Lentali konveyerlar uzluksiz oqim bilan gorizontal yoki qiyalik (10...25° burchak ostida) bo‘ylab, sochiluvchan (qum, grunt, sement), bo‘lakli (chaqiq tosh, shag‘al va boshkqalar) va donali (g‘isht, blok, plitka va boshqalar) ashyolarni hamda qorishma va beton aralashmasini uzatish uchun xizmat qiladi (4.15-rasm). Lentali konveyerning tortuvchi va yuk olib yuruvchi jihozi sifatida rezinalangan cheksiz lenta, yurituvchi va taranglovchi ikkita chegara barabanlar xizmat qiladi.
4.15-rasm. Lentali qo‘zg‘aluvchan konveyer.
Konveyerlarning hisobiy uzunligi, barabanlarning markazlaridan ulchab aniqlanadi. Qurilish konveyerlari quzg‘aluvchan (5...15 m) va o‘rnida turib ishlaydigan (40...80 m) bo‘ladi. Lentalarning eni, quzg‘aluvchan konveyerlarda 0,4...0,5 m, urnida turib ishlaydiganlarnda esa 0,5 metrni tashkil etadi. Leitaning asosini ip gazlama yoki kapron tuqima tashkil etadi, ular o‘zaro bog‘langan 3...6 lentalar qatlamidan iborat bo‘lib, ustidan vulkanizatsion rezina bilan qoplangan bo‘ladi. Lentalarni montaj qilishda ularning uchlari po‘lat sharnirlar yordamida xom tasmachalar yoki yelim bilan mahkamlanib, ustidan vulkanizatsiyalab kuyiladi. Lenta asosan o‘zi va yurituvchi baraban o‘rtasida hosil bo‘ladigan ishqalanish kuchi hisobiga ishlaydi.
Lentali konveyerning sochiluvchan material bilan ishlagandagi ish unumdorligi (m3/soat):
bu yerda, —lentadagi material ko‘ndalang kesimining yuzi, m2 (o‘rtacha qiyalikdagi silliq lentali konveyer uchun ; uch tasmali tayanchda ishlaydigan lenta uchun ; − lentaning eni, m; − lentaning harakat tezligi, m/s.
Konveyerning donali material bilan ishlagandagi ish unumdorligi (t/soat):
bu yerda, − donali materialning massasi, kg; − donali yuklar markazlari orasidagi, masofa, m.
Cho‘michli konveyerlar (4.16 − rasm, a . . . в ) , vertikal yoki tik qiya (60° dan ortiq) yo‘nalishda 50 m balandlikkacha sochiluvchan (sement, qum, grunt ) va bo‘lakli (shag‘al, chaqiq tosh, shlak) qurilish materiallarini bir yoki ikkita zanjirning rezinalangan cheksiz lentasi ya’ni, egiluvchan tortish ish jihoziga bikir qilib mahkamlangan cho‘michlarning kontur bo‘yicha harakatlanishi yordamida uzluksiz oqim bilan uzatib beradi.
4.16-rasm. Cho‘michli konveyer (elevator).
Cho‘michli konveyerlarda turli shakllardagi cho‘michlar: chuqur − quruq va yengil sochiluvchan materiallar uchun, sayoz − nam va yomon sochiluvchan materiallar uchun, qoplamali − bo‘lakli materiallar uchun cho‘michlar qo‘llanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |