Ovloq ~ ov qilinadigan jonivorlar ko’p joy; markazdan uzoq, chet joy. Mikrotoponimlar hosil qilgan.
Ovul — «qishloq va boshqa ma'jiolarda hamda Kichik Osiyodan Tinch okeangacha avul, aul, avo'l, ayo'l kabi fonetik variantlarda uchraydigan atama. Xronologik jihatdan qishloq so’zidan oldin paydo bo’lgan bu atama XV—XVI asrlarda kelgan ko’chmanchi o’zbeklarning o’troqlashishi (qishlov — «qishlanadigan joy»), oqibati bo’lsa, ovul ko’proq ayil shaklida «o'tov», «bir to"p o’tov» ma'nosida ancha oldin mavjud bo’lgan. O’zbekistonda ovul so’zidan tarkib topgan o’zbek qisliloqlari ko’p; Janubiy o’zbekistonda ovul so’zi «qishloq», «kichik-roq qishloq» ma'nosida hamon ishlatiladi. «Molxona», «qoLra» ma'nosidagi ogV so’zi ham genetik jihatdan ovul so’zi bilan ma'nodosh.
Odoq — biron narsaning past tomoni, etak tomoni, soy-daryo-ning quyi oqimi. g’ijduvon tumanida Odoq, Vobkent tumanida Odoq-ariq, Qamashi tumanida Odoqjonboz toponimlari bor. Odoq, oyoq, etak so’zlari asli bir so’zning fonetik shakllari. Oyoq so’zining toponimi-
yada «ctak»dan tashqari «idish-tovoq» ma^nosi ham bor. Masalan, itga ovqat berish uchun yerni o’yib yoki loydan yasalgan chuqurcha itoyoq deyiladi. Tojikistonning Jergetol vodiysidagi qirg’izlar o’ta ba-davlat, idish-tovoqlari ham tilladan bo’lgan boylarni qiziloyoq de-yishadi («qizil» — oltin, tilla). Qiziloyoq degan toponim ham bor.
Oybek — o’zbek urug’laridan biri, qirg’izlarda adigine qabilasining bir urug’i. Chinoz tumanida Oybek, Bulung’ur tumanida Oybekto’p qishloqlari bor. Surxondaryodagi To’polondaryoning bir irmog’i Oy-beksuv deb ataladi. Afg’onistonda Aybak degan shahar bor. Aybaki charm shu shahardan keltirilgan bo’lsa kerak (aybaki maxsi).
Oyinli, oyinni — qo’ng’irot qabilasining bir bo’Hmi. Etnonimga oy so’zi asos qilib olingan. Urug’ tamg’asi yarim oy - hilol (o’roq) shaklida bo’lgan ekan. Sherobod, Termiz, Jarqo’rg’on tumanlarida Oyinni, Oyinniariq, Oyinnishoh toponimlari uchraydi.
Oytamg’ali - do’rmon, qipchoq, qurama, qo’ng’irot kabi o’zbek qabilalari tarkibiga kirgan urug’. Tamg’asi yangi oy (hilol) shaklida bo’lgani uchun shunday atalgan.
Narpay, Payariq, Go’zalkent, Forish, Oqqo’rg’on, Oqdaryo tu-manlarida Oytamg’ali qishloqlari bor.
Olatov, Olatog’ — qorli baland tog’. Asli ola rang ma'nosida emas, balkim ulug’ (ulu) so’zining fonetik varianti bo’Iib, «yuksak», «ba-!&nd» dernakdir. Mo’g’ul tilida ola — «tog’» degani.
Olish, alish — ariq yoki soyning suv chiqarish uchun to’silgan joyi, suv taqsimlagich, quloq, dahana. Pop tumanida OHsh, Toshloq tumanida Ucholish qishloqlari Isfayramsoy-Shohimardonsoy suv tizi-mining Besholish tarmog’i bor.
