Din haqidagi yangi fanni vujudga keltirish harakati Yevropa klerikallari (din himoyachilari)
tomonidan salbiy qabul qilinib, unga qarshi tanqidiy fikrlar aytildi. Ular o’z e’tirozlarini ham
nazariy, ham amaliy jihatdan asoslashga harakat qildilar. Ularning fikricha, dinni ratsional (akliy)
uslubda o’rganish mumkin emas ekan, chunki din o’z mazmuni bilan irratsional (aqldan yuqori)
elementlarga ega. Amaliy jihatdan dinni o’rganish esa, ya’ni turli dinlarning qiyosiy taxlili diniy
qadriyatlarning axamiyatining pasayishiga olib keladi.
Bunday e’tirozlarning mavjudligiga qaramasdan Yevropa jamoatchiligida dinshunoslikka
bo’lgan qiziqish so’nmadi. XIX asrning 70-yillaridan boshlab dinlar falsafasi va tarixi fanidan
Angliya, Gollandiya, Germaniya, Frantsiya, Italiya va boshqa mamlakatlarning yirik
universitetlarida ma’ruzalar o’qila boshlandi.
Shunday qilib, dinlar falsafasi diniy xususiyatlarining ichki chuqur mohiyatini ochib bersa,
sotsiologiya, psixologiya, fenomenologiya, din tarixi ularning muayyan konkret sharoitda tutgan
o’rni, darajasi, ta’siri haqidagi ma’lumotlar bilan boyitadi.
Dinlar falsafasining shakllanishi va rivojlanishi. Dinlar falsafasining shakllanishi va
rivojlanishi falsafiy ta’limotning vujudga kelishi bilan bog’liq bo’lgan. Insoniyat tarixidagi eng
qadimiy ilmlardan bo’lgan falsafaning dastlabki elementlari qadimgi Bobil, Yunoniston va Rimda
miloddan avvalgi VI-V asrlarda vujudga kelgan bo’lsa, tsivilizatsiyaning keyingi bosqichlarida u
muayyan tizim sifatida dinga o’z munosabatini bildirishga harakat qilgan. Falsafaning predmeti
ob’ektiv olam va uning yashashi, rivojlanishi hamda taraqqiyoti, hayot va inson umrining mohiyati
haqida baxs yuritsa, diniy ta’limotlar ham ana shu masalalarning yechimini o’ziga xos hollarda
muyayan dunekarash shaklda talqin qiladi. Shuning uchun falsafa tarixining muhim masalalaridan
biri dinning mazmun-mohiyatini, insonning shaxsiy va ijtimoiy hayotidagi tutgan o’rnini aniqlash
hamda taxlil qilish bo’lgan .
Ilohiyot bilan shug’ullanish va uni rivojlantirish. iloxiyotchi-olimlar tomonidan o’rta
asrlardan boshlab hozirgacha davom etmoqda. Bu holat faqat islom dinidagini emas, balki
dunyodagi barcha milliy va jahon dinlarida mavjud. Hatto qadimgi Yunonistonda din falsafasi bilan
shug’ullanilgani manbalardan ma’lum. Masalan, qadimgi Yunovistonda mil. av. VI-V-asrlarda
falsafa din bilan juda bog’liq bo’lib, Xudo xaqidagi xalqning oddiy tasavvurlarini tanqid qilish
orqali faylasuflar uning oliy-ilohiy holatini tiklashga intilganlar.
Fales, Geraklit, Anaksimandr din
falsafasi bilan xam shug’ullangan bo’lsalar
Pifagor diniy reformator hisoblangan.
Dinning vujudga kelish sabablarini ilmiy o‘rganish qadimgi davrlardan boshlangan. Dastlabki
ilmiy qarashlar Qadimgi Sharq va Qadimgi O‘rta Yer dengizi sivilizatsiyalarida namoyon bo‘lgan. O‘rta
Yer dengizi havzasida vujudga kelgan Qadimgi Grek va Rim sivilizatsiyalarida dinning vujudga
kelishini ilmiy o‘rganishda katta yutuqlar qo‘lga kiritilgan. Qadimgi grek mutafakkirlari bunga
munosabat masalasida ikki oqimga bo‘linadi. Birinchi oqim tarafdorlari odamlarning xudoga e’tiqod
qilishi sabablarini ruhiy (ideal) kuchlarning obyektiv mavjudligi bilan bog‘lab tushuntirganlar; ikkinchi
oqim tarafdorlari esa dinning vujudga kelishini tabiiy va ijtimoiy sabablarini axtarib topishga harakat
qilganlar. Ularning fikrlariga ko‘ra, din o‘z-o‘zidan (immanent) vujudga kelmagan, balki u odamlarni
qo‘rqitish va jamiyat qonunlarini bajarishga majbur qilish uchun o‘ylab topilgan. Qadimgi grek
mutafakkirlaridan biri bo‘lgan Demokrit dinni odamlarning tabiatdagi dahshatli kuchlardan qo‘rqishlari
va ular oldidagi ojizliklar sababli vujudga kelgan deb hisoblagan. Albatta, buni inkor etib bo‘lmaydi,
lekin xudoga munosabatda odamlarda ko‘proq qo‘rqinch hissi emas, balki mehr-muhabbat tuyg‘usi
ustuvorlik qiladi. Bundan tashqari, qo‘rqinch hissining odamda naf- ratni vujudga keltirishini ham
unutmaslik kerak.
8
Antik davr hurfikrligi dinning vujudga kelishi sabablarini moddiy borliq bilan uzviy bog‘lab
tushuntirishda erishgan yutuqlari ilmiy dinshunoslikning vujudga kelishida katta ahamiyatga ega
bo‘ldi.
O‘rta asrlarda ijtimoiy va siyosiy shart-sharoitlar ta’sirida dinning iqtisodiy, siyosiy va
madaniy hayotdagi o‘rni va mavqei yanada ortdi. Cherkov va ruhoniylar dunyoviy hokimiyatga
da’vogarlik qilish bilan birga hurfikrlikning har qanday ko‘rinishlariga qarshi keskin kurashdilar.
Mutafakkirlarning haqiqatni izlash yo‘lidagi sa’y-harakatlarida diniy dogmalar doirasidan chetga
chiqishga yo‘l qo‘yilmadi.
Yevropada Uyg‘onish davriga kelib, ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy hayotda amalga oshirilgan
o‘zgarishlar (kapitalistik munosabatlarning vujudga kelishi va rivojlanishi, fan va san’atning yuksalishi,
gumanizm va reformatsiya harakatlari) natijasida hurfikrlilik asta-sekin qayta tiklana boshlagan. Ingliz
mutafakkiri Tomas Gobbs (1588–1679 yillar) dinning vujudga kelishi sabablarini odamlarning tabiat va
jamiyat rivojlanishi qonuniyatlarini bilmasligi, ular oldidagi ojizligi, doimo tahlika va qo‘rquvda
yashashlari bilan bog‘lab tushuntirgan. Niderlandiyalik mutafakkir
B. Spinoza esa (1632–1677 yillar) T. Gobbsning g‘oyalarini rivojlantirgan. U o‘z kuchiga
ishonmaslik, umid va qo‘rquv o‘rtasida doimiy ikkilanish odamlarga xos deb hisoblagan va diniy
e’tiqodning ular ta’sirida vujudga kelgani to‘g‘risidagi g‘oyani ishlab chiqqan.
XIII asrda feodal tuzum inqirozi sababli burjua revolutsiyalarining yangi kuch bilan
Yevropada yoyilishi mutafakkirlarning dinga munosabatida o‘ta keskin namoyon bo‘lgan. Din –
feodal tuzumning inqirozi sababchisi va ijtimoiy taraqqiyotga to‘sqinlik qiluvchi kuch, degan
kayfiyat ustuvorlik qilgan. Bunday fikr ayniqsa fransuz ma’rifatparvarlarining qarashlarida keskin
namoyon bo‘lgan. Ma’ri- fatparvar P. Golbax (1723–1789) dinni kishining xayolida vujudga kelgan
safsata deb baholagan. F. Volter (1694–1778) diniy e’tiqod va cherkov an’analarini tanqid qilib,
agar din bo‘lmaganida uni o‘ylab topish kerak edi, deb P. Golbaxning fikrini qo‘llab-quvvatlagan.
Ma’rifatparvar
P. S. Mareshal (1750–1803)dinni tanqid qilishda yanada keskin fikr bildirgan va
din inson uchun afyundir degan xulosaga kelgan.
Ma’rifatparvar mutafakkirlarning din vujudga kelishi sabablarini o‘rganishda aytgan
mulohazalarini amaliyotdan yiroq deb bo‘lmaydi. Lekin ularning muammoni o‘rganishdagi ilmiy-
obyektiv yondashuvlari buzilganligi shubhasizdir, chunki dinni quruq safsatadan iborat voqelik yoki
inson uchun afyun deb baholash uning ijtimoiy hayotdagi ahamiyatini to‘liq inkor etishdan boshqa
hech narsa emas. Ayni damda ma’rifatparvarlarning, o‘ta keskin bo‘lsa-da, dinning vujudga
kelishini ijtimoiy hayot bilan bog‘lab tushuntirishga urinishlari antik davr hurfikrligining qayta
tiklanishi va jamiyatda mustahkam o‘rniga ega bo‘lishiga sharoit yaratganini qayd etish lozim.
XIII asrda dinning mohiyati va vujudga kelishi sabablarini kompleks o‘rganish boshlagan. Ilmiy
dinshunoslik maktablari, yo‘nalishlari va ta’limotlari paydo bo‘lgan. Birinchilar qatorida
V.Grimm,
Do'stlaringiz bilan baham: