Telov — qurama toifasining beshta urug’idan biii. Bu urug' qozoq-larning jetiruv qabilasi tarkibida ham uchraydi. o’zbekiston, Besh-ariq, Ohangaron tumanlarida Telov oykontmi qayd qilingan.
Temirqovuq — «temir darvoza», yoi o’tgan dnraning tor qismi. Qadimiy turk tilida Temirqopuq, tojikcha Darbandi Ohanin. arabcha Bobil hadid. Surxondaryo viloyatidagi Buzg’alaxona (Qohlug’), Jizzax yaqinidagi Hono’tti daralari ham Temirqopug’ deb atalgan, Nurota tumanida Temirqovuq qishlog’i bor.
Hm — usti yopiq bozor yoki rasta; bozor qorovuli — timbon. Bli
so’zniiig «karvonsaroy» ma'nosi ham bo’lgan. Narpay, Nurobod tu-manlarida Tim qishloqlari bor.
Tepa - do’nglik, tepalik, cho’qqi, biron narsaning uchi. Qadimgi turkiy tilda to’pu - kallaning cho’qqisi. Turkiy tillarda tepa, do’bo’, depe, to’be, do’ha, to’bu, tojik tilida teppa, o’zbek shevalarida teva, to’ba shakl-larida talaffuz qilinadi. E.M. Murzayev aytganidek, bu atama turlicha fonetik shakllarda Kavkaz, Volga bo’yi, Ural tog’lari atroflari, Sibir, Yaqin Sharq, Bolqon yarim orolida ko’plab toponimlar hosil qilgan. Shu bilan birga tepa teva ~ tuya shaklini olgan (Tuyaboshi, Tuyagu-zar) yoki urug’-qabilaning tarmoqlari — to’p yoki to’pa o’zgarib tepa bo’lib ketgan. Etnonimlar yonida keladigan tepa elementi asli to’pa bo’lishi kerak. Naymantepa, Naymanto’ba kabi.
Terskay - quyoshga teskari, oftob tushmaydigan, shimolga qara-gan (yonbag’ir). Dehqonobod tumanida Terskay degan adir va qishloq bor. Shevalarda bu atama teskay shaklida talaffuz qilinadi.
Tirsak - qo’lning bilak suyagi bilan yelka suyagi qo’shilib, bur-chak hosil qiladigan joyi, toponimiyada emuyulish^, «daryoning bur-chak hosil qilib oqadigan joyi». Masalan, Amudaryoning muyulishi tirsak deyiladi (q. To’qay).
Ba'zi joylarda (Namangan va o’sh shaharlarida chig’anoq yoki chag’anoq deydilar. O’rta Chirchiq tumanida Tirsak degan toponim bor (q. Chig’anoq).
Toyloq, taylaq — qozoqlar, qirgMzlar, qoraqalpoqlar tarkibida taylaq, turkmanlarda tayhqlar, o’zbeklarda toyloq umg’lari bo’lgan. O(zbeklarning toyloq urug’i oqtoyloq va qoratoyloq shoxobchalariga boiingan. Toyloq - tuyaning bir yoshdan oshgan bolasi (bir yosh-gacha bo’ta, bo’taloq). Toyloq urug’ning muqaddas jonivori (totem) bo’lgan.
Chimboy tnmanida Taylaq, Romiton, Bog’ot tumanlarida Toylo-qon, Samarqand yaqinida ham Toyloq degan toponimlar qayd qi-lingan.
Tom — uy, bino, devor, tom. Qadimiy turkiy tilda tom — «devor», ozarbayjonchada dam — «uy», «bino», turkmanchada dam ~ «doimiy turar joy» (o’tovdan farqli o’laroq), qirg’izchada ham tam — «g’ishtli yoki loytuproq uy» ni bildiradi. Tom bilan ruscha dom so’zining kelib chiqish o’zagi bitta. Sanskritchada damas, yunonchada va lotinchada
domus «uy», «bino», «turar joy» degani. Qorako'1 tumanidagi Tom-qishloq, Sharaf Rashidov tumanidagi Uchtom toponimlari shu so’zdan tarkib topgan ko’p sonli geografik nomlar jumlasidan.
Tortuvli - urug’, qo’ng’irot qabilasining ajdodi bo’lib, Qo’ng’irot otaning kichik xotinidan tarqalgan. Qo’ng’irot ota keksayganda kichik xotini o’g’il tug’ib, tortuv (tortiq - sovg’a) qilgani uchunundan tarqalganlar tortuvli deb atalgan ekan. Nurobod, Narpay, Oqdaryo, Oqqo’rg’on, Xatirchi, Denov, Sariosiyo tumanlarida Tortuvli nomli qishloqlar bor.
Qoraqalpoqlarning qiyot qabilasi tarkibida ham tortuvli urugH bor.
Do'stlaringiz bilan baham: |