Ma’ruza “Umumiy gidrologiya va iqlimshunoslik” faniga kirish Reja


Daryo havzasi geologik tuzilishining ta’siri



Download 4,44 Mb.
bet40/100
Sana10.04.2022
Hajmi4,44 Mb.
#540559
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   100
Bog'liq
3. Мa\'ruza matn 301019184931

Daryo havzasi geologik tuzilishining ta’siri. Daryolar to’yinishida ishtirok etadigan yer osti suvlarining to’planish va sarflanish sharoiti havzaning geologik tuzilishiga bog’liqdir. Shu bilan bir qatorda tog’ jinslarining litologik tarkibi, suv o’tkazmas qatlamlarning joylashish chuqurligi oqim hosil bo’lishiga, uning miqdoriga hamda yil ichida taqsimlanishiga ta’sir etadigan jiddiy omillardan hisoblanadi.
Ma’lumki, suvni yaxshi o’tkazadigan tog’ jinslaridan iborat qatlamlar ko’p miqdordagi suvni o’ziga shimib oladi. Bunday sharoitda ular nam to’plagichlar vazifasini o’tab, yil davomida daryolarning yer osti suvlari bilan bir tekis to’yinishini ta’minlaydi.
Karst hodisalari keng tarqalgan hududlarda daryo havzasi geologik tuzilishi­ning oqim hosil bo’lishiga ta’siri yanada yaqqol seziladi. Bunday yerlarda daryolar deyarli uchramaydi, chunki yog’inning asosiy qismi yer ostiga shimilib, yuza oqim hosil bo’lmaydi.
Relefning ta’siri. Daryo oqimining hosil bo’lishiga havzaning relefi bevosita va bilvosita ta’sir etishi mumkin. Relefning oqimga bevosita ta’siri havzaning nishabligi orqali ifodalanadi. Agar havzaning nishabligi katta bo’lsa, oqim jadal sur’atda hosil bo’lib, uning daryo o’zaniga oqib kelish vaqti qisqaradi. Shu bilan birga yer ostiga shimilish va bug’lanishga ham kam miqdorda suv sarf bo’ladi.
Havza relefining oqim hosil bo’lishiga bilvosita ta’siri juda kattadir. Bu ta’sir daryo havzasi suv balansining asosiy elementlari bo’lgan yog’in­sochin, bug’lanish, yer ostiga shimilish va havzada to’planadigan suv miqdori orqali seziladi.
Tog’li hududlarda daryo havzasining suv balansi elementlari balandlik bo’yicha keskin o’zgaradi. Yillik yog’in miqdori ma’lum balandlikkacha ortib boradi, shundan so’ng balandlik ortishi bilan yog’in miqdori kamaya boradi. Yog’in miqdoriga tog’ yonbag’irlarining nam havo oqimi yo’nalishiga nisbatan joylashishi katta ta’sir ko’rsatadi. Masalan, Xisor tog’ tizmasining janubi­g’arbiy yonbag’irlariga yiliga 1500-2000 mm yog’in yog’sa, Pomir tog’larining ichki qismida bu qiymat atigi 400-600 mm ni tashkil etadi.
Balandlikning ortishi yog’in turiga ham ta’sir etadi. Ma’lumki, balandlikka mos ravishda yog’inning umumiy miqdoriga nisbatan qorning hissasi ortib boradi. Bu esa o’z navbatida oqim koeffitsientining o’sishiga olib keladi.
Tog’li rayonlarda daryo oqimi (M) ning balandlik (N) bo’yicha o’zgarishi qonuniyatlarini M =f (N) bog’lanish chizmasi yaqqol tasvirlaydi (10.1­rasm). Oqim hosil bo’lishi sharoiti nihoyatda farq qilishi tufayli, ba’zan yagona tog’ tizimining turli hududlari uchun chizilgan chizmalar shakli bir­biridan ajralib turadi.
Umuman tog’li o’lkalarning gidrologik sharoitida relefning ahamiyati nihoyatda kattadir. Relef gidrologik hodisalarga, shu jumladan oqim hosil bo’lish jarayoniga ko’pincha bevosita emas, balki tabiiy-geografik, ayniqsa, iqlimiy omillar orqali ham ta’sir etadi.

Download 4,44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   100




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish