BAKTERIYaLAR
Bakteriya — lotincha so‘z bo‘lib, tayoqcha ma’nosini bildiradi. Bakteriyalar odam va hayvonlarning kasallanashlariga sababchilar orasida katta o‘rin tutadi. Ular kengroq o‘rganilgan, shuning uchun bakteriyalarni tasvirlashga ko‘lroq e’tnbor beriladi.
Bakteriyalar bir hujayrali, xlorofilsiz, prokariot turli organizmlardir. Tashqi ko‘rinishi jihatidan to‘rtta asosiy:
Qokklar — sharsimon.
Bakteriyalar va batsillalar — tayoqchasimon.
Vkbrion va spirillalar — bukilgan va spiralsimon.
Xlomidobakteriyalar — ipsimon guruhlarga bo‘linadi.
Yuqorida ko‘rsatilgan gruppalardan uchtasi odam va hayvonlarda kasal qo‘zg‘atadi, to‘rtinchisi esa kasal qo‘zg‘atmaydi. Bularga oltingugurt va temir bakteriyalar kiradi.
1. Qokklar (lotincha kokkus — don) — sharsimon bakteriyalardir. O‘zaro joylashishiga qarab monokokk, diplokokk, tetrokokk, streptokokk va sarsinalarga bo‘linadi. Ular ko‘paygaida bir, o‘zaro perpendikulyar, ikki yoki uch tekislnkka bo‘linadi. Bunday bo‘linishdan keyin ular bir-biriga bo‘sh bog‘lanib qoladi, natijada o‘zaro joylashuvi jihatdan farq qiladigan kokklar vujudga keladi.
Monokokklar (mono — grekcha so‘z bo‘lib, bir, yakka ma’nosini bildiradi) bo‘lingandan keyin har qaysisi alohida joylashadi.
Diplokokklar (di — grekcha ikki, juft) bir tekislikda bo‘linadi va juft-juft bo‘lib jonlashadi.
Tetrokokklar — (tetra — grekcha to‘rtta) o‘zaro perpepdikulyar ikki tskislikka bo‘linadi va to‘rttadan joylashadi.
Streptokokklar (streptus — grekcha so‘z bo‘lib, zanjir ma’nosini bildiradi) zanjirsimon joylashgan kokklardir.
Sarsinalar — (sarsio — lotincha so‘z bo‘lib, bog‘layman ma’nosini bildiradi) o‘zaro perpendikulyar, uch tekislikka bo‘lingan kokklar, ular 8 — 16 dan to‘p-to‘p bo‘lib joylashadi.
Stafilokokklar — (stafilokokkus — lotincha so‘z bo‘lib, shingil ma’nosini bildiradi) tartibsiz bo‘linib, uzum shingili shaklida joylashadi.
2. Tayoqchasimon — o‘z navbatida uchtaga bo‘linadi: bakteriyalar, batsillalar va klostridiyalar.
Bakteriyalarga spora hosil qilmaydigan, batsillalarga spora xosil qiladigan tayoqchasimon mikroblar, klostridiyalarga xam spora hosil qiladigai yig‘simon tayoqchalar kiradi.
Tayoqchasimon bakteriya va batsillalar kokklar singari uzunasiga juft-juft bo‘lib joylashganda, diplobakteriya yoki diplobatsillalar deyiladi, zanjir bo‘lib joylashsa, streptobakteriyalar yoki streptobatsillalar deb ataladi.
Tayoqchasimon bakteriyalarning ayrimlari tashqi ko‘rinishi bilan bir-biridan ancha farq qiladi. Qat’iyan silindr shaklidagi bochkasimon, uchlari to‘mtoq va shuiga o‘xshash tayoqchalar ma’lum.
Klostridiyalar (kloster — grekcha so‘z bo‘lib, yig‘ ma’nosini bildiradi). Bu gruppaga spora hosil qiladigan va spora xosil bo‘lishda ularning o‘rtasi kengayib yir shaklnni oladigan mikroorganizmlar kiradi.
3. Spiralsimon bakteriyalar — bularga:
Vibrionlar (vibrio — lotincha so‘z bo‘lib, egilaman ma’nosini bildiradi) vergul shaklli, bir buramali bo‘ladi.
Spirillalarga (spira — lotincha so‘z bo‘lib, buralaman ma’nosini bildiradi) ikki-uch va hatto beshtagacha buramali mikroblar kiradi. Spiraxetalarga juda ko‘p mayda, uzun va ingichka burmali bakteriyalar kiradi.
4. Xlomidobakteriyalarda odam va hayvonlarda kasallik ko‘zg‘atadigan mikroblar bo‘lmaydi. Ularga tiniq suv omborlarida yashaydigan oltingugurt va temir bakteriyalar kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |