bitta komponentning konsentratsiyasini aniqlashga imkon beradi. Xromatografik
gaz analizatorlari (xromatograflar) ulardan farqli ravishda gaz aralashmasini to`la
analiz qilishga, ya`ni bu aralashmani tashkil etuvchi hamma gazlarning
Xromatografik ajratish yo`li bilan ko`p komponentli gaz aralashmalarini
ajratiladi, so`ngra aralashmadagi har qaysi komponentning mikdori o`lchanadi. Gaz
naychadan iborag bo`lib, o`z sirtida gazlarni ushlab olish va tutib turish xususiyatiga
ega bo`lgan modda- sorbent bilan to`ldirilgan bo`ladi. Analiz qilinayotgan gazning
dozator 1 da o`lchab olingan portsiyasi davriy ravishda eltuvchi gaz deb ataladigan
yordamchi gazning uzluksiz oqimiga berib turiladi. Kolonka orkali aralashma
portsiyasi haydalganida tegishli komponentlarga ajraydi. Ajralish gazlarning
turlicha absorbtsiyalanishi tufayli yuz beradi. Absorbtsiyalanish qancha yuqori
bo`lsa, eltuvchi gaz gaz molekulalarini sorbent sirtidan shuncha qiyinlik bilan ajratib
oladi. SHuning uchun eltuvchi gaz kolonkaga to`xtovsiz kirib turib, undan
komponentlarni navbati bilan siqib chiqaradi: oldin aralashmaning kuchsiz
absorbtsiyalanadigan komponenti, so`ngra qolganlarini. SHunday qilib, kolonkadan
haqiqagan olganda binar aralashma chiqadi, uning komponentlaridan biri eltuvchi
gaz bo`lib, boshqasi analiz qilinayoggan aralashma bo`ladi.
Binar aralashmalar detektor 3 yordamida analiz qilinadi. Detektorlarning eng
ko`p tarqalgan tiplaridan biri termokonduktometrik gaz analizatoridir. Detektorning
chikish signalы qayd etuvchi asbob 4 ga beriladi.
Gazlarni analiz qilish uchun gaz adsorbtsion va gaz taqsimlash
xromatografiya usullari eng ko`p tarqalgan. Bularning birinchisida harakatchan
faza-gaz va ko`zg`almas faza-maydalangan qattiq modda bo`ladi. Ikkinchi xil
asboblarda harakatchan faza-gaz va qo`zg`almas faza–g`ovak asosga surkalgan
suyuqlik bo`ladi. Gaz-adsorbtsion xromatograflarda komponentlarning ajralishiga
ularning qo`zg`almas qattiq faza sirtiga turlicha adsorbtsiyalanishi, gaz taqsimlash
xromatograflarida esa qo`zg`almas suyuq fazada turlicha erishi sabab bo`ladi.
9.14-rasmda gazlar aralashmasining komponentlarga gaz–absorbtsion usulda
xromatografik ajralishining printsipial sxemasi ko`rsatilgan. Gaz aralashmasining
uchta A, B va V komponentlaridan tarkib topgan namunasi (9.14-rasm, a) eltuvchi
gaz yordamida uzun yupqa naycha–ajratish kolonkasi orqali siqib chiqariladi,
naycha spiral tarzida bukilgan va adsorbent bilan to`ldirilgan bo`ladi.
9.14-rasm. Gaz aralashmasini komponentlarga xromotografik tarzda
ajratishning absorbtsion sxemasi
Aralashma komponentlari turlicha adsorbtsiyalangani sababli ularning
kolonkada harakatlanishi turlicha sekinlashadi. Ayni komponent molekulalari
qancha ko`p adsorbtsiyalansa, ularning tormozlanishi shuncha katta bo`ladi, va
aksincha. SHuning uchun aralashmannng ayrim komponentlari kolonkada turlicha
tezlikda harakatlanadi. Ma`lum vaqtdan keyin (9.14- rasm, b) birinchi bo`lib kam
adsorbtsiyalangan V komponent, undan keyin komponent B va nihoyat eng ko`p
adsorbtsiyalangan va щu sababli boshqalariga qaraganda sekinrok harakatlanadigan
A komponent ketadi. Keyingi vaqt oraliqlarida komponentlarning harakatlanish
tezligi turlicha bo`lganligi tufayli komponentlar to`la ajraydi (9.14-rasm, v) va
xromatografik kolonkadan ketma-ket yo eltuvchi gaz, yoki eltuvchi gaz–
komponentdan iborat binar aralashma chiqadi.
Ko`p komponentli gazni analiz qilishda komponentlar kolonkadan ularning
molekulyar massalari ortib borishi tartibida chiqadi. Komponentlar ajralishining
ma`lum o`zgarmas sharoitlarida (temperatura, eltuvchi gaz sarfi, adsorbentning
xossalari va h ) har qaysi komponentning ayni xromatografik kolonkadan o`tish
vaqti, binobarin, uning chiqish vaqti o`zgarmaydi. SHuning uchun har qaysi
komponentning chiqish vaqti xromatografik analizning sifat ko`rsatkichi
hisoblanadi.
Gaz-adsorbtsion xromatografiyada eltuvchi gaz sifatida azot, geliy, havo va
boshqa gazlardan foydalaniladi; adsorbent sifatida esa aktiv ko`mir, silikagel,
alyumogel, magniy oksid va boshqalardan foydalaniladi.
Analiz natijalarini ikkilamchi asbob qayd
etadi. 9.15-rasmda uch komponentli aralashmani
analiz qilish natijalarining lentali diagrammaga
yozilishi ko`rsatilgan. Analiz qilinayotgan
aralashmaning xromatogrammasi bir nechta
cho`qqi nuqtalari bo`lgan egri chiziqdan iborat.
Cikl boshlangandan keyin cho`qqilarning paydo
bo`lish vaqti aralashma komponentining turini,
cho`qqining barcha cho`qqilar yig`indi yuziga
keltirilgan yuzi esa ayni komponentning
konsentratsiyasini belgilaydi. Gaz–taqsimlash
xromatografiyasida esa ko`p komponentli gaz
aralashmalari xuddi shu tarzda analiz qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: