shuningdek, portlash xavfi bor gaz aralashmalarini nazorat qilishda foydalaniladi.
alangasida ionlashuviga asoslangan. Alangali–ionizatsion o`zgartkich elektr
maydonga joylashtirilgan vodorod gorelkasidan iborat. Sof vodorod yonganida
o`tkazuvchanligi juda ham past bo`ladi. Organik moddalarning alangasi paydo
bo`lganida ularning ionlashuvi sodir bo`ladi va alanganing elektr o`tkazuvchanligi
kuchlanish beriladi, gorelka korroziyabardosh po`lat yoki titandan tayyorlanadi.
Ikkinchi (kollektorli deb yuritiladigan) elektrod o`rnida yupqa devorchali tsilindr
xizmat qiladi, u gorelka 1 bilan o`qdosh bo`lib, nodir metallar (platina, oltin, titan)
dan tayyorlanadi. O`zgartkichning ionizatsiya kamerasiga yonishni saqlab turish va
vodorodning yonish mahsuloti bo`lgan suvning kondensatsiyalanishining oldini
olish uchun havo kiritib turiladi.
9.11-rasm. Alanga-ionizatsion gaz
analizatorining sxemasi
O`zgartkichda zanjirda ionizatsiya
tokining paydo bo`lishiga reaktsiya
davomida elektrodlarda musbat va
manfiy zaryad eltuvchilarning hosil
bo`lishi sabab bo`ladi. Ionizatsiya
tokining kuchi 10
-7
-10
-8
A dan
oshmaydi. SHu munosabat bilan
o`zgartkichning tok signali o`zgarmas
tok kuchaytirgichi 5 ga beriladi.
Kuchaytirilgan
signal
ikkilamchi
asbob 6 ga (masalan, avtomatik
potentsiometrga yoki signalizatsiya
qurilmasiga
keladi,
bu
qurilma
konsentratsiya berilgan qiymatidan
ortib ketganida signal chiqaradi.
Aerozolli-ionizatsion gaz analizatorlari gaz analiz qiladigan radioizotopli
asboblarga taalluqli bo`lib, ularda gaz muhitining fizik parametri-gazlarning elektr
o`tkazuvchanligi, ionizatsiyalovchi nurlanish ta`sirida bo`lgan gazlarning elektr
o`tkazuvchanligi o`lchanadi. Bu asboblarda gazning α yoki β aktiv izotop
ko`rinishidagi ichki ionizatsiya manbaiga ega bo`lgan ionizatsion tok kamerasi
sezgir element bo`lib xizmat qiladi. Muhitning nazorat qilinayotgan komponenti
konsentratsiyasining o`lchovi bo`lib kameraning elektrodlari orasida ularga
kuchlanish berilganda hosil bo`ladigan ionizatsiya toki xizmat qiladi.
Bu gaz analizatorlarining xususiyati shundan iboratki, ularda nazorat
qilinayotgan komponent oldin aerozol holatiga keltiriladi. Bunda hosil bo`ladigan
aerozol zarralari soni nazorat qilinayotgan komponent konsentratsiyasiga
proportsional bo`lib ionizatsiya tokining o`lchanayotgan kuchining o`zgarishini
aniqlaydi.
Aerozol zarralari ta`sirida kamera ionizatsiya toki J ning o`zgarishi quyidagi
munosabat bilan ifodalanadi:
J = J
0
e
-CNτr
,
(9.8)
bu erda
J
0
–kamerada aerozol zarralari bo`lmagandagi boshlang`ich tok kuchi:
9.12-rasm. Aerozol-ionizatsion gaz
analizatorining sxemasi
N–Brikard doimiysi bo`lib, uni gaz
ionlarining aerozol zarralarga o`tirish
ehtimoli
borligi
nuqtai
nazaridan
aniqlanadi: S – gazdagi aerozol
zarralarining konsentretsiyasi; τ–gaz
ionlarining kamera ichida yashash vaqti
bo`lib, uni ionizatsiya kamerasining
konstruktsiyasi va elektr maydonning
kuchlanishiga qarab aniqlanadi; r–
aerozol zarralarining o`rtacha radiusi.
9.12-rasmda aerozoli-ionizatsion gaz analizatorining printsipial sxemasi
ko`rsatilgan. Nurlanish manbai 1 va ionlar kollektori 3 joylashtirilgan ionizatsion
oqim kamerasi 2 ga gaz sarfi uyg`otgichi bilan analiz qilinayotgan havo so`rib
olinadi. Ayni bir vaqtda kameraga tegishli ximiyaviy reatentning bug`lari kiritiladi.
Kamera ichida ximiyaviy reaktsiya sodir bo`lib, buning natijasida aniqlanayotgan
komponent aerozolga aylanadi. Ionizatsiya toki karshiligi katta nagruzka rezistori R
da kuchlanish tushuvini vujudga keltiradi, bu kuchlanish o`zgarmas tok
kuchaytirgichi 4 da kuchaytiriladi; aerozol zarralarining konsentratsiyasiga ko`ra
o`zgaradigan
ionizatsiya
tokining
kuchi
aniqlanayotgan
komponent
konsentratsiyasining o`lchovi hisoblanadi. Ikkilamchi asbob 5 aniqlanayotgan
komponentning konsentratsiyasini ko`rsatadi.
Asbobdan havodagi zararli moddalarni, shu jumladan azot oksidlari, vodorod
xlorid, ammiak, aminlar va boshqalarni nazorat qilishda foydalanish mumkin.
Vazifasiga qarab gaz analizatorlari shkalasining yuqorigi chegarasi aniqlanayotgan
komponentning 0,5 dan 50 mg/m
3
miqdorida o`rnatiladi. Asosiy xatolik shkala
diapozonining 10-15% i atrofida.
Do'stlaringiz bilan baham: