuproqdan hujayralar ichiga suv va unda erigan moddalar kiradi.
O`simliklar hujayrasi ichiga tashqaridan kirgan turli eritmalar qayta ishlanib, hayotiy zarur moddalarga aylanadi.
Shunday qilib, hujayralar ichiga tashqaridan turli moddalar kiradi. Bu hujayralarning hayotiy xususiyatlaridan biridir.
Hujayralarga xos muhim biologik xususiyatlardan biri ularning o`sishi va bo`linishidir. Hujayralarning o`sishini mikroskopda kuzatish ancha murakkab bo`lsa-da, lekin kuzatish mumkin.
Tabiiyki, yosh hujayralar ancha mayda bo`lib, o`sgan sari yiriklasha boradi Shuni aytish kerakki, har bir hujayra ma'lum o`lchamgacha o`sadi. O`sish jarayonida o`simliklarning ayrim hujayralari shaklini o`zgartirmagani holda, ko`pchilik hujayralar shaklini ma'lum darajada o`zgartiradi. Hujayralarning qobig`i yoshiga qarab qalinlashadi. Qari hujayralarda vakuol sitoplazmaga qaraganda ko`proq joy egallaydi. Bu belgi yosh va qari hujayralarni ajratish imkonini beradi. Vaqt o`tishi bilan qari hujayralarda sitoplazma va mag`iz butunlay yo`qolib, ularning o`rnini suv yoki havo egallaydi, natijada ular nobud bo`ladi.
Siz endigina urug`dan unib chiqqan niholning vaqt o`tishi Man o`sib kattalashib, turli o`lcham va shakldagi barg, poya, kurtak, gul, meva hosil qilishini yaxshibilasiz. Salobatliyong`oq, chinor, terak va boshqa daraxtlarning barcha organlari hujayralarning bo`linib ko`payishi hisobiga vujudga kelgan.
Hujayralar bo`linish yo`li bilan ko`payadi. Shuni ham aytish kerakki, hamma hujayralar ham bo`linavermaydi. Faqat o`sish nuqtasidagi hujayralargina bo`linadi. Hujayralarning bo`linishida mag`iz katta rol o`ynaydi. Qari hujayralardan yosh hujayralar yuzaga kelguncha ularda juda katta va murakkab biologik o`zgarishlar sodir bo`ladi, ya'ni mag`zi yiriklashib, oldingi shaklini va qobig`ini yo`qotadi (23-rasm).
Bo`linadigan hujayralarda dastlab mag`iz yiriklashadi, so`ng ikkiga ajraladi va ular maxsus parda bilan qoplanadi. Bu davrda sitoplazmada ham to`siq paydo bo`lib, ona hujayrani teng ikkita yosh hujayraga ajratadi. Hujayra bo`linishi bilan undagi plastidalar ham teng ikkiga ajralib, yosh hujayralarga o`tadi. Hosil bo`lgan yosh hujayralar o`zidagi oziq moddalar hisobiga o`sishda davom etadi. Ular ona hujayra o`lchamiga yetgach, yana yosh hujayralarga bo`linadi. Shunday qilib, o`simliklarning o`sishi hujayralarning bo`linib ko`payishi va o`sishi hisobiga boradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |