Termoximiyaviy gaz analizatorlari
Bu gaz analizatorlarining ishlashi kislorodning boshqa gazlar bilan
katalizatorlar ishtirokida o`tadigan reaktsiyasining issiqlik effektini o`lchashga
asoslangan. Bu asboblarning ikki gruppasi keng tarqalgan.
Bu asboblarning birinchi gruppasida yonish katalitik aktiv bo`lgan platina
tolada sodir bo`ladi, bu tola ayni bir vaqtda sezgir element - o`lchash ko`prigining
yelkasi hisoblanadi. Bu gruppadagi asboblarda analiz qilish aniqlanadigan kompo-
nent yonganida temperaturaning ortishini o`lchashga asoslangan.
Ikkinchi gruppa asboblarda oksidlanish reaktsiyasi katalizator qatlamida sodir
bo`ladi, reaktsiyaning issiqlik effekti esa qarshilik termometri yoki shu katalizatorda
joylashtirilgan termobatareya bilan o`lchanadi.
9.9-rasm. Termokimyoviy gaz
analizatorining o`lchash sxemasi
Birinchi gruppa termoximiyaviy gaz
analizatorlarining printsipial sxemasi
9.9-rasmda
keltirilgan.
Gaz
analizatorining
o`lchash
sxemasi
o`zgarmas yoki o`zgaruvchan tokda
ishlaydigan
muvozanatlashmagan
ko`prikdan iborat. Ish yachaykasi deb
yuritiladigan oqim o`lchash yacheykasi
ko`prikning bitta yelkasi ni hosil qiladi.
Ko`prikning R
2
yelkasini hosil qiladigan
taqqoslash yacheykasi o`z parametrlari
va
konstruktsiyasi
jihatidan
ish
yacheykasiga ekvivalent bo`lib, havo
to`ldirilgan bo`ladi.
Ko`prikning R
3
, R
4
yelkalari o`zgarmas qarshiliklar bo`lib, ular manganindan
tayyorlangan. Ko`prikli sxemaning noli reostat R
5
bilan qo`yiladi. Analiz
qilinayotgan komponentning yonishida temperaturaning ortishi bilan platina tolasi
elektr qarshiligining o`zgarishi o`lchash ko`prigi muvozanatining buzilishiga olib
keladi. Muvozanat buzilgandagi tok kuchi gaz aralashmasidagi komponent
miqdoriga proportsional bo`ladi. O`lchash asbobi analiz - nazorat pereklyuchateli
yordamida sxemaga kiritilgan maxsus o`zgarmas rezistorga ulanadi va asbobning
strelkasi reostat bilan talab etilgan reper nuqtaga qo`yiladi. Millivoltmetrning
shkalasida platina tolasini qizdiradigan, turli komponentlarni analiz qilish uchun
zarur bo`lgan tok kuchini qo`yadigan uchta reper nuqta bor.
Bu tipdagi asboblar asosan havodagi yonuvchi (metan, benzin bug`lari va h.)
gazlarning portlash xavfini yuzaga keltiradigan konsentratsiyasining indikatorlari va
analizatorlari sifatida ishlatiladi. Ular ko`pincha ko`chma (ko`tarib yuradigan) tipda
chiqariladi. O`lchash xatoligi taxminan ±10%.
Sanoat binolari xonalari havosining yonuvchi gazlar bilan ifloslanishini
avtomatik nazorat qilish uchun yonuvchi gazlarga mo`ljallangan SGS tipidagi,
metanga mo`ljallangan CMC tipidagi, benzinga mo`ljallangan GPB tipidagi va
boshqa signalizatorlar chiqariladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |