Masafalari raajmuidan bahs etadi



Download 4,7 Mb.
bet97/145
Sana14.06.2022
Hajmi4,7 Mb.
#667039
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   145
Bog'liq
Топонимика

Sanchiqli, chanchiqli - o’zbeklarning qo’ng’irot qabilasi tarkibi-dagi urug’lardan biri. Tamg’asi uzun nayza, sanchqich shaklida bo’lgani uchun shunday atalgan. Respublikada Sanchiko’! (Urgut, Paxtachi, Ishtixon tumanlari), Sanchiqul (Pastdarg’om tumani), Sanchqil (Boysun tumani), hatto Chanchikli kabi qishloqlar shu etnonim bilan atalgan.
Sardoba — suv kam joylarda suvning bug’lanib ketishiga va if-loslanishiga yo'1 qo’ymaslik uchun qurilgan gumbazli hovuz. Sardoba ustiga qurilgan gumbazi uchun ba'zan Gumbaz deb ham atalgan. Sardobalar qadimda dashtlardagi chorva mollarini va savdo karvon-larini suv bilan ta'minlashda katta ahamiyatiga ega bo’lgan. Qarshi cho’lida 29 ta, Mirzacho’lda 3 ta, Toshkent bilan Farg’ona o’rtasidagi qadimgi savdo yo’Iida 3 ta, Cho’limalikda (Karmana yaqinida) 1 ta sardoba boigan.
Paxtachi, Guliston, Oqoltin tumanlarida Sardoba degan qish-loqlar bor.
Forscha-tojikcha sardoba "sovuq suv" degani.
Sarik — turkman, qirg’iz, boshqird xalqlari tarkibiga kirgan qabila (qirg’izlarda sariq saruu deb ham ataladi). Sariq nomi bir qancha qabila-urug’lar nomlariga sari shaklida qo’shilib ketgan: sari-uyshun, sari-uyg’ur, sari-nayman, sari-qangli, sari-qirg’iz va hokazo. Qiziriq, Muborak tumanlarida Sariq qishloqlari qayd qi-lingan.
Saroy — yirik o’zbek qabilalaridan biri. Uning vakillari asosan Buxoro vohasida, Samarqand, Qashqadaryo, Jizzax, Andijon viloyatlarida yashagan. Qabila azsaroy, qipchoqsaroy, qirg’izsaroy, qo’ng’irotsaroy, majarsaroy, qorabog’saroy, naymansaroy, chemsaroy, jomonsaroy, oltintamg’alisaroy, jolong’och (yalang’och)saroy kabi yirik tarmoqlarga bo’lingan.
Respublikada 50 dan ortiq qishloqlar saroy nrug’i nomi bilan atalgan.
Sarrof — pul maydalaydigan va valyuta almashtiradigan shaxs. o’rta
Osiyod xonliklarida sarroflik serdaromad kasb hisoblangan. Yirik sha-harlarda, masalan, Buxoroda Sarrofon mahallasi bo’lgan.
Saqa, sag’a — to’g’on boshi, magistral kanalning bosh qismi, sug’orish uchun suv taqsimlaydigan qurilma (Xorazm). Saqa (saqo) arabchada «sug'orish» demak. Eron va Afg’onistonda suv tashiydigan, ya'ni boshqalarni suv bilan ta'minlaydigan kishilami — (meshkobchi-larni) saqo deyishgan. Tumshug’i ostida xaltachasi bor saqoqush ham deyiladi.
Misr va Mesopotamiyada chig’irni soqiya (suv bilan ta'minlovchi) deyishadi. Xorazmda 1828-yilda Olloqulixon tomonidan toshloq yerda quriigan kanal Toshsaqo deb ataladi.
Bu atama o’zbekistonning boshqa joylarida ham toponimlar hosil qilgan. Buxoro viloyatida Saqoquduq degan quduq bor; XIV asr Buxoro vaqfnomalarida Saqoyai Amirak degan joy tilga olingan.
Sahro — cho'1, dasht, biyobon. Arabcha ashar — «qizg’ish sariq» so’zidan hosil bo’lgan. Sahroi, sahronishin — «cho'llik», «cho'lda yashovchi’ degani. Afrikadagi Sahroi Kabir choii, Erondagi Oq-sahro, Sahrosho’r, Ozarbayjondagi Sehra toponimlari shu so’zdan paydo bo’lgan.
Selga (selgoh) — sel olib kelgan loyqa-qumlardan hosil boigan unumdor yerlar (selga yerlari). Tojikistonning Panj tumanida Selgoh qishlog’i bor. Selgani ba'zi bir yerlarda seldara, selsoy ham deyisliadi. Nurota tumanida bir dara va qishloq Selsoy deb ataladi. Bahorda jo’shqin tjshqin suvlari keladigan o’zan selroha («sel yo’li») deyiladi. Selbur degan toponim «sel olib ketgan, sel urib ketgan» demak. Sel ko’p keladigan yoki sel suvi yig’ilib qoladigan joy selxona deb yiiritiladi.
Sengir, sangir, singir — cho’qqi, qoya. Qadimiy turk tilida «tog’ tumshug’i’, qirg’izchada sengir «o’t bilan qoplangan baland tog’ qirrasi», qozoqchada «tik jarlik», «baland tog’ tizmalari», ozarbayjon-chada (senger) «tik qoya» ma'nosini anglatadi. Bobuming yozishicha, tog’da istehkom qurish, harbiy kuch bllan mustahkamlash singir deyilgan.
Munis va Ogahiy asarlarida uchraydigan singir (sengir, sangir) so’zini V.V. Bartold «istehkom» deb tarjima qilgan.
Sengir atamasi asli tojikcha sang — «tosh», «tog’» so’zidan bo’lsa kerak. Bu atama o’rta Osiyoda, Qozog’istonda, Kavkazda, Eron,
Afg’onistonda bir qancha toponimlar hosil qilgan (Ozarbayjonda Qo-rasengir, Qozog’istonda Oqsengir, Tojikistonda Qumsangir).
Sergeli, sergali, sirgali, sirgeli — qabilalar uyushmasi asosan qozoqlar tarkibida uchraydi; o’zbeklarning yuz, qipchoq qabilalari tarkibida ham sirgali (sergali) urug’i qayd qilingan. Sergeli qozoqlar Toshkent vohasida,1 Kalas, Chirchiq, Oqsoqota daryolari bo’ylarida yashaganlar. Quyi Chirchiq, Qibray, Zangiota, Oqqo’rg’on tuman-larida Sergeli, Oqoltin, Zarbdor, Zomin tumanlarida Sirgali oyko-nimlari uchraydi. Zomin tumanidagi bu ikki qishloqda o’zbeklar yashay-di. Toshkent shahridagi Sergeli urbonimini Sirg’ali deb yozish to’g’ri emas.
Siyna — ko’krak, ko’ks. Toponimiyada — ayolning ko’kragiga o’xshatilgan. Denov tumanidagi Sina tog’ini shoira Muzayyana Alaviya «aynan qiz bolaning ko’kragiga o'xshaydi» degan edi. Demak, sina, siyna fonetik tafovut, xalos, Shahrisabz tumanidagi Sinabog’ qishlog’ining nomi ham shu so’z bilan bog’liq bo’lishi mumkinv
Sin - bo'y, qad-qomat (tog’day sin bersiri). Oltoydagi turkiy xalqlarning tillarida sin, son — «tizma tog’», «tog’ qirrasi^, «yolg(iz tog’». Sibirda sin so’zidan tarkib topgan toponimlar ko’p. Sayan sini («Sayan tog’lari»), Sintag’ va b. Boysun toponimi ham shu so’zdan tarkib topgan bo’lishi mumkin (T. Nafasov).
Soz botqoqlik, to’qay, qamishzor, zax o’tloq, sozlik. Deyarli barcha turkiy tillarda botqoqlik; soz silovsin - qamishzorda yashay-digan silovsin ma'nolarida uchraydi.
Chotqol tumanida Sozsoy degan qishloq va soylik bor, Qibray tumanidagi Sozbaqa ovuli «botqoqlik baqasi» demak (etnotopomm). Soztuproq so’zi ham asli «zax joyning tuprog’i’ ma'nosida bo’lishi kerak.
Soy - suv oqadigan pastlik, suv yo’li, vodiy. Kichik daryo ma'nosini ham anglatadi. Turkiy xalqlar yashaydigan barcha hudud-larda bir-biriga yaqin ma'nolarda ishlatiladi va sanoqsiz toponimlar hosil qilgan. Andijon viloyatida eski o’zanlardan foydalanib ochilgan kanal soy deyiladi: Andijonsoy, Shahrixonsoy. Say atamasi «kichik daryo’ ma'nosida rus tiliga ham kii^an.
Usmonli turklar, ozarbayjon tillarida va Eronda chay (daryo) shaklida talaffuz etiladi.
Ozarbayjonda chaylag’ (quruq o’zan), chaybosar (qayir), chayog’zi (daryoning etagi), chayg’o’lu (daryo tarmog’i) shakllarida uchraydi.
Tilshunos O.T. Molchanova soy (say) turkiy, choy (chay) esa forsiy talaffuz shakii deb hisoblaydi.
Solin - o’zbek qabilalaridan biri yoki yuz qabilasining bir tarmog’i. Solinlar asosan Zarafshon daryosining o’rta qismida, Jizzax, Zomin, g’allaorol tumanlarida yashaganlar. Bulung’ur tumanida Solin degan qishloq bor.
Quioqning uchki yumshoq qismi solin (solinchoq, solinchak) deyiladi.

Download 4,7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   145




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish