Ma’ruza “Umumiy gidrologiya va iqlimshunoslik” faniga kirish Reja


Tabiiy suvlar kimyoviy tarkibining shakllanishi



Download 4,44 Mb.
bet54/100
Sana10.04.2022
Hajmi4,44 Mb.
#540559
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   100
Bog'liq
3. Мa\'ruza matn 301019184931

Tabiiy suvlar kimyoviy tarkibining shakllanishi
Tabiiy suvlar kimyoviy tarkibining shakllanishi qator tabiiy va antropogen omillar bilan bog’liqdir. Ushbu omillarni quyidagi guruhlarga ajratish mumkin:
1) tabiiy geografik omillar (relef, iqlim, shamol ta’sirida tog’ jinslarining yemirilishi, tuproq qoplami va boshqalar);
2) geologik omillar (tog’ jinslarining litologik tarkibi, tektonik harakatlar va ular natijasida sodir bo’ladigan geologik jarayonlar, gidrogeologik sharoit va boshqalar);
3) fizik va kimyoviy omillar (elementlarning kimyoviy xossalari, kislotali-ishqorli va oksidlanish-qaytarilish sharoitlari, suvlarning aralashishi hamda kationlar almashinuvi va boshqalar);
4) biologik omillar (o’simliklar va tirik organizmlar faoliyati);
5) antropogen omillar (insonning tabiiy suvlarga ta’siri bilan bog’liq bo’lgan barcha turdagi faoliyati).
Tabiiy geografik omillar. Yer sirti relefi tabiiy suvlar kimyoviy tarkibining shakllanishiga bevosita ta’sir ko’rsatadigan asosiy omillardan biri hisoblanadi. U yer sirtida suv almashinish sharoitiga, uning tezligiga, bu esa o’z navbatida tabiiy suvlarning minerallashuvi va kimyoviy tarkibiga ta’sir ko’rsatadi. Relef yer yuzasiga yoqqan yog’inlarning taqsimlanishini ta’minlaydi. Tog’li hududlarda yer yuzasi oqimlari shakllanadi, tekislik hududlarda esa uning aksi kuzatiladi, ya’ni yuza oqim miqdori kamayadi. Natijada joyning relefi bilan undagi tuproqning tuz rejimi o’zaro bog’liq bo’ladi.
Geologik omillar. Daryo havzasiga yoqqan atmosfera yog’inlaridan yuza oqim hosil bo’ladi. Uning yerga shimilishi, yer osti suvlarining joylashish chuqurligi, daryo oqi­ziqlarining manbai hisoblangan tog’ jinslarining yuvilish jadalligi, daryo o’zanining shakllanish jarayonlari va boshqalar daryo havzasining geologik tuzilishi bilan bog’liqdir.
Fizik va kimyoviy omillar. Tabiiy suvlar kimyoviy tarkibining shakllanishini belgilovchi fizik va kimyoviy omillar quyidagilarda aks etadi va o’zaro chambarchas bog’liqdir:
1) elementlarning kimyoviy xossalari;
2) tabiatda kechadigan oksidlanish-qaytarilish jarayonlari;
3) tabiiy sharoitda tog’ jinslarida kechadigan tuzlar gidrolizi va ularni belgilovchi omillar;
4) tabiiy suvlarning o’zaro aralashishi va boshqalar.
Biologik omillar tabiiy suvlarga o’simlik va tirik organizmlar tomonidan ko’rsatiladigan ta’sir natijasida namoyon bo’ladi. Ushbu jarayon bir tomondan tabiiy suvlarning biogenli metaformizatsiyasiga sabab bo’lsa, ikkinchi tomondan, ularni mikrokomponentlar bilan boyitadi.
Antropogen omillarga insonning hayot va mehnat faoliyati bilan bog’liq holda tabiiy suvlar tarkibiga ko’rsatadigan barcha turdagi ta’sirlari kiradi. Ta’siriga ko’ra antropogen omillarni kimyoviy va fizikaviy guruhlarga ajratish mumkin.



Download 4,44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   100




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish