Adiabatik jarayon uchun. Tashqi muhit bilan issiqlik almashmaydigan qilib izolyasiyalangan sistema ichida kechadigan jarayonga adiabatik jarayon deyiladi. Tashqi muhit bilan mutlaqo issiqlik almashmaydigan qilib izolyasiyalashning o‘zi iloji yo‘q. Lekin, issiqlik almashinishni ma’lum darajada susaytirishning imkoni bor. Demak, tashqi muhit bilan sust issiqlik almashadigan sistema ichida kechadigan jarayonni adiabatik jarayon deyish mumkin.Undan tashqari juda kichik vaqt oralig‘ida tashqi muhit bilan sezilarli issiqlik almashinishga ulgurmagani bois, juda kichik vaqt oraliqlarini ham adiabatik jarayon deb hisoblash mumkin.
Agar gaz kengayib tashqi kuchlar ustidan ish bajarayotgan bo‘lsa, gazning ichki energiyasi kamayadi, ya’ni gaz o‘z ichki energiyasi hisobiga ish bajaradi (gazning temperaturasi pasayadi) Adiabatik jarayonda Q=0 bo‘ladi. Bu jarayon uchun termodinamikaning birinchi qonuni quyidagicha bo‘ladi:
Qanday qilib gaz kengayganda temperaturasi pasayadi? Axir gaz sovitkichda turgan bo‘lmasa? – Buni quyidagicha tushuntirish mumkin. Gaz kengayayotganda siljiyotgan porshen tagiga sekundiga trillionlab molekulalar uriladi va uzoqlashayotgan porshendan avvalgi turtkini ololmaydi. Buni futbolchining kelayotgan koptokka oyog‘i bilan yo‘l berib uni sekinlatib olishiga o‘xshatish mumkin. Shu bois urilgandan keyingi tezlik urilish tezligidan kichik bo‘lib qoladi. Bu degani sekundiga trillionlab molekulalarning kinetik energiyalari oz bo‘lsada kamaydi deganidir. Kinetik energiya kamayishi
formulaga ko‘ra temperatura kamayishi demakdir.
Agar tashqi kuchlar gazni siqib ish bajarayotgan bo‘lsa, gazning ichki energiyasi ortadi (gazning temperaturasi ortadi). Qanday qilib gaz siqilganda temperaturasi ortadi? Axir gazning tagidan o‘t yoqilayotgan bo‘lmasa? – Buni quyidagicha tushuntirish mumkin. Gaz siqilayotganda siljiyotgan porshen tagiga sekundiga trillionlab molekulalar uriladi va yaqinlashayotgan porshendan avvalgidan kuchliroq turtki oladi. Buni futbolchining kelayotgan koptokni kelgan tomoniga oyog‘i bilan bir tepib qaytarib yuborishiga o‘xshatish mumkin.
Shu bois urilgandan keyingi tezlik urilish tezligidan katta bo‘lib qoladi. Bu degani sekundiga trillionlab molekulalarning kinetik energiyalari oz bo‘lsada ortadi deganidir. Kinetik energiya ortishi
formulaga ko‘ra temperatura ortishi demakdir.
Shunday qilib, izojarayonlar uchun termodinamikaning 1-qonunidan kelib chiqadigan barcha natijalarni quyidagi jadvaldagidek keltirish mumkin.
E’TIBORLARINGIZ UCHUN RAXMAT