Jizzax Mamlakat



Download 31,58 Kb.
bet1/10
Sana31.12.2021
Hajmi31,58 Kb.
#247888
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Jizzax


Jizzax (shahar)

Jizzax

Mamlakat

Oʻzbekiston

Oʻzbekiston viloyatlari|Viloyat

Jizzax viloyati

Hukumat

 • hokim

Xolmurodov Komil Adhamovich

Ilk eslatilishi

X asr

Maydon

49 km2

Markazi balandligi

378 m

Iqlim turi

Keskin-kontinental

Rasmiy til(lar)i

oʻzbekcha

Aholisi

 (2020)


179 900

Zichligi

3,673 kishi/km2

Milliy tarkib

  • O'zbeklar-85,6 %

  • Ruslar-4,5 %

  • Tojiklar-2,0 %

  • Tatarlar-1,2 %

  • Qozoqlar-1,8 %

  • Qirg'izlar-0,7 %

  • boshqalar-4,2 %

Konfessiyaviy tarkib

  • Musulmonlar 90%

  • Nasroniylar 5 %

  • Boshqalar 5 %

Vaqt mintaqasi

UTC+5

Telefon kodi

72

Pochta indeks(lar)i

130100 — 130117

Avtomobil kodi

13 (1998—2008), 25 - 29 (2008)

Jizzax — Oʻzbekiston Respublikasining Jizzax viloyatidagi shahar. Viloyatning maʼmuriy, iqtisodiy va madaniy markazi.

Sangzor daryosi boʻyida, 460 m balandlikda joylashgan. Toshkent–Samarqand temir yo'l va Katta Oʻzbekiston trakti yoqasida. Maydon 0,7 ming km2. Aholisi 132,5 ming kishi (2000; 1939 yil–9 ming, 1959 yil–15 ming, 1970 yil–35 ming kishi), asosan oʻzbeklar; rus, tatar, ukrain, eroniy va boshqalar ham yashaydi. Toshkentdan 203 km. Temir yoʻl stansiyasi. Iqlimi keskin kontinental. Yanvarning oʻrtacha temperaturasi 1,5°, minimum temperatura –35°, iyulning oʻrtacha tempaturasi 28,5°, maksimum temperatura –46°.

Yunon solnomachilari Gazoni alohida tilga olishadi. Arxeologlar Gazo sh.ning oʻrnini aniq va asosli tayin etmasalarda, tarixiy manbalarda uni Samarqand va Toshkent oraligʻida joylashganligi aytiladi. Olimlar Gazoni kad. Jizzax deb taxmin qiladilar. Toponimist olimlar Jizzax nomini sugʻdiycha "Dizak" ("qalʼacha") soʻzi bilan bogʻlaydilar. Tarixda u Dizax nomi bilan yuritilgan.

Jizzax Oʻrta Osiyodan oʻtgan bir necha qad. karvon yoʻlining tutashgan joyida vujudga kelgan. Yozma manbalarda ilk bor arab geograf olimlari va sayyoxlaridan Ibn Havkal va Muqaddasiplarning asarlarida Ustrushonaning Faknon viloyatidagi shahar deb tilga olinadi. Shahar arablar istilosidan oldin ham mavjud boʻlgan.

Jizzax 9–10-asrlarda somoniylar, 11–13-asr boshida Qoraxoniylar, Xorazmshohlar davlati, 14–15-asrlarda Temuriylar davlati, 16–18-asr 1-yarmida Buxoro xonligi, 18-asr 2-yarmidan 1866 yilgacha Buxoro amirligiga tobe boʻlgan.

Shahar bir necha marta inqirozga uchrab, yana qayta tiklangan. 16–17-asrlarda aholi hoz. eski bozordagi Oʻratepaga koʻchgan. 19-asr 60-yillarida u ham harobaga aylangan. Keyinchalik yana tiklangan. 19-asr 2-yarmidan Turkiston general gubernatorligi tarkibiga kiritilgan. Jizzaxda tegirmon, juvozxona, temirchilik ustaxonalari, kulolchilik korxonalari va boshqalar ishlab turgan. Shahar 16–19-asrlarda koʻpgina tarixiy voqealarning guvohi boʻlgan. 1571 yilda Abdullaxonning Dashti qipchoq xoni Boboxon va Toshkent hokimi Darveshxon bilan Jizzaxdagi toʻqnashuvi shaharga koʻp talafot yetkazgan. 1866 yil 12–18 oktabrda Jizzax qalʼasi rus bosqinchilari tomonidan toʻpga tutilib, vayronaga aylantirilgan. 1916 yildagi Jizzax qoʻzyulonits, shahar rus mustamlakachilari tomonidan yana vayron qilinib, aholi shafqatsiz qirilgan.

Jizzaxda 1920 yillardan boshlab yangi korxonalar qurilgan. 1930 yil mahalliy xom ashyo bilan ishlaydigan ohak zavodi, 1932 yil shahar elektr stansiyasi, 1942 yilda paxta zavodi, 1943 yilda qishloq xoʻjaligi mashinalarini taʼmirlaydigan zavod, 1949 yilda yogʻ-pishloq zavodi, 1960 yilda Oʻzbekistonda eng yirik binokorlik materiallari kombinati ishga tushdi. Mirzachoʻl va Qarshi choʻllarini sugʻorish uchun polietilen quvurlar va polixlorvinil mahsulotlari ishlab chiqariladigan kimyo kombinati (1969), elevator, un zavodi va aralash yem ishlab chiqariladigan sexdan iborat un kombinati qurildi (1970). 1971 yilda gʻisht zavodi va Toshkent trikotaj firmasi filialining birinchi bosqichi foydalanishga topshirildi. Shuningdek, non zavodi, tikuvchilik fabrikasi mahsulot bera boshladi.

Jizzaxda 30 dan ortiq sanoat korxonasi ishlab turibdi. Ular orasida badiiy kulolchilik buyumlari korxonasi, "Soʻgʻdiyona" firmasining tibbiyot markazi, sut-yogʻ, elektromexanika zavodi, qurilish materiallari kombinati, temir-beton plitalar ishlab chiqarish korxonasi, ip yigiruv, paypoq toʻqish, ustki trikotaj, mebel fabrikalari bor. Jizzaxda "Sogplastmaskan" (Oʻzbekiston–Suriya), "Bazalt" (Oʻzbekiston–Ukraina), "Kumush" (Oʻzbekiston–Tojikiston), "Jibri" (Oʻzbekiston–Angliya) qoʻshma korxonalari ishlab turibdi. 30 dan ziyod qurilish tashkiloti faoliyat koʻrsatadi. Shaharda istiqlol bogʻi, yopiq suv havzasi, maʼnaviyat va maʼrifat markazi viloyat boʻlimi, "Paxtabank", "Asakabank", "Gʻallabank", "Uy-joy qurilish sanoat banki", "Osiyo" bozori, "Baxmal" savdo uyi, Xotira xiyoboni, bolalar istirohat bogʻi kabi yirik inshootlar foydalanishga topshirildi. Shahar mahallalarida yashovchi aholi uchun Olmazor, Toshloq, Ulugʻbek, Zargarlik, Kimyogar, Bobur, Hamzaobod, Oʻratepalik, Hayrobod, Ravallik nomli zamonaviy mahalla guzarlari mavjud. Shahardagi 280 ga yaqin koʻchaning uzunligi qariyb 240 km ni tashkil qiladi. Jizzaxdan Toshkent sh.ga, shuningdek, respublikaning boshqa viloyat markazlariga avtobus qatnaydi. Shahar ichida trolleybus qatnovi yoʻlga qoʻyilgan. Aholiga 600 dan ziyod savdo va bir qancha maishiy xizmat koʻrsatish shoxobchalari xizmat qiladi.

Shaharda 2 oliy, 7 oʻrta maxsus oʻquv yurti, 2 kasb-hunar, 3 akademik hamda biznes litseyi, gimnaziya, 30 ga yaqin umumiy taʼlim maktabi bor. Musiqali drama, qoʻgʻirchoq teatri, telemarkaz, 8 bolalar kutubxonasi (87 ming kitob), "Oʻzbeknavo" viloyat konsert boʻlimi, "Oʻzbekraqs" birlashmasining viloyat boʻlimi, 2 muzey, 2 musiqa, 4 sanʼat maktabi mavjud. 3 sport maktabi, markaziy stadion, 2 futbol maydoni, 2 suzish havzasi, tennis korti, 32 sport zali va bir qancha sport maydonlari faoliyat koʻrsatadi.

Oʻrda, Bobo Yak, Qaliyatepa, Nuriddin Hoji madrasasi kabi tarixiy va meʼmoriy yodgorliklar saqlanib qolgan.

Jizzaxda Ya.Gʻ. Gʻulomov (1951, 1960-61), H. Muhamedov (1956–59), M. Aminjonova (1964), S. Rahimov (1966–70), R. A. Badaxov (1980), Oʻ. Alimov (1982–84) va b. arxeologik qazishlar olib borganlar. Jizzax hududidagi Uchtepa mavzesidagi 3–4-asrlarga oid mozortepalardan turli sopol parchalari, tangalar topildi. Jizzax yaqinida 1955 yil Ya. Gʻ. Gʻulomov jez davriga oid tosh kursini topgan.

Jizzaxdan koʻpgina mashhur kishilar: davlat arbobi va yozuvchi Sharof Rashidov, shoir Hamid Olimjon, adib Sarvar Azimov, Oʻzbekiston xalq artisti Xosiyat Azimova, 1941–45 yillar urushi qaxramonlari J. Toʻrayev, Ye.I. Ivanin, G.M. Gubarkov, Mehnat Qahramoni B. Pirmatov va b. yetishib chiqqan. Shaharda "Jizzax ovozi" gaz. muntazam nashr etiladi (adadi 2000).



Download 31,58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish