Qoraunas — elnonim, masalan, Zarafshon daiyosining tarmog’i — Qoraunas arig’i (Samarqand viloyati), keyinroq Qozonariq deb atal-gan. Yettisuvdagi Mo’g’uliston mo’g’ullari Movarounnahr chig’a-toylarini qoraunas (qurama) deb atagan. o’zbekistonda qoraunas, qirg’izlarda qaraunas (qoraunas) urug’lari bo’lgan. Quva, Toshioq tumanlarida Qoraunas qishloqlari bor.
Qorovul - posbon, soqchi. Turkiy tillarda «qarab, qo’riqlab tur-moq» ma'nosidagi qara fe'lidan olingan. Ba'zi bir turkshunoslar «viil» qo’shimchali so’zlar mo’g’ul tilidan o’tgan deyishadi. Bu so’z rus tiliga ham kirgan. Har xil fonetik variantlarda Rossiya hndudida (ayniqsa Sibirda), Qozog’iston, Turkmaniston, Eron, Afg’oniston, Kavkazda Qoravul, Qoravultepa singari nomlar ko’p uchraydi. Qadimda yov-
. nig qayoqdan kelayotganini ko’rish uchun tosh-tuproq uyib ■ rtarilgan sun’iy tepaliklar Qorovultepa deb atalgan.
Ana shunday tepaliklar qisqarib Qoratepa bo’lib ketgan. Ba'zi wlarda esa Qoratepa qora qavmi nomi olingan qora to’pi — qorato’p o’zining o’zgargan shakli.
Qoraxoni - nrug’ nomi. Urug’ vakillari o’zlarini Avliyoota nomi ■ilan mashhiiT bo’lgan Qoraxon avliyoning avlodlari hisoblaydi. Bu ;vliyoning mozori Qozog’istondagi Taraz shahrida. Shuning uchun hu shahar 1936-yiIgacha Avliyoota deb atalgan. Ishtixon, Denov, Termiz, Forish tumanlarida Qoraxon, Romitan, Tshtixon, Qorako’i, g’ijduvon, Payariq tumanlarida Qoraxoni qishloqlari bor.
Qoracha — etnonim. o’zbeklarda qatag’on, qirq, laqay, saroy qabilalari tarkibida, qozoqlaming jetiruv, qirg’izlarning niunduz, sanin qabilalari tarkibida qoracha (qaracha) urug’i qayd qilingan. Ishtixon. Narpay, Xatirchi, Jalaquduq tumanlarida Qoracha qishloqlari bor.
Qoraqo’yti — ilk o’rta asrlarda o’g’tiz-turkmanlar tarkibidagi qa-ibilalardan biri. XI asrda qoraqo’yliklarning katta qismi g’arbga — Xuroson, Kichik Osiyoga siljib ketadi. Bu qabilaning bir qismi Dash-tiqipchoqdaqolib, keyinchalik hozirgi o’zbekiston hudtidiga, jumla-dan Toshkent vohasiga kelib o’mashadi. Zarafshon vohasida qirq, Surxondaryo vohasida qo’ng’irot qabilalari tarkibida uchraydigan qoraqo’yli etnonimi o’sha qabila nomi in'ikosidir.
Qoya — tik yonbag’trli yalang tog’. Turkiy qoya so’zi fors tiliga iqoya), usmonli turklar orqali esa bolgar tiliga ham o’tgan (kaya). Sibirda esa xaya deyiladi. o’rta Osiyo va Eronda Qoraqoya, Qizilqoya kabi toponimlar uchraydi.
Quduq — suv olish uchun qazilgan tor chuqurlik. Turkiy xalqlardan tashqari Volgabo’yi, Qrim, Shimoliy Kavkazdagi rus shevalarida (Shar-qiy Sibirgacha), Ukrainaning janubida ham iste'molda. Tojik tili sheva-larida quduq deganda buloq ham tushuniladi. Turkmanistonda quduq-ning bir necha tnri bor, ko’milib ketgan qnduq guduk, quduq esa gttyi, ustnoni turklarda kuyuk deyiladi. Ba'zi bir turkiy tillarda buloqni ham quduq deyishadi. o’zbekistonda Quduq, Quduqli, Quduqcha, Qo’shquduq, Uchquduq kabi yuzlab toponimlar bor,
Qulon — ko’chmanchi o’zbeklar, Farg’ona qipchoqlari, qozoq-larning arg’in qabilasi tarkibidagi urug’. Qirg’izlarda qu/onsoriq, turk-
manlarda qulonchi urug’i bo’lgan. Buxoio tumanida Qulonxm Amudaryo tumanida Qulonovu), Jondor, Qorako'1 tumankui. Qulonchi oykonimlari qayd qilingan. Qulon -7 umg’ning muqadd jonivori (totemi) bo’lgan. Lekin Qulonqoq yovvoyi ot ~ qulon noi bilan bog’liq: "Qulon suv ichdigan qoq - ko’Imak" demakd; Qulonxona esa "qulon urilg’i vakillari yashaydigan ovul" ma'nosi(.:, ham, "qulon ko’p joy" ma'nosida ham bo’lishi mumkin.
Qum — qattiq minerallar va tog’ jinslarining sochiluvchan maytl < donachalari; qumli cho'l, qumli sahro (Qizilqum, Qoraqum, Oqqumj Shuning uchun ham qumli cho’lda yashaydigan aholini qumli deyish gan (cho’lliklarni sahronishin degan kabi). Qum, Qumariq, Qumbel, Quinbosdi, Qumtog’, Qumqishloq, Qumtepa, Qumqo’rg’on, Qum-rabot, Qumloq, Qumzor, Qumoq, Qumloq degan toponimlar ko’p.
Do'stlaringiz bilan baham: |