Oqiziqlarni miqdoriy ifodalash usullari
Oqiziqlarni miqdoriy ifodalashda oqiziqlar sarfi, oqiziqlar oqimi (hajmi), oqiziqlar moduli yoki yuvilish moduli, yuvilish qatlami, erozion metr, o’rtacha loyqalik va oqiziqlarning o’rtacha kattaligi (diametri) kabi ko’rsatkichlardan foydalaniladi.
Oqiziqlar sarfi deb, daryoning ko’ndalang qirqimidan vaqt birligi(sek)da oqib o’tadigan loyqa oqiziqlar miqdoriga aytiladi. Muallaq oqiziqlar sarfi R bilan, o’zan tubi oqiziqlari sarfi esa G bilan belgilanadi va har ikki kattalik ham kg/s larda ifodalanadi.
Oqiziqlar oqimi(hajmi) deb, daryoning ko’ndalang qirqimidan ma’lum vaqt (kun, oy, yil) davomida oqib o’tadigan loyqa oqiziqlar miqdoriga aytiladi. U WR bilan belgilanib, tonnalarda yoki hajm birligida ifodalanadi. Agar T kun ichidagi o’rtacha oqiziqlar sarfi R (kg/s) ma’lum bo’lsa, u holda oqiziqlar oqimi quyidagicha aniqlanadi:
Oqiziqlar oqimini hajm birligida ham ifodalash mumkin. Buning uchun hisoblashlarda quyidagi ifodadan foydalaniladi:
bu yerda: WR -loyqa oqiziqlarning og’irlik birligida ifodalangan hajmi, tonnada; γR- loyqa oqiziqlarning solishtirma og’irligi, t/m3.
Oqiziqlar moduli yoki yuvilish moduli deb, bir yilda havzaning 1 km2 yuzasidan yuviladigan oqiziqlar miqdoriga aytiladi. U MR bilan belgilanib, quyidagicha topiladi:
bu yerda: F-daryoning suv to’plash maydoni, km2 larda; R-o’rtacha yillik oqiziqlar sarfi, kg/s; 31,54103 koeffitsient yuvilish modulini t/km2 yil o’lcham birligida ifodalashga imkon beradi.
Yuvilish qatlami (hyu) mm da ifodalanib, quyidagi tenglik yordamida aniqlanadi:
Erozion metr (he) havzaning necha yil davomida 1 metr qalinlikda yuvilishini xarakterlaydi va quyidagi ifoda bilan aniqlanadi:
Daryo suvining o’rtacha loyqaligi deb, uning hajm birligida mavjud bo’lgan oqiziqlar miqdoriga aytiladi. U ρo’rt bilan belgilanib, quyidagicha hisoblanadi:
bu yerda: R-oqiziqlar sarfi, kg/s larda; Q-suv sarfi, m3/s larda. Ifodadagi 103 raqami kg dan g ga o’tish koeffitsienti bo’lib, loyqalik g/m3 da ifodalanadi.
Oqiziqlarning eng muhim ko’rsatkichlaridan yana biri ularning granulometrik (mexanik) tarkibidir. Oqiziqlarning granulometrik tarkibi, ya’ni oqiziqlarning o’lchamlari-fraktsiyalar bo’yicha taqsimlanishini ularning o’rtacha diametri (do’rt) orqali quyidagicha ifodalash mumkin:
bu yerda: di-ayrim fraktsiyalar diametri, mm da; ρi- shu fraktsiyaga kiruvchi oqiziqlar og’irligining umumiy og’irlikka nisbatan foizlarda aniqlangan qiymati.
Yuqorida bayon etilgan qisqacha nazariy bilimlarni «Gidrologiya asoslari» darsligi yordamida to’ldirish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |