Fotokolorimetrik gaz analizatorlari
Bu gaz analizatorlarida erigan moddaning konsentratsiyasi eritma yoki
lentaning intensiv bo`yalishiga qarab aniqlanadi. Suyuqlikli va lentali
fotokolorimetrik gaz analizator
lari gazlarning mikrokonsentratsiyasini aniqlash uchun ishlatiladi. Bu gazlar
(H
2
S, S0
2
, NH
3
Cl
2
, NO, NO
2
) maxsus tanlangan reaktivlar bilan rangli reaktsiyaga
kirishadi. Bu asboblarning fizikaviy asosi Buger-Lambert-Ber qonunidir. Bo`yalgan
komponentlar (yoki reaktsiyaga kirgan gaz massasi) ning konsentratsiyasi quyidagi
formula bo`yicha aniqlanadi:
),
/(
l
D
C
=
(9.7)
bu erda D
λ
- optik zichlik; ε
λ
-yutilish koeffitsienti; l
λ
- kyuvetning uzunligi.
Fotokolorimetrik analiz qilish usuli yuqori sezgirlikka va tanlovchanlikka ega.
Bu usulning sezgirligining yuqoriligi analiz qilinadigan komponentni eritmada yoki
indikator lentasida yig`ish imkoniyati borligi bilan belgilanadi. Usulning
tanlovchanligi yuqoriligiga analiz qilinayotgan komponent bilan reaktiv-indikator
o`rtasidagi reaktsiya sabab bo`ladi.
9.10-rasmda eritma yoki gaz
davriy ravishda uzatiladigan FKG
tipidagi
fotokolorimetrik
gaz
analizatorining sxemasi ko`rsatilgan.
Asbobda ikki optik kanal: ish va
taqqoslash kanallari bo`lib, ularning
ichida ish kyuveti 4 va taqqoslash
kyuveti 12 joylashtirilgan.
Absorbtsiyalovchi eritma bak 15 dan
nasos yordamida taqqoslash kyuveti ab
bo`lgan
eritmani
bakka
chiqarib
yuboradi,
bu
erda
eritma
regeneratsiyalanadiorqali dozator 6 ga
haydaladi.
9.10-rasm. Fotokalorimetrik gaz
analizatorining sxemasi
Dozatorda to`kish naychasi 7 bor bo`lib, u orqali ortiqcha eritma bakka qaytib
quyiladi. Komanda beruvchi rele belgilaydigan teng vaqt oraliqlarida elektromagnit
klapan 3 ishga tushadi, u kyuvet 4 dagi ishl.
Kyuvetlar bo`shatilganidan keyin 5 va 8 klapanlar ishga tushib, dozator ular
yordamida eritma beruvchi trubadan uziladi va ayni bir vaqtda kyuvet 4 bilan
birlashib, unga eritmaning o`lchangan hajmini quyadi. Klapanlar 5 va 8 dozatorni
yangi eritma bilan to`ldirish uchun dastlabki vaziyatlariga qaytadi. Kyuvet 4 da
eritmaning yangi berilgan portsiyasi orqali tekshirilayotgan gaz chiqib ketganidan
keyin rangli reaktsiya sodir bo`ladi. Ma`lum vaqt tutib turilganidan keyin komanda
relesi klapan 3 ni ochadi va navbatdagi tsikl boshlanadi. Har ikkala kyuvet orqali
yoritish lampasi 2 dan linza 1 orqali yorug`lik oqimi o`tadi. Kyuvetlarning orqasida
fotoelementlar 9 va 14 joylashgan bo`lib, ular kyuvetlardagi eritmalardan o`tgan
yorug`lik oqimlarini qabul qiladi. Fotoelementlar elektron kuchaytirgich 10 ning
chiqishiga differentsial tarzda ulangan bo`lib, u ikki fotoelementning signallari
farqini kuchaytiradi. Kuchaytirilgan signal reversiv dvigatel 11 ning boshqaruvchi
chulg`amiga keladi, dvigatel kompensatsiyalovchi optik pona 13 ni kyuvet 12 ning
optik kanalida har ikki fotoelement bir xildagi yoritilganlikka ega bo`lganiga qadar
kerakli yo`nalishda siljitadi. Optik nonaning surilish kattaligi va u bilan bog`liq
bo`lgan asbob ko`rsatkichining surilish kattaligi tekshirilayotgan gazdagi
aniqlanadigan komponent konsentratsiyasining o`lchovi bo`ladi.
Ishlab chiqarish xonalari havosidagi xlor asarlarini (qoldiqlarini) o`lchash
diapozonidan ± 20% xatolik bilan aniqlashga imkon beradigan gaz analizatorlaridan
sanoat FKG- ZM tipidagi foto kolorimetrik analizatorlarni chiqaradi.
Vatanimiz asbobsozlik sanoati FSL tipidagi fotokolorimetrik gaz
analizatorlarini chiqaradi. Uning ishlashi ximiyaviy reaktsiya natijasida hosil
bo`lgan lentadagi dog`dan qaytgan yorug`lik oqimini etalon yorug`lik oqimi bilan
taqqoslashga asoslangan.
FSL tipidagi lentali gaz analizatorlarining boshqa modifikacnyalari ishlab
chiqarish xonalari va texnologik liniya havosidagi fosgen, vodorod sulfid, tsianid
kislotani aniqlash uchun chiqariladi. Ishlab chiqarish xonalarining havosidagi
ammiak miqdorini 0–3 • 10
-3
va 0–3 • 10
-2
% chegarasida aniqlash uchun FSLI. 107
tipidagi fotokolorimetrik gaz analizatorlari chiqariladi.
Lentali fotokolorimetrik gaz analizatorlari uchun ish eritmasi sarfining juda
kamligi va u bilan bog`liq bo`lgan yuqori sezgirlikka erishish osonligi xarakterlidir,
chunki gazlarning reaktsiyaga kiruvchi mikdori bilan eritma miqdorining nisbati
juda katta bo`lishi mumkin. Biroq lentaning sirti bir jinsli bo`lmaganligi va boshqa
bir kancha faktorlar tufayli lentali fotokolorimetrik gaz analizatorlarining xatoligi
suyuqlikli fotokolorimetrik gaz analizatorlarining xatoligidan yuqoridir.
Do'stlaringiz bilan baham: |