Ma’ruza “Umumiy gidrologiya va iqlimshunoslik” faniga kirish Reja


Daryolarning to’yinish manbalari bo’yicha tasniflari



Download 4,44 Mb.
bet37/100
Sana10.04.2022
Hajmi4,44 Mb.
#540559
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   100
Bog'liq
3. Мa\'ruza matn 301019184931

Daryolarning to’yinish manbalari bo’yicha tasniflari
Daryolarning to’yinish manbalari bo’yicha tasniflarini yaratish ular suvidan samarali foydalanishda muhim ahamiyatga ega. O’rta Osiyo daryolarini to’yinish manbalari bo’yicha tasniflash masalalari bilan dastlab V.G.Glushkov, E.M.Ol’dekop, L.K.Davidov, keyincharoq esa V.L.Shults, O.P.Sheglova, M.N.Bolshakov va boshqa olimlar shug’ullanganlar. Masalan, V.G.Glushkov tomonidan ilk bor daryo oqimiga turli manbalarning qo’shgan hissalarini aniqlashga imkon beradigan usul ishlab chiqilgan. Ushbu usulni qo’llash asosida u daryolarning to’yinish manbalari bo’yicha tasniflash tamoyillarini yaratgan.
Havzada oqim hosil bo’lish jarayonini hisobga olsak, daryolarda maksimal suv sarflarining o’tish muddatlari ham ularning qanday manbalar hisobiga to’yinishidan darak beradi. Daryolarning to’ynish manbalarini o’rganishga qaratilgan bunday yondashuv dastlab E.M.Ol’dekop tomonidan qo’llanilgan. Natijada mazkur olim tomonidan O’rta Osiyo daryolarining to’yinish manbalari bo’yicha ilk tasnifi ishlab chiqilgan.
O’rta Osiyoda gidrologiya fanining rivojlanishiga katta hissa qo’shgan olim V.L.Shults 1944 yilda hudud daryolarining to’yinish manbalariga ko’ra tasnifini ishlab chiqqan. Ushbu tasnifga ko’ra, O’rta Osiyo daryolarining umumiy to’yinishida qor suvlari boshqa manbalar - muzlik, yomg’ir suvlari va yer osti suvlariga nisbatan ustun turadi. Biroq qor suvlari va, shuningdek, boshqa xil manbalarning yillik oqimdagi salmog’i turli daryolarda turlicha bo’ladi. Boshqacha qilib aytganda, turli daryolarning to’yinish sharoitlari ham turlichadir. Shu sababli V.L.Shults, asosan yer osti suvlaridan to’yinuvchi kichik daryolarni hisobga olmagan holda, O’rta Osiyo daryolarini quyidagi to’rt turga bo’ladi:
1. Muzlik - qor suvlaridan to’yinadigan daryolar;
2. Qor - muzlik suvlaridan to’yinadigan daryolar;
3. Qor suvlaridan to’yinadigan daryolar;
4. Qor - yomg’ir suvlaridan to’yinadigan daryolar.
Ushbu tasnifda o’rganilayotgan daryoning qaysi turga mansubligini aniqlashda quyidagi mezonlardan foydalaniladi:
1) daryoda suv eng ko’p bo’ladigan oylar;
2) qor - muzlik suvlaridan hosil bo’lgan yozgi to’linsuv davridagi oqim miqdori (WVII-IX);
3) yozgi to’linsuv davridagi oqim miqdori (WVII-IX)ning qor suvlaridan hosil bo’lgan bahorgi to’linsuv davridagi oqim miqdori ( WIII-V) ga nisbati, ya’ni olinadi. Keyinchalik gidrologik adabiyotlarda

δ Shults koeffitsienti deb ataladigan bo’ldi (9.1-jadval).


9.1-jadval
Daryolarning to’yinish sharoitiga bog’liq holda qaysi turga
mansubligini belgilovchi mezonlar

To’yinish sharoitiga bog’liq holda daryolarning turlari

Daryolar qaysi turga kirishini ko’rsatuvchi mezonlar



WVII-IX yillik oqimga nisbatan % hisobida

Suv eng ko’p bo’ladigan oylar

Muzlik-qor suvlaridan to’yinadigan daryolar

1,00

>38

VII, VIII

Qor-muzlik suvlaridan to’yinadigan daryolar

0,99¸0,26

37¸17

V, VI

Qor suvlaridan to’yinadigan daryolar

0,25¸0,18

16¸12

IV, V

Qor-yomg’ir suvlaridan to’yinadigan daryolar

0,17¸0,001

11¸0

III, IV, V

O’tgan XX asrning o’rtalarida taniqli olima O.P.Sheglova O’rta Osiyo daryolarini to’yinish manbalari bo’yicha tasniflash masalalariga alohida e’tibor qaratdi. Natijada, u O’rta Osiyo daryolarini quyidagi 5 ta turga ajratdi:
1. Muzlik suvlaridan to’yinadigan daryolar (daryolarning to’yinishida muzlik suvlarining hissasi 35 % dan katta, );
2. Qor - muzlik suvlaridan to’yinadigan daryolar (daryolarning to’yinishida muzlik suvlarining hissasi 15-35 %, );
3. Qor suvlaridan to’yinadigan daryolar (daryolarning to’yinishida muzlik suvlarining hissasi 15% dan kichik, );
4. Qor - yomg’ir suvlaridan to’yinadigan daryolar (daryolarning to’yinishida yomg’ir suvlarining hissasi 10% dan katta, );
5. Yer osti suvlaridan to’yinadigan daryolar (daryolarning to’yinishida yer osti suvlarining hissasi 80 % dan katta).
Hozirgi kunda yuqorida sanab o’tilgan tasniflarni yangi gidrometeorologik ma’lumotlar asosida yanada takomillashtirish imkoniyatlari mavjud.

Download 4,44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   100




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish