Ma’ruzalar matni 1- ma’ruza: dinshunoslik faniga kirish. Reja


   3       Dinlarni   tasniflashda  G’arb   olimlarining   qarashlari



Download 0,57 Mb.
bet11/125
Sana12.01.2022
Hajmi0,57 Mb.
#306888
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   125
Bog'liq
MA’ruzalar matni 1- ma’ruza dinshunoslik faniga kirish. Reja D-fayllar

1.
   3       Dinlarni   tasniflashda  G’arb   olimlarining   qarashlari.
 
      Dinlar   falsafasi,   din  kelib
chiqishi ilmiy-falsafiy  o’rganish, ilmiy tadqiq qilish asosan XVIII asrning ikkinchi yarmi va XIX
asrda jiddiy tus oldi. Shu davrdan boshlab, Yevropa oliy o’quv yurtlarida bu fan o’qitila boshlandi.
XX asrning ikkinchi yarmidan boshlab«Dinlar falsafasi»«Dunyo dinlari tarixi»  MDH oliy o’quv
yurtlarining falsafa va ba’zi gumanitar fakul’tetlarida bu fan o’z o’rnini topa boshladi. Shu davr
ichida Yevropa tillarida bir qancha darsliklar va monografiyalar chop etildi.
Shunday   qilib,   XVIII   asr   va   XIX   asrning   birinchi   yarmida   tadqiqotchilar   tomonidan
to’plangan   nazariy   ma’lumotlar   gumanitar   fanlar   sohasida   yangi   fan-«dinshunoslik»   ning
shakllanishiga olib keldi. XIX asrning ikkinchi yarmida dinshunoslik fani falsafa, antrapologiya,
etnografiya, arxeologiya, tilshunoslik, qiyosiy mifologiya va fol’klor kabi fanlar bilan to’qnashgan
holda jahondagi dinlarni tadqiq qilishga kirishdi.
7

Din haqidagi yangi fanni vujudga keltirish harakati Yevropa klerikallari (din himoyachilari)


tomonidan   salbiy   qabul   qilinib,   unga   qarshi   tanqidiy   fikrlar   aytildi.   Ular   o’z   e’tirozlarini   ham
nazariy, ham amaliy jihatdan asoslashga harakat qildilar. Ularning fikricha, dinni ratsional (akliy)
uslubda o’rganish mumkin emas ekan, chunki din o’z mazmuni bilan irratsional (aqldan yuqori)
elementlarga ega. Amaliy jihatdan dinni o’rganish esa, ya’ni turli dinlarning qiyosiy taxlili diniy
qadriyatlarning axamiyatining pasayishiga olib keladi.
Bunday   e’tirozlarning   mavjudligiga   qaramasdan   Yevropa   jamoatchiligida   dinshunoslikka
bo’lgan   qiziqish   so’nmadi.  XIX  asrning  70-yillaridan   boshlab  dinlar   falsafasi   va  tarixi  fanidan
Angliya,   Gollandiya,   Germaniya,   Frantsiya,   Italiya   va   boshqa   mamlakatlarning   yirik
universitetlarida ma’ruzalar o’qila boshlandi.
Shunday qilib, dinlar falsafasi diniy xususiyatlarining ichki chuqur mohiyatini ochib bersa,
sotsiologiya, psixologiya, fenomenologiya, din tarixi ularning muayyan konkret sharoitda tutgan
o’rni, darajasi, ta’siri haqidagi ma’lumotlar bilan boyitadi.
Dinlar   falsafasining   shakllanishi   va   rivojlanishi.   Dinlar   falsafasining   shakllanishi   va
rivojlanishi  falsafiy ta’limotning  vujudga kelishi bilan  bog’liq  bo’lgan. Insoniyat  tarixidagi  eng
qadimiy ilmlardan bo’lgan falsafaning dastlabki elementlari qadimgi Bobil, Yunoniston va Rimda
miloddan avvalgi VI-V asrlarda vujudga kelgan bo’lsa, tsivilizatsiyaning keyingi bosqichlarida u
muayyan tizim sifatida dinga o’z munosabatini bildirishga harakat qilgan. Falsafaning predmeti
ob’ektiv olam va uning yashashi, rivojlanishi hamda taraqqiyoti, hayot va inson umrining mohiyati
haqida baxs yuritsa, diniy ta’limotlar ham ana shu masalalarning yechimini o’ziga xos hollarda
muyayan dunekarash shaklda talqin qiladi. Shuning uchun falsafa tarixining muhim masalalaridan
biri dinning mazmun-mohiyatini, insonning shaxsiy va ijtimoiy hayotidagi tutgan o’rnini aniqlash
hamda taxlil qilish bo’lgan .
Ilohiyot   bilan   shug’ullanish   va   uni   rivojlantirish.   iloxiyotchi-olimlar   tomonidan   o’rta
asrlardan   boshlab   hozirgacha   davom   etmoqda.   Bu   holat   faqat   islom   dinidagini   emas,   balki
dunyodagi barcha milliy va jahon dinlarida mavjud. Hatto qadimgi Yunonistonda din falsafasi bilan
shug’ullanilgani   manbalardan   ma’lum.   Masalan,   qadimgi   Yunovistonda   mil.   av.   VI-V-asrlarda
falsafa din bilan juda bog’liq bo’lib, Xudo xaqidagi xalqning oddiy tasavvurlarini tanqid qilish
orqali faylasuflar uning oliy-ilohiy holatini tiklashga intilganlar. Fales, Geraklit, Anaksimandr din
falsafasi bilan xam shug’ullangan bo’lsalar Pifagor diniy reformator hisoblangan.
Dinning vujudga kelish sabablarini  ilmiy  o‘rganish qadimgi davrlardan boshlangan. Dastlabki
ilmiy qarashlar Qadimgi Sharq va Qadimgi O‘rta Yer dengizi sivilizatsiyalarida namoyon bo‘lgan. O‘rta
Yer  dengizi   havzasida   vujudga   kelgan   Qadimgi  Grek  va  Rim  sivilizatsiyalarida   dinning   vujudga
kelishini  ilmiy  o‘rganishda  katta  yutuqlar   qo‘lga   kiritilgan.   Qadimgi   grek   mutafakkirlari  bunga
munosabat masalasida  ikki  oqimga bo‘linadi. Birinchi  oqim  tarafdorlari odamlarning xudoga e’tiqod
qilishi sabablarini ruhiy (ideal) kuchlarning obyektiv mavjudligi bilan bog‘lab tushuntirganlar; ikkinchi
oqim tarafdorlari esa dinning vujudga kelishini tabiiy va ijtimoiy sabablarini axtarib  topishga  harakat
qilganlar.  Ularning  fikrlariga  ko‘ra,  din  o‘z-o‘zidan (immanent) vujudga kelmagan, balki u odamlarni
qo‘rqitish  va  jamiyat  qonunlarini   bajarishga   majbur   qilish  uchun  o‘ylab   topilgan.   Qadimgi   grek
mutafakkirlaridan biri  bo‘lgan Demokrit dinni  odamlarning tabiatdagi dahshatli kuchlardan qo‘rqishlari
va  ular oldidagi ojizliklar sababli vujudga kelgan  deb  hisoblagan. Albatta,  buni inkor etib  bo‘lmaydi,
lekin  xudoga munosabatda odamlarda ko‘proq qo‘rqinch  hissi emas, balki  mehr-muhabbat tuyg‘usi
ustuvorlik  qiladi.  Bundan tashqari,  qo‘rqinch  hissining odamda  naf-  ratni  vujudga  keltirishini  ham
unutmaslik kerak.
8

Antik davr hurfikrligi dinning vujudga kelishi sabablarini moddiy borliq bilan uzviy bog‘lab


tushuntirishda erishgan yutuqlari ilmiy dinshunoslikning vujudga kelishida katta ahamiyatga ega
bo‘ldi.
O‘rta   asrlarda   ijtimoiy   va   siyosiy   shart-sharoitlar   ta’sirida   dinning   iqtisodiy,   siyosiy   va
madaniy hayotdagi o‘rni va mavqei yanada ortdi. Cherkov va ruhoniylar dunyoviy hokimiyatga
da’vogarlik qilish bilan birga hurfikrlikning har qanday ko‘rinishlariga qarshi keskin kurashdilar.
Mutafakkirlarning haqiqatni izlash yo‘lidagi sa’y-harakatlarida diniy dogmalar doirasidan chetga
chiqishga yo‘l qo‘yilmadi.
Yevropada Uyg‘onish davriga kelib, ijtimoiy-iqtisodiy  va  siyosiy   hayotda amalga  oshirilgan
o‘zgarishlar (kapitalistik munosabatlarning vujudga kelishi va rivojlanishi, fan va san’atning yuksalishi,
gumanizm va reformatsiya harakatlari) natijasida hurfikrlilik asta-sekin qayta  tiklana boshlagan. Ingliz
mutafakkiri Tomas Gobbs (1588–1679 yillar) dinning vujudga kelishi sabablarini odamlarning tabiat va
jamiyat   rivojlanishi   qonuniyatlarini   bilmasligi,  ular  oldidagi   ojizligi,  doimo  tahlika  va  qo‘rquvda
yashashlari bilan bog‘lab tushuntirgan. Niderlandiyalik mutafakkir
B.  Spinoza  esa  (1632–1677   yillar)  T.  Gobbsning   g‘oyalarini   rivojlantirgan.  U  o‘z  kuchiga
ishonmaslik,  umid  va  qo‘rquv o‘rtasida doimiy ikkilanish  odamlarga  xos deb  hisoblagan  va  diniy
e’tiqodning ular ta’sirida vujudga kelgani to‘g‘risidagi g‘oyani ishlab chiqqan.
XIII  asrda  feodal  tuzum  inqirozi  sababli  burjua  revolutsiyalarining  yangi  kuch  bilan
Yevropada  yoyilishi  mutafakkirlarning  dinga  munosabatida  o‘ta  keskin  namoyon  bo‘lgan.  Din  –
feodal  tuzumning  inqirozi  sababchisi  va  ijtimoiy  taraqqiyotga  to‘sqinlik  qiluvchi  kuch,  degan
kayfiyat ustuvorlik qilgan. Bunday fikr ayniqsa fransuz ma’rifatparvarlarining qarashlarida keskin
namoyon bo‘lgan. Ma’ri- fatparvar P. Golbax (1723–1789) dinni kishining xayolida vujudga kelgan
safsata deb baholagan. F. Volter (1694–1778) diniy e’tiqod va cherkov an’analarini tanqid qilib,
agar din bo‘lmaganida uni o‘ylab topish kerak edi, deb P. Golbaxning fikrini qo‘llab-quvvatlagan.
Ma’rifatparvar P. S. Mareshal (1750–1803)dinni tanqid qilishda yanada keskin fikr bildirgan va
din inson uchun afyundir degan xulosaga kelgan.
Ma’rifatparvar   mutafakkirlarning   din   vujudga   kelishi   sabablarini   o‘rganishda   aytgan
mulohazalarini amaliyotdan yiroq deb bo‘lmaydi. Lekin ularning muammoni o‘rganishdagi ilmiy-
obyektiv yondashuvlari buzilganligi shubhasizdir, chunki dinni quruq safsatadan iborat voqelik yoki
inson uchun afyun deb baholash uning ijtimoiy hayotdagi ahamiyatini to‘liq inkor etishdan boshqa
hech   narsa   emas.   Ayni   damda   ma’rifatparvarlarning,   o‘ta   keskin   bo‘lsa-da,   dinning   vujudga
kelishini  ijtimoiy  hayot bilan  bog‘lab  tushuntirishga  urinishlari  antik  davr hurfikrligining  qayta
tiklanishi va jamiyatda mustahkam o‘rniga ega bo‘lishiga sharoit yaratganini qayd etish lozim.
XIII asrda dinning  mohiyati  va  vujudga kelishi  sabablarini kompleks o‘rganish boshlagan.  Ilmiy
dinshunoslik   maktablari,   yo‘nalishlari   va   ta’limotlari  paydo  bo‘lgan.   Birinchilar   qatorida  V.Grimm,

Download 0,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   125




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish