Tunqotar — ilgarilari podsho turgan joyni kechasi qo’riqlab tu-radigan soqchi, tungi qorovul. Tunqotar degan urug’ ham bo’lgan (masalan, qirg’izlarda; qoraqalpoqlarda tungatar deb ham atalgan). Bag’dod, Vobkent tumanlaridagi Tongotar oykonimi o’sha tunqotar atamasining o’zgargan shakli.
Turbat — tuproq, xok, qabr (turob so’zligining ko’pligi - ahli turob «marhumlar»). Ulug’ kishilarning qabrlari ustiga qurilgan bino, maqbara ham turbat deyilgan (Turbati Temur - Go’ri Amir). Turbat nomli joylar aziz-avliyolarning mozori, qadamjolari yonida boiadi. turbat degan turk-mo’g’ul qabilasi ham bo’lgan. Toshloq tumanida Turfaat qishlog’i bor.
Turg’oq - ko’chmanchi o’zbeklar tarkibidagi urug’. Abulg’ozi Bahodirxon o’zining «Shajarai tarokima’ asarida turg’oq so’zini «qo'riqchi, soqchi’ deb izohlagan. Uchko’prik tumanida Turg’oq qishlog’i bor.
Tutak - Sug’dda harbiy lavozim. VIII asrda oliy hokim, ya'ni ixshiddan keyingi harbiy tashkilot boshlig’i, harbiy vazir. Qarshi, Nurota, Sariosiyo, Forish, Yakkabog’ turnanlarida Tutak, o’sha Yakkabog’ tumanida Tutaktepa qishloqlari qayd qilingan.
Tutamg’ali - qozoqlarning sergeli (sirgali) qabilalar uyushmasi tarkibiga kirgan 12 qabiladan biri. o’rgeli qabilasining bir urug’i ham tutamg’ali deb ataladi (tu, tuv, tugf «bayroq», tutamg’ali «tamg’asi bayroq shaklidagi qabila»). Quyi Chirchiq tumanida Tutamg’ali ovuli bor.
To'rtko’l — vayrona, qo’rg’on xarobasi. To’rtko’i — to’rtburchak, kvadrat, aynan chordevor, ya'ni choldevor. Amudaryo etagidagi su-pasimon tepaliklar ham choldevorlarga o’xshaganligi uchun to’rtko’Uar
■yj-i
deb atalgan. Qoraqalpog’istonning To'rtko'1 shahri, Shovot, Iz-boskan, Urgut, Payariq, Bo’zo’tov tumanlaridagi TVrtkoi qishloqlari nomlari shu atamadan hosil bo’Igan.
To’qay - daryo bo’yidagi qalin changalzor, qamishzor, urnuman o’rrnon (masalan, qirg’izchada). To’qay (to’xo’y) mo’g’ulcha so’z bo’lib, asl ma'nosi «qo'l tirsagi», «bilak» demak. Bu so’z keyinchalik turkiy xalqlarga «daryo muyulishidagi o’rmon» ma'nosida o’tgan. «Boburnoma»da ham to’qay so’zi «daryo tirsagi» ma'nosida kelgan. Respublikamizda To’qay, To’qaytepa, Kattato’qay, Kichikto’qay, To’qayqishloq, Chaqirto’qay kabi toponimlar uchraydi.
To’qsabo. Bu atamaning bir necha ma'nosi bor. Buxoro xonligi-dagi (amirligidagi) yuksak harbiy mansablardan biri. Lug’aviy ma'nosi ham tug’ (tuq) — «bayroq» so’zidan olingan bo’lib, «ofz bayrog’i bor (qo(shin)» degan ma’noni bildiradi. o’zbekiston, Jondor tuman-larida Tuksava (Tuxsava), Romitan tumanida Qo’shto’qsoba qishloq-Jari qayd qilingan.
2) o’rta asrlarda qipchoq qabilalaridan biri. U keyinchatik par-chalanib turli urug’-qabilalar tarkibiga qo’shilib ketgan. Masalan, qozoq-larning baybaqti urug’i, o’zbeklarning laqay qabilasi tarkibida to’qsoba shoxi qayd qilingan. To’qsoba etnonimi to’q\a saba degan ikki umg’ nomidan olingan bo’lishi mumkin. To'q so’zi etnonimlar tarkibida uchraydi: to’qmang’it, to’qsaroy, to^qboy, to’qmon kabi. Saba «mesh», «sanoch» demak.
Uzun — umumturkiy etnonim. o’zbeklarda, masalan, Zarafshon va Farg’ona qi pchoqlarida, qozoqlarning o’rta juzida, qirg’izlarning bag’ish qabilasida uzun, turkmanlarning teke qabilasida uzin urug’i qayd qilingan. Paxtachi, Yakkabog’, Qamashi, Sariosiyo, Zafarobod tumanlarida Uzun qishloqlari bor.
Uyrat ~ kolchmanchi o’zbeklarda, Farg’ona qipchoqlarida qayd qilingan umg’. Kogon, Rishton, Yangibozor, Navoiy, Koson tu-manlarida Uyrat qishloqlari bor.
Do'stlaringiz bilan baham: |