Amlok (mulk so’zining ko’pligi) — katta yer-mulk, yer-suv, Mikro-toponimlar shaklida uchraydi.
Angor - hosili yig’ib-terib olingan ekinzor, mas, bug’doypoya, arpapoya, ang’iz; qadimiy maydon o’lchovi. Odatda atrofi uvat bilan o’ralgan yaxlit ekin maydoni bir angor deyilgan. Angor tumanida Angor qishlog’i bor.
Anhor (arabcha wofcrso’zining ko’pligi) — katta kanal, ariq. Xorazm shevasidagi arna so’ziga to’g’ri keladi.
‘.g Toshkent shahrida Anhor kanali, Zangiota tumanida Anhor ftjgishlog’i bor.
vxl Arlot - Chingizxon o'z o’g’U Chig’atoyga taqdim etgan to’rtta ifino’g’ul qabilasidan biri. Bu qabila hozirgi Afg’onistonning shimoliy
^ismida o’rnashib qolgan.
■"% Arlot qabilasi 92 bovli o’zbek "qavmlari" qatorida "Jome at-tavorix", "Ravzat us-safo", "Shayboniynoma"da, "Abdullanoma", "Shajarai turk" yodnomalarida, Navoiy asarlarida tilga olingan. Arlot-lar nufuzli qabilalardan hisoblangan.
Samarqand, Buxoro, Xorazm, Qashqadaryo, Surxondaryo vilo-yatlarida qabila nomi — etnonim va toponimlar holida saqlanib qolgan. Masalan, Peshku tumanidagi Allot,Qorako'1 tumanidagi Olot qish-loqlari ham arlot etnonimining talaffuz shaklidir. Abulg’ozi Bahodir-xonning fikricha, arlot so’zining asl ma'nosi "o’z onasining sevgan o’g’li" demakdir.
Art, ort - qadimiy georafik atama "dovon", "tog’ yo’li". Geo-grafik nomlar tarkibida, xususan, Qirg’izstonda saqlanib qolgan: Ayi-qart, Qayinart, Qizilart. Argin, arg’un ~ o’zbek, qozoq, boshqirdlar tarkibida uchray-digan umg’. Bu urug’ o’rta Osiyoda qadimdan yashab kelgan va Mahmud Koshg’ariyning "Devonu lug’otit turk" asarida qayd qilingan argu qabilasining davomi bo’lishi kerak. "Boburnoma"da, o’zbek urug’larining dastlabki yozma shajarasi - Mulla Sayfiddin Axsikandiy-ning "Majmuat-tavorix" asarida urug’ arg’un shaklida qayd qilingan. Bu etnonim mo’g’ulcha arg’in (o’zagi arg’ - "duragay") so’zidan kelib chtqqan. Arg’in (argun) so’zi qirg’iz tilida ham ana shu ma'noni anglatadi.
Respublikamizning Asaka, Qibray, Zangiota, Navoiy, Qorako’I, Denov tumanlarida Arg’in qishloqlari bor.
Asaka — ko’chmanchi o’zbeklar orasida tilga olingan urug’lardan biri. Qirg’izlarning sayaq qabilasi tarkibida ham asaka degan urug’ qayd qilingan boiib joy nomlari shaklida uchraydi. Masalan, Asaka shahri (Andijon viloyati). Oltinko'1 tumanidagi Asakalikqishlog’i ham shu urug’ nomi bilan atalgan bo’lsa kerak — lik qo’shimchasi topo-nimlar tarkibida, jumladan, etnonimlar oxirida shunday funksiyani bajaradi. Boyliq — «boylar», Xo’jaliq — «xo'jalar», Taqachilik — «taqachilar», Asakalik — «asaka urug’i vakillari» yashaydigan qishloq-ni anglatadi. Qoraqalpog’iston Respublikasida Asakaovdon degan bo-tiq bor. Geologlar fikricha, bu yerda yuqori to’rtlamchi davrda katta ko'1 bo’lgan (ovdon,to’g’risi obdon «suv havzasi», «suv ombori»).
Arashan, arashon, arasan — issiq mineral suvli buloq. Masalan, Toshkent viloyatidagi Ohangaron daryosining bir irmog’i Arashon deb ataladi. Qirg’izistonning Issiqko'1 vodiysida Oqsuv-Arashan ku-rorti bor. o’rta Osiyoda, Sibirda Arashan, Arasan, Arshannomli suv obyektlari, kurort joylar juda ko’p. Bu atama g’arbiy Xitoy, Oltoy, Sharqiy Sibirda ham keng tarqalgan. Masalan, Rossiya Federatsiyasi-ning Irkutsk oblastida mineral buloqlar yaqinidagi bir qancha aholi punktlari Arshan deb ataladi. Rus tilshunosi N.A. Baskakov yozi-shicha, oltoyliklar tilidagi arjan so’zi «shifobaxsh suv» demakdir.
Akademik V.V. Radlov arashan oltoyliklar, tobolliklar tillarida «issiq buloq», «shifobaxsh buloq» ekanini aytgan edi. Hozirgi mo’g’ul tilida arshan «muqaddas suv», «mineral suv», «shifobaxsh buloq» ma'nosini bildiradi.
Ba'zan biron narsa, masalan, go’sht ezilib qaynab pishsa
«arashan bo’lib ketibdi», ya'ni juda mazali, yoqimli bo’lib pishibdi» deyishadi.
Arashan atamasi sanskritcha rashiani so’zidan kelib chiqqan bo’lib, «obi hayot», «xudolar ozig’i» degan ma'noni bildiradi. Bu so’z o’rta Osiyoga, Sibirga buddizm (lamaizm) dini orqali kirib kelgan.
Arashan so’zi bilan narzan suvi nomi bir negizdan kelib chiqqan degan fikr bor. Ammo narzan asli «nordon» degani. Shunisi qiziqki, Shimoliy Kavkazdagi Kislovodsk shahrining mahalliy nomi Achisuvbo’lib, qorachay-balqarlar esa Narsana deyishadi.
Arna - juda qadimiy so(z. Akademik V.V. Radlov arna so’zini «daryo yo'li», «daryo o'zani» deb izohlaydi.
Akademik V.V, Bartold fikricha esa bu so’z xorazmchadir. Biroq arna so’zining ma'nolari va areali ancha keng. Qadimgi xet tilida arna «buloq», «chashma» degan ma'noni anglatgan. Xorazmda katta kanal-lar ama deb ataladi. Surfiy kanallarning bu atama bilan atalishiga sabab bu kanallar hajmi jihatidan daryoning bir qismi deb hisobla-nadi. Masalan, Paxtaarna, Shovotarna, Polvonarna, Otaliqarnaxud-dl shundaydir. Shu bilan birga, Amudaryoning Bog’lanaraa, Kesikar-na kabi shoxobchalari ham shu atama bilan yuritiladi.
Demak, Xorazmda arna so’zining asl ma'nosi «daryo tarmog’i», «shoxobchasi» bo’Ub, keyinchalik bu atama kanallarga nisbatan ham ishlatilgan. Qadimgi eron tilida ar (ir) «suv» demak. Arnas sanskrit tilida «oqim» «suv oqimi’ ma'nosini anglatadi.
Bu so^zning arealiga kelganda shuni aytish kerakki, arna turli ma'nolarda Xorazmdan boshqa hududlarda, Qozog’istonning ko’pgina joylarida, hatto Kavkazda ham qayd qilingan. Jizzax viloyatida suv o’yib ketgan jarni arna deyishadi. Sirdaryo yaqinidagi Arnasoy ko’U ana shunday jar o’rnida hosil bo’lgan, Ba'zi bir joylarda arna anna deb taiaffuz qilinadi.
Demak, arna qadimiy xorazmcha so’z bo’lsa ham, hozirgi vaqtda juda katta hududlarda suv bilan bog’liq turli ma'nolarni anglatadi. Bir joyda (Xorazm, Turkmaniston) «katta kanal» yoki «daryo shoxobcha-si», boshqa bir yerda (Jizzax, Samarqand viloyatlari) «jar», Janubiy o’zbekistonda (Qashqadaryo viloyatida) «dara» (anna), Qozog’istonda «daryo o’zani’, qaysidir hududlarda «daryo», hatto «buloq» tushu-niladl
Arna so’zidan tarkib topgan toponimlarga quyidagilar misol bo'ia oladi: Arna qishlog’i (Buxoro viloyati), Arnabo’yi (Xorazm viloyati), Amasoy (Sirdaryo, Jizzax viloyatlari), Amaqapchig’ay darasi (Qashqa-daryo viloyati), Kattaama, Kichikarna soylari (Qirg’iziston), Araa-buloq, Arna-Gvay ("Arna yaqinidagi joy", Kavkaz), Xo’jaarna qudug’i (Surxondaryo viloyati). Arna atamasi Xorazm viloyatida ayniqsa ko’p uchraydi: Arnao’tkan, Bog’lonaraa, Kesikaraa, Nazararaa, Otaliqaraa, Paxtaarna, Urgancharna, Shovotarna va b.
Bulardan tashqari Arna, Arnaboshi, Kattaarna, Kichikarna kabi mikrotoponimlar ham bor.
Asbob - Buxoro viloyatining Vobkent, Romitan, Buxoro tuman-larida qishloq nomi shaklida uchraydigan qadimiy atama (ko’pincha aspop shaklida talaffliz qiladilar). XI-XII asrlarda biron kishiga qarashli yer asbob (asbobarabcha sabab so’zining ko’pligi). XVI-XVII asr-larda esa yerdan tashqari mulk asbob deb atala boshlagan. Demak Buxoro viloyatidagi Asbob nomli qishloqlar bundan 6-7 asr oldingi davrdan qolgan atamalardir. Buxoro yaqinida yashab o’tgan Jo’ybor shayxlari arxivlarida Asbobi A!i Yomchi, Asbobi Bog’ikalon, Asbobi Ibrohim, Asbobi Kofiron, Asbobi Sho’rchakabi bir qancha joy nom-lari tilga olingan. Asbob so’zidan keyin bu yer kimniki yoki qanday joy ekanligini bildiradigan aniqlovchi bo’lgan, chunonchi, Asbobi Kofiron, ya'ni «kofirlar yeri» va hokazo. Keyingi davrlarda aniqlovchi tushib qolib, asbob atamasi joy nomiga aylangan.
Asqar - yuksak tog’, qishin-yozin qor bilan qoplanib yotgan tog’. o’rta Osiyodagi turkiy xalqlarning deyarli hammasida asqar tog’ (tov, too) - «buyuk tog’», «chiqib bo’lmaydigan baland tog’» ma'nosini anglatadi.
Bu so’z o’zbek dostonlarida ham shu ma'noda uchraydi. Qirg’iz tilida asqa (asqatosh) «yiiksak cho'qqi» ma'nosini anglatadi. Qashqa-daryo viloyatida Asqarcho’qqi, Asqartepa, Asqarqir degan toponim-lar bor.
Axtachi - qadimgi urug’lardan biri. Bu urug’ vakillarini Zahirid-din Bobur ham tilga olgan. Qirg’iz qipchoqlarining bir urug’i hozir ham axtachi deb ataladi. Axta mo’g’ul tilida «ot» (jumtadan, «bichilgan °t») demakdir. Axtachi esa «otboqar», «jilovdor» (xon oti jilovini Lishlab yuruvchi kishi) ma'nosini beradi.
Andijon viloyatining Asaka, Bo’z tumanlarida Axtachi degan qishloqlar bor. Jizzax viloyati Zomin tumanida bir qishloq Axtaxona (Axtixona) deb ataladi. Bu toponim ham o’sha axtachi (axta) etno-nimining in'ikosi bo’lsa kerak. Urug’-qabila nomlari tarkibidagi -chi, ~li qo’shimchalari bir qancha hollarda tushib qoladi: chimboyli — chimboy, -po’latchi - po’lat kabi. -xona affiksi urug’-aymoq nomlar-iga qo’shilib toponim yasaydi: yobu (qabila) - Yobuxona(yobular yashaydigan joy), do’rmon (qabila) - Do’rmonxona (do’rmonlar yashadigan joy).