Ma’ruza “Umumiy gidrologiya va iqlimshunoslik” faniga kirish Reja



Download 4,44 Mb.
bet34/100
Sana10.04.2022
Hajmi4,44 Mb.
#540559
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   100
Bog'liq
3. Мa\'ruza matn 301019184931

To’linsuv davri deb, daryoda suvning ko’payishi har yili deyarli bir xil mavsumda takrorlanadigan va uzoq vaqt (2-6 oy) davom etadigan davrga aytiladi. Bu davrda daryo qayirlari suv ostida qoladi. Suv sathining keskin ko’tarilishi esa ayrim hollarda ko’ngilsiz hodisalarga sabab bo’ladi.
To’linsuv davrining asosiy elementlariga quyidagilar kiradi: to’linsuv davrining boshlanish vaqti, ko’tarilish tezligi va bu ko’tarilishning davom etish vaqti, to’linsuv davrining balandligi va cho’qqisi, to’linsuv davrining pasayishi va bu pasayishining davom etish vaqti, to’linsuv davrining tugash vaqti, to’linsuv davrining umumiy davom etish vaqti, to’linsuv davridagi oqim hajmi.
Toshqin davri deganda, daryo havzasiga yoqqan jala yomg’irlar natijasida daryodagi suv sathi va sarfining juda tez ortishi va shunday keskin kamayishi tushuniladi. Toshqin davri o’zining qisqa muddatliligi, oqim hajmining nisbatan kichikligi hamda ayni bir daryoda butun yil davomida turli davrlarda kuzatilishi bilan to’linsuv davridan farq qiladi. Tog’li hududlarda, jumladan O’rta Osiyo daryolarida havo haroratining keskin ko’tarilishi natijasida qor yoki muzliklarning jadal erishi hisobiga ham toshqinlar kuzatilishi mumkin.
Kam suvli davr - daryolar suv rejimining to’linsuv va toshqin davrlariga nisbatan kam suvliligi bilan farq qiladigan davridir. Kam suvlilikning asosiy sababi suv to’plash havzasidan daryoga kelib tushadigan suv miqdorining keskin kamayishidir.
Suv rejimining turlariga ko’ra daryolarni oddiy va murakkab rejimli daryolarga ajratish mumkin. O’z suvini har xil geografik zonalardan yig’adigan katta daryolar uchun (Nil, Amur, Yenisey, Pechora, Dunay va boshqalar) murakkab rejim xosdir. Bir xil geografik zonada joylashgan o’rta va kichik daryolar oddiy rejimga ega bo’ladi.
Daryolarni suv rejimi davrlariga ko’ra tasniflash
Daryolarni suv rejimi davrlariga ko’ra guruhlarga ajratish, ya’ni tasniflash mumkin. B.D.Zaykov MDH hududidagi daryolarni quyidagi 3 ta guruhga bo’ldi (8.7 - rasm):
a) to’linsuv davri bahorda kuzatiladigan daryolar;
b) to’linsuv davri yozda kuzatiladigan daryolar;
v) toshqinli suv rejimiga ega bo’lgan daryolar.
O’rganilayotgan hududda to’linsuv davri bahorda kuzatiladigan daryolar ko’pchilikni tashkil etadi. To’linsuv davrining xususiyatlariga va suv sarfi hamda suv sathi rejimlarining boshqa davrlardagi o’zgarishlariga bog’liq holda bu guruhdagi daryolar beshta turga bo’linadi: Qozog’iston, Sharqiy Yevropa, G’arbiy Sibir, Sharqiy Sibir va Oltoy turlari.
To’linsuv davri yilning iliq vaqtlarida kuzatiladigan daryolar guruhiga Uzoq Sharq va Tyanshan turlari kiradi.
Toshqinli rejimga ega bo’lgan daryolarda to’linsuv davri bo’lmaydi. Ular katta yoki kichik vaqt oraliqlariga bo’lingan, ketma-ket kuzatiladigan yomg’irli toshqin davrlari bilan ajralib turadi. Bu guruhdagi daryolar nisbatan kam tarqalgan. Toshqin davrining yil davomida taqsimlanishiga ko’ra ushbu guruh daryolari quyidagi uchta turga bo’linadi: Qora dengiz bo’yi, Qrim va Shimoliy Kavkaz.


Download 4,44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   100




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish