Ma’ruza “Umumiy gidrologiya va iqlimshunoslik” faniga kirish Reja


Daryolarning to’yinish manbalari hissalarini aniqlash



Download 4,44 Mb.
bet38/100
Sana10.04.2022
Hajmi4,44 Mb.
#540559
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   100
Bog'liq
3. Мa\'ruza matn 301019184931

Daryolarning to’yinish manbalari hissalarini aniqlash
Daryolarning to’yinishida alohida manbalarning qo’shgan hissalari miqdorini aniqlash ancha murakkab vazifa hi­soblanadi. Bu bir tomondan daryo havzasiga yoqqan yomg’ir va unda qish davomida to’plangan qor qoplamining miqdorini aniqlash masalalari bilan bog’liq. Ikkinchidan esa yomg’ir va qor suvlarining ma’lum qismi daryo tarmog’iga yer usti suvlari oqimi ko’rinishida emas, balki shu suvlar­ning yer osti qatlamlariga shimilishi natijasida hosil bo’lgan grunt suvlari sifatida qo’shiladi. Bunday hollar o’rmonli hududlar va ayniqsa, tog’li rayonlar uchun xosdir.
Turli to’yinish manbalarining daryo oqimiga qo’shgan hissalarini miqdoriy baholash muammosi ko’pchilik olimlarni qiziqtirgan. Ilk bor ushbu masala V.G.Glushkov tomonidan o’rganilgan. Natijada u daryo oqimiga turli manbalarning qo’shgan hissalarini aniqlashga imkon beradigan usulni ishlab chiqqan. Ushbu usul daryolar yillik oqimi gidrografini vertikal bo’laklarga ajratish usuli deb ataladi.
Demak, daryoning to’yinish manbalari miqdorini aniqlashda oqimning yillik gidrografidan foydalaniladi. Oqim gidrografi deb, o’rtacha kunlik suv sarflarining yil ichida o’zgarishini ifodalaydigan davriy chizmaga aytiladi (9.1-rasm).

9.1-rasm. Daryo oqimi gidrografini vertikal bo’laklarga ajratish.
1−er osti suvlari hissasi, 2−mavsumiy qorlar hissasi,
3−yomg’ir suvlari hissasi, 4−baland tog’lardagi doimiy qor va muzliklar suvlari hissasi.

Daryolar yillik oqimi gidrografini vertikal bo’laklarga ajratishning V.G.Glushkov tomonidan taklif etilgan usuli turli yillarda E.M.Oldekop, L.K.Davidov, M.I.Lvovich, V.L.Shults, O.P.Sheglova va boshqalar tomonidan takomillashtirilgan. Bu usulni takomillashtirishda O.P.Sheglovaning izlanishlari alohida e’tiborga loyiqdir. Mazkur yo’nalishdagi tadqiqotlar natijasida olima tomonidan O’rta Osiyo daryolari oqimini termik tahlil qilish usuli ishlab chiqildi. Natijada daryo oqimiga erigan qor va muzlik suvlari, yomg’ir suvlari va yer osti suvlarining qo’shgan hissalarini miqdoriy baholash usullari takomillashtirildi.


Keyincharoq, aniqrog’i o’tgan asrning o’rtalariga kelib, daryolarning to’yinish manbalarini aniqlash maqsadida chiziladigan chizmada, daryoning yillik oqimi gidrografiga qo’shimcha sifatida, havo harorati va atmosfera yog’inlarining yil davomida qayd etilgan kunlik qiymatlari ham aks ettiriladigan bo’ldi. Bu esa to’yinish manbalarini miqdoriy baholashga oid gidrologik hisoblashlar aniqligini yanada oshirishga imkon berdi.
Hozirgi kunga kelib, ushbu usulni qo’llashda, dastlab, gidrografda to’linsuv davrining boshlanish va tugash nuqtalari belgilab olinadi. Har ikki nuqta to’g’ri chiziq bilan tutashtiriladi. Chiziqning quyi qismi yer osti suvlarini ifodalaydi. So’ng 1-iyulga tegishli nuqtadan vertikal chiziq o’tkaziladi. Uning chap tomoni qor suvlarini, o’ng tomoni esa muzliklarning to’yinishidan hosil bo’lgan suvlarni ifodalaydi. Shuningdek, atmosfera yog’inlarining qor yoki yomg’ir ko’rinishida yog’ishi havo haroratiga bog’liqdir. Shu holat hisobga olinib, gidrografdan yomg’ir suvlarining daryo oqimiga qo’shgan hissasi aniqlanadi.



Download 4,44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   100




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish