Маърузачи: Физика ўқитувчиси Дусмуратов Мансур Байсоатович


a) izobarik kengayganda gaz isiydi



Download 0,53 Mb.
bet3/6
Sana21.05.2022
Hajmi0,53 Mb.
#605587
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
9-Taqdimot (2)

1.

a) izobarik kengayganda gaz isiydi
b) izotermik kengayganda temperatura o‘zgarmaydi
c) politropik kengayganda gaz soviydi
d) adiabatik kengayganda gaz soviydi

2.

a) izobarik kengayganda gaz issiqli yutadi
b) izotermik kengayganda gaz issiqlik yutadi
c) politropik kengayganda gaz issiqlik yutadi
d) adiabatik kengayganda issiqlik almashilmaydi

IV.
Termodinamikaning birinchi qonuni va uning turli izojarayonlarga tadbiqi.
Termodinamikaning birinchi qonuni.
Energiyaning saqlanish qonunining issiqlik hodisalariga tatbiq etilishi termodinamikaning birinchi qonuni deyiladi. Termodinamikaning birinchi qonuniga asosan ikkita ta’rif keltirilgan.
1-ta’rif: Sistema bir holatdan ikkinchi holatga o‘tganda ichki energiyaning o‘zgarishi sistemaga uzatilgan issiqlik miqdori bilan tashqi kuchlarning sistema ustidan bajargan ishi yig‘indisiga teng bo‘ladi.
Bu yerda: ΔU – ichki energiyaning o‘zgarishi; Q – sistemaga uzatilgan issiqlik miqdori; A – tashqi kuchlarning sistema ustidan bajargan ishi.
Biz sistema degan so‘zni bir necha marta ishlatdik. Sistema deganda juda ko‘p sondagi atom va molekulalardan tashkil topgan sistemani, ya’ni ideal gazni nazarda tutishimiz kerak. Sistema bu real gaz ham, suyuqlik va qattiq jism ham bo‘lishi mumkin. Lekin, biz faqat eng osoni ─ ideal gaz bilan cheklanamiz.
1-ta’rifdan ko‘rinadiki, sistema ichki energiyasini oshirish (isitish)ning ikki usuli bor ekan: 1)sistemaga issiqlik uzatish orqali; 2)sistema ustidan ish bajarish (gazni siqish) orqali.
2-ta’rif: Sistemaga uzatilgan issiqlik miqdori ichki energiyaning o‘zgarishi bilan sitemaning tashqi kuch ustidan bajargan ishi yig‘indisiga teng.
Bu yerda: A’=-A ─ sistemaning tashqi kuch ustidan bajargan ishi (kengayish).
Demak, sistemaga uzatilgan issiqlik miqdori isishga va kengayishga sarf bo‘ladi.
Agar sistemaga tashqaridan issiqlik uzatilsa Q>0, sistema tashqariga issiqlik uzatganda esa Q<0 bo‘ladi.
Agar sistema tashqi kuchlar ustidan ish bajarsa (kengayish)
tashqi kuchlar sistema ustidan ish bajarganda esa (siqilish)
Agar sistemaga 100 J issiqlik uzatilgan bo‘lib, Shundan 80 J energiya ichki energiyani oshirishga sarf bo‘lgan bo‘lsa, qolgan 20 J energiya esa kengayib ish bajarishga sarf bo‘ladi. Agar 65 J energiya ichki energiyani oshirshga sarf bo‘lgan bo‘lsa, qolgan 35 J energiya kengayib ish bajarishga sarf bo‘ladi. Xullas issiqlikni
ko‘rinishlarda yozish mumkin.
Shuni ham qayd qilish kerakki, sistemaga uzatilgan issiqlik miqdori hamma hollarda ham ichki energiyani oshirishga xizmat qilavermaydi. Agar sistema unga uzatilgan issiqlik miqdoridan ko‘ra ko‘proq ish bajarsa, ya’ni A’>Q bo‘lsa, ichki energiya kamayishi (sovish) kuzatiladi. Boshqacha aytganda, sistema tashqaridan unga uzatilgan issiqlik va o‘z ichki energiyasining kamayishi evaziga ish bajargan bo‘ladi.
Oladigan issiqlik miqdoriga nisbatan ko‘proq ish bajaradigan xayoliy mashinani birinchi tur abadiy dvigatel (perpettum mobile) deyiladi. Termodinamikaning birinchi qonuni birinchi tur abadiy dvigatel (perpettum mobile) yaratish yo‘lidagi urinishlarga chek qo‘ydi. Issiqlik dvigatellarida yoqilg‘ining yonishi tufayli ajraladigan issiqlik miqdori evaziga ish bajariladi, lekin sistema davriy ravishda o‘zining boshlang‘ich holatiga qaytib turadi.
Demak, sistema ichki energiyasi bir davrdan keyin avvalgi holatini tiklab, ichki energiya o‘zgarmaydi, ya’ni ΔU=0 bo‘ladi. Bundan termodinamikaning birinchi qonuni Q=A’ ko‘rinishga keladi. Bundan, davriy ravishda ishlaydigan dvigatelning bajaradigan ishi unga uzatilgan issiqlik miqdoridan katta bo‘la olmaydi, degan xulosa kelib chiqadi. Termodinamikaning birinchi qonuniga quyidagi uchinchi ta’rifni keltirish mumkin.

Download 0,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish