8.12.-rasm. Yuqori momentli elektrodvigatelli uzatish yuritmasining strukturaviy sxemasi: 1-tezlik TAQ bo'yicha; 2-sovutish elektrodvigateli; 3—YuMED;4~elektromexanik tormoz; 5—TAQ vaziyati bo‘yicha.
RDB dastgoh uzatish yuritmasida, dvigateldan aylanma harakatni J yurish vintiga uzatuvchi, tirqishsiz reduktorlar ishlatiladi. Reduktorda j (5.14- a rasm) 1 o‘tqazish teshigi ekssentrik bajarilgan. Flanes 2 burilganda 3 korpusda 4 va 5 tishli g‘ildiraklar markaz oraliq masofalari o‘zgaradi va ular orasidagi oraliq rostlanadi. Reduktorda tirqish (5.14- b rasm) og‘ma tishlari qarama-qarshi burchakli 1 va 2 qiyshiq tishli g‘ildiraklarning o‘q bo‘ylab (3 prujina yordamida) siljitish orqali tanlanadi. Prujina gidravlik yoki pnevmatik qurilmalar yordamida almashtiriladi. Vint-gayka uzatmasi va chervyakli-reykali uzatmalar RDB dastgohlarida keng ishlatiladi. Ular uzatish yuritmasining ijro mexanizmlari hisoblanadi.
8.13-rasm. Tirqishsiz reduktor V int-gayka uzatma o‘q bo‘ylab Yuqori bikrlikka ega; foydali ish koeffitsiyenti Yuqori (0,9—0,95); uzatishning Yuqori sezgirlikda bo‘lishi va ijro organlarining hatto kichik tezliklarda ham ravon siljishini ta’minlay oladi.
8.14-rasm. Vint gayka uzatmasi Uzatma (8.14- rasm) 1 vint, 3 va 5 gayka, 4 shariklardan iborat. 6 shariklarni qaytish kanali, dastlabki va oxirgi gayka uzatmalarini biriktiruvchi trubka ko‘rinishida yoki vkladish (ichqo‘yma) holida tayyorlanishi mumkin. Oxirgilar gayka darchasiga bir-biriga nisbatan 120° burchak ostida qo‘yiladi, ulardagi kanallar ikkita qo‘shni rezba o'ramlarini birlashtiradi
Shariklar bir rezba chuqurligidan qo‘shni chuqurlikka vint rezbasining chiqig‘i orqali dumalab tushadi. Uzatmada taranglikni hosil qilish va tirqishni yo‘qotish turli usullar yordamida amalga oshiriladi. Yarim aylanali profilli rezbada taranglik, ularning o'qqa nisbatan vaziyati o‘zgarmas bo‘ladigan holda, 3 gaykani 5 gaykaga nisbatan burash orqali rostlanadi. Bu gaykalar, bir birlikka tishlarining soni farqli bo‘lgan, tashqi tishli gardishga ega. 2 korpusda ichki ilashish gardishlari bajarilgan. Suyuq ishqalanish sharoitida ishlaydigan, vint-gayka gidrostatikuzatmasi (8.15- rasm), yeyilish, tirqishlarning yo‘qligi, Yuqori aniqlik va foydali ish koeffitsiyenti bila1n tavsiflanadi. Ammo vint-gayka tebranish uzatmasiga nisbatan bu uzatmaning bikrligi va yuk ko‘tarish xususiyati biroz past. Bunga sabab moy qatlamining mavjudligi hisoblanadi. Bu uzatma 10 vint va 6 gaykadan iborat bo‘ladi.
8.15-rasm. Vint gayka gidrostatik uzatmasi Moy 1- nasosdan 3 filtr, (qo'yish gidro- klapanlarini sozlash bilan aniqlanuvchi) va 5 doimiy bosim drossellari, 8 va 10 teshik orqali 9 va 11 cho‘ntaklarga tushadi. Moy tirqishlar orqali rezba va 7 teshiklarga qo'yiladi. 11va 9 cho'ntaklardagi bosimlaming farqi o‘q bo‘ylab yuklamani moy qatlamlari orqali qabul qilinishini ta’minlaydi. Vint-gayka uzatmasi, ijro organlarining siljishi 3 m gacha bo‘lgan hollarda, uzatish yuritmalarida ishlatiladi. Katta miqdordagi siljishlarda tirqishlarni avtomatik tarzda tanlovchi tishli-reykali uzatmalar, shuningdek, siljish ravonligi va katta bikrlikni ta’minlovchi chervyakli reykali uzatmalar qo‘llaniladi.