Ma’ruza “Umumiy gidrologiya va iqlimshunoslik” faniga kirish Reja


- rasm. Daryo vodiysining ko’ndalang qirqimi



Download 4,44 Mb.
bet31/100
Sana10.04.2022
Hajmi4,44 Mb.
#540559
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   100
Bog'liq
3. Мa\'ruza matn 301019184931

7.4 - rasm. Daryo vodiysining ko’ndalang qirqimi.
1 - vodiy tubi, 2 - daryo o’zani, 3 - qayir, 4 - vodiy kengligi,
5 - vodiy poyi, 6 - vodiy qoshi, 7 - yonbag’ir poyi,
8 - vodiy yonbag’irlari, 9 - vodiyga tutash yerlar
- daryo o’zani - vodiyning oqar suv egallagan qismi;
- qayir - daryoda toshqin yoki to’linsuv bo’lganda vodiyning suv bosadigan qismi;
- vodiy tubi - daryo o’zani va qayir birgalikda vodiy tubi deb ataladi;
- talveg - daryo uzunligi bo’yicha o’zandagi eng chuqur nuqtalarni tutashtiradigan egri chiziq;
- terrasalar - yonbag’irlardagi gorizontal yoki bir oz qiyalikka ega bo’lgan maydonchalar;
- yonbag’irlar - vodiy tubini ikki yondan chegaralab turuvchi va daryoga qarab qiya joylashgan maydonlar;
- vodiy qoshi - vodiy uzunligi bo’yicha yonbag’irlarning eng yuqori nuqtalarini tutashtiruvchi chiziq.
Daryo vodiysining tuzilishi, shakli va o’lchamlari daryoning suv rejimiga katta ta’sir ko’rsatadi.
Daryolarning ko’ndalang va bo’ylama qirqimlari
Quyida daryoning, aniqrog’i daryo o’zanining ko’ndalang qirqimi, uning elementlari, daryolarning bo’ylama qirqimlari, ularning turlari haqida to’xtalib o’tamiz.
Daryo o’zani va uning ko’ndalang qirqimi. Daryo o’zanining shakli vodiyning tuzilishi, daryoning suvlilik darajasi, o’zanni tashkil etgan jinslarning geologik turiga bog’liq holda daryo uzunligi bo’yicha o’zgaruvchan bo’ladi. Daryo o’zanining shakli planda izobatlar bilan ifodalanadi. Izobatlar - daryo o’zanida bir xil chuqurlikdagi nuqtalarni tutashtiruvchi chiziqlardir.
Gidrologiyada daryo o’zanining ko’ndalang qirqimi muhim ahamiyatga egadir (7.5 - rasm).

7.5 - rasm. Daryo qirg’og’ining turlari.
ab-yotiq qirg’oq, bv-nisbatan tik qirg’oq, gd-jarsimon qirg’oq
Daryoning oqim yo’nalishiga perpendikulyar qirqim o’zanning ko’ndalang qirqimi deyiladi. Ko’ndalang qirqimning suv oqayotgan qismi esa jonli kesma maydoni deb nomlanadi. Ba’zan ko’ndalang qirqimda suv oqmaydigan joy uchraydi. Ular harakatsiz - o’lik maydon deyiladi.
Quyida ko’ndalang qirqimning asosiy gidravlik elementlari ustida qisqacha to’xtalamiz.
Ko’ndalang qirqim yuzasi (W) daryoda bajarilgan chuqurlik o’lchash ishlari natijasida olingan ma’lumotlardan foydalanib, quyidagi ifoda yordamida (m2 da) aniqlanadi:

Ifodada - o’lchangan chuqurliklar; - chuqurlik o’lchangan nuqtalar orasidagi masofalar (kengliklar).
Ko’ndalang qirqimning namlangan perimetri (P) o’zan tubi chizig’ining uzunligidan iboratdir.
Ko’ndalang qirqimning gidravlik radiusi (R) quyidagi ifoda yordamida hisoblab topiladi:

Ko’ndalang qirqimning suv yuzasi bo’yicha kengligi, aniqrog’i daryoning kengligi (B) bevosita o’lchab aniqlanadi.
Ko’ndalang qirqimda eng katta va o’rtacha chuqurliklar farqlanadi. Eng katta chuqurlik (hmax) o’lchash natijalari tahliliga asosan aniqlanadi. Ko’ndalang qirqimning o’rtacha chuqurligi esa (ho`rt) quyidagi ifoda yordamida hisoblab topiladi:
.
Daryo o’zani ko’ndalang qirqimining barcha gidravlik kattaliklari daryoda suvning oz yoki ko’pligiga bog’liq holda o’zgarib turadi.

Download 4,44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   100




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish