Ibrohim Ibn Adqam, Abu Yazid Bistomiy, Mansur al-Xalloj, Abu Bakr ibn Muso al-Vasitiy al- Farxoniy, as-Sulomiy, Yusuf Hamadoniy, Axdoad Yassaviy, Najmiddin Kubro, Jaloliddin Rumiylar o’rta asrlarda Turkiston, Xuroson va Eronda etishib chiqib tasavvuf madaniyatini
rivojlantirishga munosib hissa qo’shganlar.
Bundan tashqari bu davrda boshqa mamlakatlarda xususan arablardan etishib chiqqan
mutasavviflar Zunnun Misriy, Hasan al-Basriy, Ibn al-Farid, Ibn al-Arabiy va boshqalar ham
tasavvuf rivojiga o’z salmoqli hissalarini qo’shdilar.
Tasavvuf ta’limotida borliq, bilish muommosi, axloqiy kategoriyalar kabi inson hayoti bilan
bog’liq ko’pgina narsalarga munosabat bildirgan.
Bu ta’limot bo’yicha bilishdan maqsad bu ilohiy mohiyatni, ilohiy haqiqatni bilishdir. Ya’ni
bilish (ma’rifat) ilohiy kuchning uning barcha artibutlari (xossalari, xususiyatlari) bilan bilishdan
iborat.
Islom falsafasi shakllangandan so’ng o’rta asr musulmon madaniyati, ma’naviy hayotga oid
masalalarni bemalol mushohada qilish imkoniyatiga ega bo’ldi. Bu Markaziy Osiyo halqlari milliy-
diniy mafkurasining shakllanishiga kuchli ta’sir etdi. Yana bu falsafada imon butunligi, e’tiqod
sobitligi uchun kurash jarayonida diniy bag’rikenglik, sabr-toqatlilik va hurfikrlilik mayllariga ham
yo’l ochildi. Shuning uchun bu davrda turli din vakillari o’rtasida muhim masalalar yuzasidan
muhokama va munozara qilish imkoniyati vujudga keldi.
Islom falsafasidagi g’oyaviy bagrikenglik tufayli, uning mazmunida dunyoviy-ratsionalistik
va insonparvarlik mayllari kuchayiib, umumbashariy ahamiyat kasb eta boshladi. XII asrga kelib
musulmon madaniyati va islomning xuquqiy sistemasi-Shariat (Marg’inoniy va boshqalar) ishlab
chiqildi.
Kalom falsafasiniig yirik yo’nalishi vakillaridan biri -mo’’taziliylardir. Ular Damashq va
Bag’dod xalifaligi hayotida VIII-IX asrlarda muhim o’rin tutganlar. Al-Hasan al-Basriy (vafoti 728
yil) davrasidan shogirdlari Vosil ibn Ato (vafoti 748 yil) va Amr ibn Ubay (vafoti 761 yil) ajralib,
alohida bo’lib chiqadilar va «mo’’tazila» (ajralganlar) nomini oladilar. Ular al-adliyyun, al-adliyya,
axl al-adl; axd al-adl vat-tavhid kabi nomlar bilan ham atalganlar. Bu nomlar ular tayangan besh
asosning dastlabki ikkitasi bilan bog’langandir. Mo’’taziliy Abul Huzayl al-Allof (849 yil vafot
etgan) davriga kelib tugal yoyilib bo’lgan bu besh asos quyidagilar: 1) «Adolat» (al-adl) ilohiy
adolat insonning iroda erkinligini taqozo etadi. Alloh faqat yaxshilik (al-aslah) ijodkori bo’lib, u
umr davomida belgilab qo’ygan narsalar tartibining buzilishiga yo’l qo’ymaydi. 2) «Yakkaxudolik»
(at-tavhid) Allohning yagonaligini e’tirof etish, ko’pxudolik (politeizm) va xudoni odam qiyofasida
tasavvur qilish (antropomorfizm)ni inkor qilish. 3) «Va’da va taxdid» (al-va’d val-vaid)-
5
mo’’taziliylar bilan birga xorijiylar ham e’tirof etgan bu qoidaga ko’ra Xudo mo’minlarga jannat,
kofirlarga do’zax va’da qilgan bo’lsa, o’z va’dasida turishi lozim, ya’ni Payg’ambar (s.a.v.)
shafoatlariyu, Allohning Rahmon, Rahimligi ham yordam bermasligi kerak. Chunki inson xatti-
harakati uchun to’liq javob berishi lozim. 4) «Oraliq holat» (al-manzila baynal - manzilatayn)
-gunoh kabira qilgan musulmon mo’minlar katoridan chiqariladi (murji’lar fikriga qarshi), lekin
kofir bo’lib qolmaydi (xorijiylar fikriga ko’ra), balki oraliq hayotda bo’ladi. Bu qoida birinchi
mo’’taziliylarniig Hasan al-Basriy davrasidan ajralib chiqishiga sabab bo’lgan edi. Hasan al-Basriy
unday musulmonlarni munofiq deb hisoblagan. 5) «Yaxshilikka da’vat va yomonlikdan qaytarish»
(al-amr bil-ma’ruf van-nahy anil-munkar) - barcha vositalar bilan (zo’rlik qilib bo’lsa xam) bu
hukm bajarilishi lozim.
Abbosiylar xalifaligi davrida al-Mamun (813-833) va uning izdoshi al-Mutasim (833-842) va