Uzatish yuritmalari tuzilishiga ko‘ra yoyiq (5.8- a, b rasm) va berk (5.8- d rasm) ko‘rinishda bo‘ladi. Uzatish yuritmasi dvigatel, reduktor, vint-gayka kuch uzatmasi, teskari aloqa datchigi va boshqalardan tashkil topadi. Uzatish dvigatellari sifatida: aylanma va ilgarilanma-qaytma harakatning odimlovchi elektrodvigatellari; kuch odimlovchi elektrodvigatellari, o'zgarmas magnit va tristorli boshqaruvli Yuqori momentli doimiy tok elektrodvigatellari ishlatiladi. Dastgohlarning yoyiq RDB tizimli uzatish mexanizmlarida qo‘Uaniladigan, aylanma harakat odimlovchi elektrodvigatelining konstruktiv va strukturaviy sxemalari 5.9- rasmda keltirilgan. Elektrogidravlik odimlovchi dvigatellarda odimlovchi elektr dvigatellar ishlatiladi (8-9- rasm)
8.9-rasm. Qadamli elektrodivigatelning konsturuksiyasi va ishlash tamoyili
Statorda uch fazali chulg'amga ega uch juft 3 qutblar joylashgan (If, Ilf, IHf). Chulg'amlarning biriga (masalan, If ga) quwat berilsa, mos qutblar o‘rtasida magnit maydoni hosil bo‘ladi. Rotorning 02-02qutb o‘qlari statoming 0, - 0, qutb o‘qlariga mos tushmagan hollarda, rotorga tangensial kuchlar Ft ta’sir eta boshlaydi. Bu kuchlar 01 - 01 qutb o‘qlari mos tushmagunga qadar rotomi buradi. Agar If chulg‘amdan quwat uzilsa va tok Ilf chulg‘amga berilsa, 2 rotor shtrix- punktir chiziqlar yordamida ko‘rsatilgan vaziyatga buriladi.
Shunday qilib, If, Ilf va IHf chulg‘amlarga kuchlanishni ketma- ket berilishida rotor soat strelkasi bo‘ylab aylanadi. Agar kuchlanish teskari tartibda uzatiladigan bo‘lsa, rotor soat strelkasiga qarama-qarshi aylanadi. Elektrogidravlik odimlovchi dvigatel tarkibiga (uning sxemasi 5.11-rasmda keltirilgan) momentni gidrokuchaytirgichi kiradi. U og‘ma diskli aksial-porshenli gidromotor (GM), drossellovchi gidrotaq- simlagich (DGT) va mexanik teskari aloqadan iborat. Turtkich ostiga suyuqlikning uzatilishi va ulami og‘ma disk bilan o‘zaro ta’sirlashuvi tangensial kuchlarni yuzaga kelishiga sabab bo‘ladi, bu esa valda burovchi momentni hosil qiladi. Ilgarilanma elektrogidravlik odimlovchi dvigatelning ishlash tamoyili Yuqorida ko'rilganlarga o'xshaydi (5.12- rasm). Bu dvigatellar RDB yoyiq tizimlarida qo'llaniladi. Ularning afzalliklari quyidagilar: kuch uzatmasi «vint- gayka» ning yo'qligi; dastgoh ijro organini siljishiga qaratilgan har qanday harakatni ta’minlay olish. Y uqori momentli elektrodvigatellar (YuMED) — nisbatan sekin yuruvchi o‘zgarmas doimiy tok dvigatellari hisoblanadi. Bu dvigatellar RDB berk tizimlarida ishlatiladi. YuMED li uzatish yuritmasining strukturaviy sxemasi 8.10- rasmda keltirilgan.
Yuqori momentli elektrodvigatellar (YuMED) — nisbatan sekin yuruvchi o‘zgarmas doimiy tok dvigatellari hisoblanadi. Bu dvigatellar RDB berk tizimlarida ishlatiladi. YuMED li uzatish yuritmasining strukturaviy sxemasi 5.13- rasmda keltirilgan.