Olchin (alchin) - bir qancha turkiy xalqlar, jumladan, qozoq, tatar, no’g’ay, o’zbek (qovchin, qatag’on) qabilalari tarkibiga kiigan qabila ittifoqi. Olchin o’zbeklar Buxoro vohasida, Qashqadaryo vilo-yatining hozirgi Kasbi tumanida yashaganlar va alimuli, boyuli, je-tiuriiv urug’lariga, ularning har biri, o’z navbatida, 6 ta urug’ga bo’lingan. Bog’dod, To’raqo’rg’on, Kattaqo’rg’on, Navbahor, Na-voiy, Gurlan, Bag’dod, Payariq, Narpay, Xatirchi tumanlarida Ol-ehlft, Bog’ot tumanida Olchinsolma, Oqdaryo tumanida Olchintepa qishloqlari bor.
Otaliq ~ ijtimoiy atama; 1) Xiva xonligida eng obro’li kishi, biy.
Xorazmda Gadoyotaliq, Do’smonotaliq, Tangriotaliq, Eshniyozotaliq
kabi qishloqlar bo’lgan; 2) Buxoro xonligida «ota kabi aziz kishi», xonlikdagi eng katta ama! — vazir. Otaliq Buxoro xonligi hayotida XVII-XVIII asrlarda ayniqsa katta rol o’ynagan va xonlaming (amir-larning) tayanchi hisoblangan. Xon davlatni boshqarishda otaliq maslahatlari bilan ish ko’rgan. Otaliq mamlakatda sug’orish va quri-lish ishlariga ham boshchilik qilgan.
Otchopar — otlarni minib ko’pkari (uloq) chopish miisobaqasi o’tkazish uchun qulay tekis maydon. Ba'zi joylarda ubqchopqich yoki ko’pkarichopqich deyiladi. Mikrotoponimlar shaklida ko’p uchraydi. Andijon, Navbahor, To’rtko’I tumanlarida Otchopar, Taxtako’pir tumanida Otshabar degan qishloqlar bor.
Oftobmy, oftobruya — oftobga, ko’proq janubga qaragan yonbag’ir. o’zbekchasi kungay, oftob kam tushadigan, shimolga qaragan tomon esa soyaro’y, o’zbekchasi teskay (terskay).
Koson tumanida Oftobro’y, Kitob tumanida Oftobro’ya qishloqtari, Dehqonobod tumanida Terskay qishlog’i bor. Qishda oftob ko’p tu-shadigan joy kunchuvoq (Janubiy Qozog’iston o’zbek shevalarida kun-shuvoq) yoki oftobchuvoq (qisqartirilgan holda chuvoq) deyiladi.
Oqbuyra — o4zbek qipchoqlarning urug’i. Qozoqlarning arg’in, nayman, suan qabilalarida oqbo’ra (aqbura), qirg’izlarning adigine qabilasida oqbuura (akbuura) urug’lari bo’lgan. Oqdaryo tumanida Oqbuyra, Tomdi tumanida Oqbura oykonimlari qayd qilingan. Shu bilan birga o’zbeklarning qo’ng’irot qabilasining bir urug’i, shuningdek, qozoqlarning jetiru va boyuli qabilalarining bir urug’i qorabura (qorabuv-ra, korabuyra) deb atalgan. Qorabug’ra (Qorabuvra) degan topo-nimlar bor: Buvra, bugra, bura — erkak tuya urug’ning muqaddas jonivori hisoblangan.
Oqlar — turkmanlarning ersari qabilasida oqlar (aqlar) degan urug’ bo’lgan. Denov tumanida Oqlar (Yuqori Oqlar, Past Oqlar) degan qishloq bor. Umuman oq (okcha), qora (qoracha) toponimlar tarkibida etnonim shaklida tichraydi.
Oqmachit - XVIII-XIX asrlarda Buxoro xonligida qurilgan mas-jid. Oq so’zi xonlikka qarashli ekanligiga, hajmi kattaligiga ishora. Urgut, Qiziltepa, Samarqand, o’zbekiston tumanlarida Oqmachit degan qishloqlar bor.
Oqsuv — muz tagidan oqib chiqadigan jo’shqin tog’ suvi. Suv tarkibida muz va oqish tog’ jinslarining zarralari va tog’ jinslari tufayli ko’pirib oqqanidan bunday suv oqish ko’rinadi. Ba'zan o’z o’zanida oqadigan suv oqsuv yoki oqdaryo, kanal qazib oqizilgan suv qora suv yoki qora daryo deyiladi. Oqsuv — oqar suv degan fikr ham bor (q. Qorasuv.).
Do'stlaringiz bilan baham: |