qilinadigan gaz namuna olish liniyasi 1 bo`yicha analiz qilinadigan gazni tayyorlash
atmosferaga chiqarib yuboriladi. Eltuvchi gaz ballondan liniya 2 bo`yicha
aralashmasi esa namuna oladigan almashtiriladigan spiral 7 dan o`tadi, u naycha
ko`rinishida ishlangan bo`lib, hajmi 2, 3, 5 va 10 ml ni tashkil etishi mumkin.
Kran–pereklyuchatelning plastinasi 60° ga burilganida uning kanallari rasmda
shtrix chiziq bilan ko`rsatilgan vaziyatni oladi. Bunda eltuvchi gaz analiz
qilinayotgan belgilangan hajmdagi gaz namunasini dozalash spirali 7 dan ajratish
kolonkasiga siqib chiqaradi, gaz aralashmasining asosiy oqimi esa bu vaqtda kran-
pereklyuchatelning boshqa kanali bo`yicha atmosferaga haydaladi. Kran-
pereklyuchatelning qo`zg`aluvchan plastinasi o`zgarmas vaqt oraliqlarida (3 dan 5
min gacha) taymer bilan avtomatik tarzda buriladi, bu vaqt analiz qilinayotgan gaz
aralashmasining tarkibi va uning ajralishiga qo`yiladigan talabga qarab o`rnatiladi.
Ajratish kolonkasi 9 zanglamaydigan po`latdan yoki misdan ichki diametrini
6 mm va uzunligini 2–10 m qilib (analiz qilish sharoitlariga qarab) tayyorlangan
hamda ichiga sorbent to`ldirilgan spiral naychadan iboratdir. Analiz qilinayotgan
aralashmaning namunasi kolonka 9 ga tushib, uni tashkil etuvchi komponentlarga
ajraladi va detektorlarga yuboriladi.
Datchik detektori analiz qilinayotgan gaz aralashmasi komponentlarining
ajralishini aniqlash uchun xizmat kiladi. Uning ishlashi eltuvchi gaz va analiz
qilinayotgan komponent binar aralashmasi issiqlik o`tkazuvchanliklarining
ayirmasidan foydalanishga asoslangan. Detektor zanglamaydigan po`latdan
tayyorlangan massiv blokdan iborat bo`lib, uning ikkita: 5 va 6 kameralari bo`ladi,
hajmi taxminan 0,2 sm
3
keladigan bu kameralarda esa qarshilik termometrlari
(termistorlar) bo`lib, ular o`lchash ko`prigining yelkasini tashkil qiladi. Datchik
kamerasini termostatlashga temperatura regulyatori yordamida erishiladi.
Eltuvchi gaz detektorning kameralari 5 va 6 dan o`tganida har ikki kamerada
issiqlik berish sharoiti bir xil bo`ladi; o`lchash sxemasi muvozanatda bo`ladi va
ikkilamchi asbobning diagrammasida nol chiziq yoziladi. Kran-pereklyuchatelning
qo`zg`aluvchan plastinasi 60° ga burilganida eltuvchi gaz dozalash kamerasida
ajratib qolingan namunani siqib chiqaradi va uni ajratish kolonkasiga yuboradi, u
erdan detektorning o`lchash kamerasiga goh eltuvchi gaz, goh tegishli binar
aralashma beriladi. O`lchash kamerasiga issiqlik o`tkazuvchanligi sof gaz
eltuvchining issiklik o`tkazuvchanligidan boshqacha bo`lgan binar aralashmaning
kirishi natijasida qarshilik termometrining temperagurasi va qarshiligi, binobarin
ko`prikning muvozanati o`zgaradi. Muvozanatning bunday o`zgarishini qayd
etuvchi asbob IV cho`qqi ko`rinishida qayd etadi.
Xromatografning boshqarish bloki V ga asbobning o`lchash sxemasi. elektron
temperatura regulyatori, vaqt belgilovchi- taymer, nolni avtomatik qo`yish
qurilmasi, pereklyuchatel 8 ni boshqarish qurilmasi va rele kiradi.
Sanoatda ishlatiladigan XP-499 xromatografi gazsimon mahsulotlar
nouglevodorodli gazlar va ularning izomerlarini analiz qilish uchun mo`ljallangan.
Xromatograf texnologik potoklardan olingan gazlarni analiz qilishga imkon beradi,
analiz natijalarini uzluksiz qayd etishni ta`minlaydi, shuningdek, standart elektr va
pnevmatik chiqish signallari olishni ta`minlaydi va boshqarish sistemasida
foydalanilishi mumkin. Konsentratsiya bo`yicha o`lchash chegarasi 0,05–100%,
asosiy xatoligi ±1%. Xromatograf portlashdan himoyalangan tarzda chiqariladi.
Sanoatda ishlatiladigan «Neftexim-SKEP» xromatografi ko`p komponentli
gaz aralashmalari, bug`lar va suyuqliklarning tarkibini ajratish kolonkalarining
temperaturasi 200
o
C gacha bo`lgan sharoitda aniqlashga imkon beradi. Uzluksiz
rejmmda ishlaydi va boshqarish sistemalarida datchik sifatida foydalanish mumkin.
Konsentratsiya bo`yicha o`lchash chegarasi 0–100%, chiqish signallari 0–5 mA; 0–
10 V; 0,02– 0,1 MPa. Portlashdan himoyalangan tarzda chiqariladi.
Do'stlaringiz bilan baham: