al-Vosiq (842-847) mu’taziliychilik asosiy davlat dini bo’lib turdi. Bu din vakillari har tomonlama
qo’llab-quvvatlanib katga davlat tizimida turli rahbarlik lavozimlari ham berildi. Qur’onning
yaratilganligini inkor etuvchi ilohiyotchilarga salbiy munosabatda bo’lindi. Mu’taziliylar aqidalarini
qabul qilmagan ilohiyotchilar al-Mamunning 827 yildagi "mixna" nomli farmoyishga asosan chora
ko’rildi. Mo’’taziliylarning qazo va qadar masalasidagi fikrlari qadariylarnikiga yaqinligi uchun
ularni qadariylar deb ham atashadi, lekin ularning o’zlari buni inkor etadilar. Allohning zoti va sifati
haqida jahriylarning fikrlari bilan yaqin bo’lganligi uchun ularni bir-biridan ajratmaydilar.
Sharq aristotelizmining asoschisi al-Kindiy (800-879)ning falsafiy qarashlari mo’’tazshshylar
ta’limotiga juda yaqin edi, Shuning uchun halifa Mutavakkil (847-861) yillar boshqargan davrida u
ham ta’qib ostiga olingan. Kindiy fikricha, olamning yaratuvchisi Alloh bo’lib, u azaliy va tanho,
lekin tabiatdagi barcha narsalar materiyadan tashkil topgan, materiya eoa olov, suv, havo va
tuprokdan iborat. Kindiy materiya, shakl, fazo, vaqt va xarakatdan iborat besh substantsiya
kontseptsiyasini ilgari surgan. U birinchi bo’lib, aklning to’rt xil (aqliy, imkoniy, erishilgan va
namoyon bo’ladigan tarzda) ko’rinishi haqida fikrlar majmuasini ishlab chiqqan.
Mo’’taziliylar hokimiyat masalasida xalifa bo’lish lozimligini uqtirdilar. Ilk mo’’taziliylar
xalifa kurayshlik bo’lishi shart emas, deb hisoblaganlar, lekin keyingi davrlardagi ayrim
mo’’taziliylar esa qurayshlik loyik odam bo’lsa boshqa kishi xalifa bo’lishi mumkin emas, deb
hisoblaganlar. Ularning fikricha, imom ilohiy ko’rsatma bo’yicha hokimiyat tepasiga kelmaydi,
balki u ijtimoiy, etnik chiqiyidan qat’iy nazar, musulmon jamoasidan saylanishi lozim. Xorijiylarga
o’xshab ular adolatni imom uchun eng zaruriy sifat, deb hisoblaydilar va o’zlarining beshinchi
aqidalariga ko’ra, adolatsiz imomni hatto kuch bilan lavozimidan chetlatish lozimligini
ta’kidlaydilar.
Falsafiy tafakkurning shakllanishida va Markaziy Osiyo xalkdari milliy-diniy mafkurasining
qaror topishida Marg’inoniyning “Al-Hidoya” faqat o’rta asrlarda yoki hozirgi kunlardagina emas,
balki u shariat qomusi, qonun chiqarish asosi bo’lishidan tashqari har qanday ta’lim va tahsil
sohasida asosiy manba’ bo’lib xizmat qilmoqda.
Islom nafaqat diniy ta’limot, balki dunyoqarash sifatida keng tarqala borishi bilan, uning
nazariy, falsafiy, huquqiy tamoyillarini ishlab chiqishga e’tibor kuchaya boshladi. Natijada IX-X
asrlarga kelib Qur’onga asoslangan maxsus islom ilmlari. Ya’ni diniy ilmlar shakllana boshladi.
Masalan, Qur’ondan keyin ikkinchi o’rinda turadigan hadislar, ya’ni Muhammad payg’ambarning
nasihatlari, so’zlari, rivoyatlarni to’plashga qaratilgan maxsus yo’nalish-hadisshunoslik rivojlandi.
Bu jarayonda qadimiy an’analarga boy bo’lgan Markaziy Osiyoda yetishib chiqqan allomalar
Do'stlaringiz bilan baham: |