Daryo oqimining o’zgaruvchanligi va oqim me’yori Daryo oqimi yillararo o’zgarib turadi, ya’ni daryoda bir yil suv ko’p bo’lsa, ikkinchi yili unga nisbatan kamroq bo’lishi mumkin. Bu o’zgarishlar havza yog’adigan atmosfera yog’inlari, havo harorati kabi iqlimiy omillarga bog’liq bo’lib, aniq bir qonuniyatga bo’ysunmaydi. Lekin daryo oqimining har qanday yillik o’zgarishlari ma’lum bir o’rtacha qiymati atrofida tebranib turadi. Oqim miqdorining turli yillardagi tebranish amplitudasi turli daryolarda turlicha qiymatlarga ega bo’ladi.
Daryo oqimini bir necha yillar (25-30 yil) davomida uzluksiz kuzatish natijasida hosil bo’lgan qatorni tasodifiy miqdorlar qatori deb qarash mumkin. Ma’lumki, tasodifiy miqdorlardan hosil bo’lgan qator o’zgaruvchan, ya’ni variatsion qator deyiladi.
Daryoda kuzatilgan kam suvli va ko’p suvli yillarning to’la siklini qamrab olgan davr uchun aniqlangan o’rtacha ko’p yillik oqim miqdori oqim me’yoriniifodalaydi.
Daryoda kuzatilgan o’rtacha yillik suv sarflaridan tashkil topgan gidrologik qatorning asosiy ko’rsatkichlaridan biri uning o’rtacha arifmetik miqdori, ya’ni oqim me’yoridir. Uning qiymati quyidagi ifoda yordamida hisoblanadi:
,
ifodada U0 - oqim me’yori, - yillik oqim miqdorlarining yig’indisi, n - kuzatish yillari soni.
Oqim me’yorini aniqlashda hisob davrini to’g’ri belgilab olish juda muhimdir. Chunki, daryo oqimi Quyosh faolligi hamda iqlimiy omillarning davriy, ya’ni siklli tebranishiga bog’liq holda o’zgarib turadi. Shuning uchun o’rganilayotgan daryo oqimi me’yorini hisoblash uchun tanlab olingan gidrologik qator bir yo’la ko’p suvli va kam suvli davrlarni qamrab olishi zarur. Shu maqsadda daryo oqimining yig’indi, ya’ni integral egri chizig’i chizmasidan foydalaniladi (10.2-rasm).
10.2-rasm. Daryo oqimining integral egri chizig’i. Daryo oqimining yillararo o’zgarishini xarakterlash uchun gidrologiyaga oid hisoblashlarda taqsimlanish va ta’minlanish egri chiziqlaridan foydalaniladi. Ta’minlanish egri chizig’i berilgan oqim miqdorini necha foiz ishonchli ekanini yoki boshqacha aytganda necha yilda bir marta qaytarilishini aniqlashga yordam beradi.
Integral egri chiziqni chizishda daryo oqimini modul koeffitsientlari orqali ifodalash katta qulaylik yaratadi. Bu egri chiziq daryo oqimining yillar bo’yicha siklli o’zgarishi davrlarini yaqqol ko’rsatib turadi.
Ta’minlanish egri chizig’i kuzatish ma’lumotlari asosida chiziladi (10.3-rasm). Daryo oqimining ta’minlanishi quyidagi ifoda yordamida hisoblanadi va foizlarda ifodalanadi:
bu yerda: m - daryolarda ma’lum yilda kuzatilgan oqim miqdorining kamayuvchi qator bo’yicha aniqlangan tartib raqami;
n- kuzatish yillari soni.