Ma’ruza matni Toshkent – 2014 1-mavzu. Kirish. Mikrobiologiya fanining maqsadi va vazifalari


-MAVZU. MIKROORGANIZMLARNING MORFOLOGIYaSI VA ANOTOMIK TUZILIShI



Download 0,81 Mb.
bet5/72
Sana18.02.2022
Hajmi0,81 Mb.
#453594
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   72
Bog'liq
127753 56803 Микробиология

2-MAVZU.
MIKROORGANIZMLARNING MORFOLOGIYaSI VA ANOTOMIK TUZILIShI


Mavzuning maqsadi: Talabalarga mikroorganizmlarning shakllari, ichki tuzilishi, ularning foydali va zararli tomonlarini izohlab berish.
Reja.

  1. Mikroorganizmlar hujayrasining hayvon, o‘simlik hujayralaridan farqi.

  2. Mikroorganizmlar shakllari.

  3. Bakteriyalarning ko‘payishi.

  4. Bakteriyalarning ko‘payishi.

  5. Bakteriyalarda spora hosil bo‘lishi.

  6. Bakteriyalar tasnifi.

  7. Viruslar tasnifi, tuzilishi, virusli kasalliklar, viruslarning ochilish tarixi.

  8. Faglar.

Adabiyotlar: 1: 252-267; 2: 10-24.
Asosiy tushunchalar: bleforoplast, fimbriy, donor, resipient, mureni, permiaza, vezikula, plazmid, monotrix, lofotrix, amfitrix, peritrix, kansid, bakteriofag.

Mikroblar yer yuzidagi tirik organizmlarning eng qadimiysidir. Ular yer yuzida uch milliard yil oldin paydo bo‘lgan. Ba’zi olimlarnnng fikriga qaraganda yer yuzidagi hayot mikroblardan boshlangan, yana boshqa olimlarning fikricha yer yuzida avval hujayrasiz tirik organizmlar (arxebiontlar, fotobiontlar, protobiontlar va boshqalar) bo‘lgan. Hayotning rivojlanishi oddiy organizmlardan murakkabroq organizmlarga qarab taraqqiy etgan. Avvalo viruslar (tarkibida RNK, so‘ngra DNK borlar) paydo bo‘lib, undan so‘ng riketsiyalar, mikoplazmalar, bakteriyalar, ko‘k-yashil suv o‘tlar, zamburug‘lar, o‘simliklar va nihoyat hayvonlar yuzaga kelgan.


Bir hujayrali va ko‘p hujayrali organizmlar orasida o‘xshashlik mavjud, chunki bir hujayrali organizmlarda organlar vazifasini hujayra organoidlari bajaradi. Masalan, bakteriyalarning harakatlanish organlari xivchinlardir, yadro va plastidalar yuksak o‘simliklarning organoidlariga o‘xshashdir.
Mikroorgannzmlar klassifikaiiyasida ularning morfologik belgilarnga asoslanilardi. Chunki odamlarga bundan tashqari hsch narsa ma’lum emas edi. XIX asrshshg oxprida mikroorgapizmlarning ko‘p turlari annqlangach, olimlar, asosan botaniklar o‘simliklar klassifixatsiyasida qo‘llanilgak usullar yordamida mikroorganizmlarni gruppalarga bo‘lganlar. 1896 yilda K Leman va R. Neymai birpnchi bo‘lib, hamme mikroorganizmlarnn uchta: 1) sharsimon, 2) tayoqchasimop, 3) spiralsimon gruppalarga bo‘lgan edilar. Bu gruppalarga bo‘„gpshda asosan ularnpng tashqi ko‘rinishi hisobga olingandi. Bir yildai so‘ng mikroblarni sistemaga solishda ularning morfologik belgilari bilan bnrga fiziologik belgilari ham hisobga olnnadigan bo‘ldn. Hozirgi sharoitda mikroorganizm.larni klassifikatsiyalashda belgilarning yig‘nndisi hisobga olinadi. Bularga fenotipik (morfologik, kulturali, fiziologik hamda boshqa xossalar) va genotipik (DNKning fizikaviy va ximiyavny xossalari) belgilari kiradi.
1924 yilda D. Bergi degan olimning redaksiyasida Amerika mikrobiologiya assotsiatsiyasi «Bakteriyalarning aniqlagichi»ni nashr etgan edi. 1974 yilda uning 8-chi nashri bosildi. Bu aniqlagichga asoslanib hamma mikroblar prokariot olamiga birlashtirildi. Prokariot olami ikkita bo‘limga bo‘lingan:

  1. Panobakteriyalar yoki ko‘k-yashil suv o‘tlar.

  2. Bakteriyalar.

Bakteriyalar o‘z navbatida o‘n to‘qqiz guruhga bo‘linadi:

  1. Fototrofli bakteriyalar.

  2. Toygoklanadigan bakteriyalar.

  3. G‘ilofli bakteriyalar.

  4. Kurtaklanadigan va butoqli bakteriyalar.

  5. Spiraxetalar.

  6. Spiralsimon va bukilgan.

  7. Grammanfiy aerob tayoqcha va kokklar.

  8. Grammanfiy fakultativ anaerob tayoqchalar.

  9. Grammanfiy anaerob bakteriyalar.

  10. Grammanfiy kokklar va kokkobatsillalar (aeroblar).

  11. Grammanfiy kokklar (anaeroblar).

  12. Grammanfiy xemolitotrof bakteriyalar.

  13. Metan hosil qiladigan bakteriyalar.

  14. Grammusbat kokklar.

  15. Endosporalarni hosil qiladigan tayoqchalar va kokklar.

  16. Grammusbat asporagen (spora hosil qilmaydigan) tayoqchasimon bakteriyalar.

  17. Aktinomitsitlar va bularga yaqin turadigan mnkroorganizmlar.

  18. Rikketsiyalar.

  19. Mikoplazmalar.

M. A. Krasilnikov esa o‘zining «Bakteriya va aktinomitsetlarning aniqlagichi»da (1949 yil) 6000 dam ziyod mikroorganizmlarni nomlab chiqib, ularni ikkita gruppaga bo‘lgan:

  1. Xlorofill hosil qiladiganlar.

  2. Xlorofilsiz mikroorganizmlar.

Ikkinchi gruppa to‘rtta sinfdan iborat:

  1. Aktinomitsetlar.

  2. Bakteriyalar.

  3. Miksobakteriyalar.

  4. Spiraxetalar.

Har bir sinf esa o‘z navbatida mayda sistematik gruppalarga bo‘linadi.
Hozir hamma hujayrali jonivorlar hujayrasining tuzilishiga, o‘zak va organellalarning sitoplazma bilan munosabatiga, qobig‘ning tarkibiga va boshqa belgilariga qarab ikkita gruppaga bo‘linadi:

  1. Prokariotlar.

  2. Eukariotlar.

Prokariotlardagi mikroorganizmlarda o‘zak modda va organellalar sitoplazmalardan maxsus parda bilan ajratilmagan.
Eukariotlar gruppasidagi mikroorganizmlarda esa o‘zak va organellalar maxsus pardalar bilan o‘ralgan va shu parda ularni sitoplazmadan ajratadi.
Mikroorganizmlarning talay qismi (bakteriyalar, aktinomitsetlar, spiroxetalar, riketsiyalar va ko‘k-yashil suv o‘tlar) prokariot guruhiga kiradi, qolganlari (achitqi, mog‘or zamburug‘lar, mikroskopik suv o‘tlar va sodda organizmlarning ba’zilari) eukariot guruhiga kiradi.
Mikroorganizmlarni belgilashda binor (qo‘shaloq) nomenklatura qo‘llanadi va o‘ziga nasl (avlod) hamda turni oladi. Masalan, kuydirgi kasalligini qo‘zg‘atuvchi mikroorganizmning nomi Bassilis antratsis, ichak tayoqchasining nomi esa Esherixiya va hokazo.
Eng oddiy toksinomik birligi bu tur, turlar birlashib naslni, nasllar esa birlashib oilani hosil qiladilar. Oilalar qatorlarga birlashadi va qatorlar sinflarni tashkil qiladilar.
Mikroorganizmlarning ba’zilari o‘simliklar, ba’zilari hayvonot, yana bir boshqalari esa o‘simlnklar dunyosi bilan hayvonot dunyosining (olamining) orasida turadi.
Mikroorganizmlar orasidagi bakteriyalarning tuzilishi va bularning fiziologik xususiyatlari boshqa mikroorganizmlar-ga nisbatan yaxshiros tekshirilib aniqlangan.



Download 0,81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   72




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish