Ma’ruzalar matni 1- ma’ruza: dinshunoslik faniga kirish. Reja



Download 0,57 Mb.
bet14/125
Sana12.01.2022
Hajmi0,57 Mb.
#306888
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   125
Bog'liq
MA’ruzalar matni 1- ma’ruza dinshunoslik faniga kirish. Reja D-fayllar

E. Dyurkgeym dinni o‘rganishda M. Veberga nisbatan tamoman bosh- qacha yondashadi. U
dinni o‘rganishda sotsiologik tadqiqotlarning umumiy prinsiplariga tayanadi. Uning fikriga ko‘ra,
sotsial ma’lu- motlarning manbai tafakkurda yoki alohida olingan kishilarning xatti- harakatlarida
emas, balki  jamiyatdadir.  Sotsial  voqelik hosil bo‘lishi uchun kamida  bir necha  kishi birlashib
harakat qilishi va bu jarayon yangi natijani vujudga keltirishi kerak. Mazkur jarayonlarning natijasi
individ ongidan tashqarida yuzaga kelganligi sababli, individual tafakkurlar uchun xatti-harakatlar,
qadriyatlar  va  normalar  namunasi  vujudga  keladi  va
 
mustahkamlanadi. Natija ijodiy jarayonda
ishtirok etayotgan individ uchun obyektiv voqelikka aylanadi. Din ijtimoiy voqelik bo‘lib, unda
boshqa   ijtimoiy   institutlarni   o‘rganishdagi   uslublar   va   baholash   mezonlaridan   ham   foydalanish
mumkin.
Din muayyan ijtimoiy ehtiyojlarni ta’minlash maqsadida yuzaga kelgan ijtimoiy institutdir.
Uning   manbai   odamlarning   ijtimoiy   hayotidan   kelib   chiqadi.   Din   orqali   jamiyat   o‘zini
ilohiylashtiradi.   Uning   mavjudligi   va   mohiyati   ijtimoiy   his-tuyg‘ularni   muqaddaslashtirishga,
jamiyatning shaxsga ta’sirini mustahkamlashga xizmat qilishdan iborat bo‘ladi.
Dinni sotsiologik o‘rganish uni ijtimoiy voqelik sifatida yondashuvga asoslanadi. Lekin din
nafaqat   sotsiologik,   balki   ruhiy   voqelik   ham   hisoblanadi.   Din   psixologiyasi   vakillari   uni
10

o‘rganishda ushbu jihatlariga alohida e’tibor beradilar. Ular dinning vujudga kelishi sabablarini


odamni o‘rab turgan tashqi dunyodan emas, balki insonning o‘zida, ichki borlig‘i va hissiy-irodaviy
kechinmalarida deb hisoblaydilar.
Din psixologiyasini o‘rganishda Z. Freydning (1856-1939) xizmatlari katta bo‘lgan. Z. Freyd
dinni   inson   faoliyatining   mahsuli   deb   hisoblagan.   U   dinning   kishi   tabiatga   qaramligi   sababli
vujudga kelganligini qayd etgan holda bilishning irratsional (lotinchada – mantiqsizlik, tafakkurga
zid qarashlar degan ma’nolarni  anglatadi) mexanizmlarini hal qiluvchi ahamiyatga ega ekanligi
alohida ta’kidlagan.
Z. Freydning ta’limotiga ko‘ra, inson psixikasi uch darajaning o‘zaro hamkorligidan hosil
bo‘ladi: ongsizlik, ong oldi va onglilik darajalari. Bularning ichida ongsizlik darajasi psixikada katta
ahamiyatga   ega.   Inson   psixikasining   bu   darajasida   tabiiy   instinktlar   va   «birlamchi   mayllar»
ustuvorlik  qiladi.  Z.  Freyd  asosiy mayllar  qatorida  jinsiy  mayllarni  ustun  qo‘ygan. Individning
ongsizlik   bilan  bog‘liq  mayllari   jamiyat   uchun  katta  xavf-xatar  tug‘diradi.   Jamiyat  o‘zini   kishi
mayllaridan himoya qilishi uchun ijtimoiy normalar va boshqa madaniyat elementlaridan iborat
ustqurma mexanizmlarni vujudga keltirgan. O‘ta kuchli tabiiy ehtiyojlarni ijtimoiy normalar bilan
tiyib turish din yordamida mustahkamlanadi.
Z.Freydning   fikriga   ko‘ra,   tabiiy   mayllarning   tiyilishi   individ   psixikasida   nevroz   holatini
vujudga keltiradi. Din ham jamoa nevrozining bir turidir. Lekin din jamoa nevrozi sifatida kishini
individual   iztiroblardan   saqlaydi,   individual   nevrozning   rivojlanishini   to‘xtatadi   va   fojiali
oqibatlarga olib kelishiga yo‘l qo‘ymaydi.
Yuqorida qayd etilgan fikrlardan kelib chiqib, dinni vujudga kelishi sabablarini uning alohida
xususiyatlarini o‘rganish bilan to‘liq tushuntirib bo‘lmasligiga amin bo‘lamiz. Masalaga bunday
yondashuv dinni kompleks
 
o‘rganishni taqozo etadi. Zero, kompleks o‘rganish uning jamiyatda
takror ishlab chiqarishga sabab bo‘ladigan ildizlarini aniqlashga yordam beradi.
Dinning   vujudga   kelishi,   avloddan-avlodga   o‘tib   borishi   va   ri-   vojlanishi   uchun   shart-
sharoitlarni   shakllantiruvchi   omillar   uning   ildizlari   deb   ataladi.   Dinning   ildizlari   uch   qisimga
bo‘linadi. Ularning har biri dinni o‘rganishda juda muhim. Bu qisimlar birgalikda dinning vujudga
kelishi uchun shart-sharoit yaratadi. Ular quyidagilardan iborat:
1)  dinning  ijtimoiy  ildizi  kundalik  hayotda  kishilarning  turmushini  belgilovchi  moddiy  va
ma’naviy  munosabatlar  tizimidan  iborat.  Dinning   ijtimoiy   ildizida   moddiy   sharoitlar   ustuvor.
Siyosiy ustqurma institutlari dinga ikkilamchi ta’sir etadi.
Dinning   ijtimoiy   ildizini   tashkil   etuvchi   jabhalardan   biri   ijtimoiy   hayotni   stixiyali
qonuniyatlar asosida rivojlanishidir. Undagi boshqarib bo‘lmaydigan jarayonlar jamiyatda iqtisodiy,
siyosiy   va   ma’naviy   inqirozlarni,   urushlarni,   kasalliklarni   keltirib   chiqaradi.   Tabiiyki,   individ
ularning   vayron   qiluvchi   ta’sirlaridan   o‘zini   himoya   qilishga   intiladi   va   oqibatda   g‘ayritabiiy
kuchlardan najot so‘rab murojaat qilishga majbur bo‘ladi.
2) dinning gnoseologik (grekcha gnosis – bilish, logos – ta’limot degan ma’nolarni anglatadi)
ildizi  kishining  bilish  faoliyati  jarayonida  diniy  e’tiqodi  vujudga  kelishiga  imkoniyat  yaratadigan
sharoitlardir.  Tabiat  va  jamiyatni  bilish  dialektik  jarayon.  Tajribasizlik,  subyektivlik,  narsa  va
hodisalarni  absolutlashtirish  voqelikning  noto‘g‘ri  idrok  etilishiga  olib  keladi.  Bundan  tashqari,
diniy  g‘oyalarning  paydo  bo‘lishi  borliqni  hissiy  idrok  etishdan  boshlanadi  va  u  ratsional  bilish
bosqichida ahamiyatini saqlab qoladi.
Dinning   gnoseologik   ildiziga   aloqador   va   barcha   tarixiy   davrlarda   takrorlanib   turadigan
xususiyatlar quyidagilardan iborat:
a) bilishning subyektiv jihatlarini absolutlashtirish (lotinchada – voqelik bilan bog‘lanmagan
narsa, nisbatsizlik, so‘zsiz degan ma’nolarni anglatadi), ya’ni bo‘rttirib ko‘rsatish;
11

b)   abstrakt   (lotincha  abstratio  –   diqqatni   chetga   tortish   degan   ma’noni   anglatadi),   ya’ni


tafakkur;
v) tafakkurning umumlashtirish qobiliyati.
3)   dinning   ruhiy   ildizi.   Dinning   vujudga   kelishida   kishining   bilish   faoliyatiga   bog‘liq
jarayonlar   bilan   birga   uning   hissiyoti,   kayfiyati   va   kechinmalari   ham   ishtirok   etadi.   Diniy
tasavvurlar dastlab kishilarning his- tuyg‘ulari orqali vujudga keladi. 
Dinning ruhiy ildizi individual va ijtimoiy ruhiyatlarga bo‘linadi. Individual ruhiyatga shaxsiy
iztirob, g‘am-tashvish, o‘limdan qo‘rqish, yolg‘izlik, muhabbat, mehr-shafqat, minnatdorlik singari
ijobiy va salbiy kechinmalarni misol keltirish mumkin.
Ijtimoiy ruhiyatga guruhlar va jamiyatlarga xos voqeliklar – ijtimoiy fikr, ommaviy qo‘rqish
hissi, taqlid, an’ana va urf-odat kabilarni misol keltirish mumkin.
Dinning ruhiy ildizlari deganda diniy g‘oyalarni qayta ishlab chiqarilishi va o‘zlashtirilishiga
qulay shart-sharoitlar yaratadigan jamiyatlar, guruhlar va individlarning ruhiy holati, jarayonlari va
mexanizmlari tushuniladi.
Ruhiy kechinmalar insonga xos xususiyatdir. Ularsiz inson yashay olmaydi. Odam o‘zining ijobiy
va  salbiy his-tuyg‘ularini boshqarishga harakat qiladi,  lekin  ruhiyat  turli  obyektiv  va  subyektiv shart-
sharoitlarga bog‘liqligi, murakkabligi sababli ularni barqarorlashtiradigan kuchga ehtiyoj sezadi. Din ana
shunday kuch vazifasini bajarishi mumkin.
O’rta asrlarning yirik faylasufi va ilohiyotchi olimi Foma Akvinskiy (Tomizm ta’limoti deb
yuritiladi)  xristian  dini  aqidalarini  nazariy  jihatdan  tushunishni  bir yaxlit  tizimga  keltirgan  edi.
Uning fikricha, dunyoning mavjudligi Xudoga bog’liq. Chunki U-birinchi sabab hisoblanadi. Foma
Akvinskiy  Xudoning mavjudligini narsalarning mavjudligini aposterior yo’l bilan, ya’ni oqibatning
mavjudligi sababining mavjudligini isbotlaydi, degan tamoyil asosida isbotlashga harakat qiladi.
Uning fikricha, materiya shaklga bog’liq bo’lmagan holda, alohida mavjud bo’lishi mumkin emas,
ammo shakl materiyadan alohida yashashi mumkin. Bu bilan. Foma Akvinskiy moddiy narsalar oliy
shakl - Xudoga bog’liq bo’lmagan holda mavjud bo’lishi mumkin emas degan g’oyani isbotlashga
harakat qiladi. Yana u, hamma narsa va hodisa o’z sababiga ega, sabablarning sababi esa xudodir,
deydi.

Download 0,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   125




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish