RDB dastgohlarining uzatish yuritmalari, tirqishlami avtomatik tarzda tanlovchi tishli-reykali, tishli-chervyakli va sharikli-vintli uzatmalarga ega.
Bazaviydetallarivayo‘naltiruvchilari
RDB dastgohining bazaviy detallariga qo‘yiladigan asosiy talablar ularga montaj qilingan, ijro organlarining uzoq muddat davomida o‘zaro to‘g‘ri joylashuvi va siljishini ta’minlash. Dastgohning bazaviy qismi bo‘lib stanina hisoblanadi. Unga uzel, mexanizm va detallar montaj qilinadi. Staninalar gorizontal, vertikal va og'ma bo‘ladi. Ularning mustahkamligini ta’minlash maqsadida staninalar qutisimon shaklda tayyorlanadi. Cho‘yandan quyma usulda, poiatdan esa payvandlash orqali tayyorlanadi. Payvandlangan konstruksiyalar qo‘yilgan konstruksiya- lardan yengil, ammo vibrobikrligi va qattiqligi ancha past. RDB dastgohi bazaviy detallaming yo‘naltiruvchilari:
dastgoh ijro organlarining berilgan harakatini ta’minlaydi;
kesish kuchlarini qabul qiladi;
Yuqori darajadagi yemirilishga chidamliligi va ishqalanish kuchining kichikligi bilan tavsiflanadi.
Harakat turiga qarab, ular: to‘g‘ri va aylanma harakat yo‘naltiruv- chilariga bo‘linadi. Ishqalanishning turiga qarab, gidrostatik, aerostatik, sirpanish, tebranish va aralash (sirpanish va tebranish) yo‘naltiruvchilari mavjud. To‘g‘ri chiziqli harakat yo'naltiruvchilari, bular odatda, prizmatik, to‘g‘ri burchakli yoki silindrik shaklning tayanchlari bo‘ladi. Yo'naltiruvchilar kuch bilan tutashadigan (5.1 -a rasm) va kuchsiz (5.1- b rasm) tutashadigan turlarga bo‘linadi. Kichik miqdordagi siljish tezliklarida qamrab olinuvchi yo‘naltiruvchilar (5.1- a, b, d, h, i, j rasmlar) qo‘llaniladi. Bu yo‘naltiruvchilar tayyorlanishi osonligi bilan ajralib turadi. Ularda qirindi to'xtab qolmaydi, ammo ular moylovchi materiallami o‘zida ushlab turmaydi. Siljishning Yuqori tezliklarida qamrab oluvchi yo‘naltiruvchilar (5.1 -e,f g rasm) qo‘llaniladi. Ular moylovchi moddalami yaxshi ushlaydi, ammo ulami chang, qirindi va iflosliklardan himoya qilish talab etiladi. Qamrab olingan detal ham, qamrab oluvchi detal ham siljishi mumkin. Tekis to‘g‘ri burchakli yo‘naltiruvchilar (5A-d rasm) eng oddiy shaklga ega. Ijro organi 3 staninaning yo‘naltiruvchisi sirtlari 1 va 2 bo'ylab siljiydi. Vertikal yo‘nalishda ijro organining siljishini 5 va 7 plankalar chegaralab qo‘yadi. Klin 4 gorizontal tekislikdagi tirqishni boshqarish uchun qo‘llaniladi. Tekis yo‘naltiruvchilar agregat, og‘ir tokarlik va bo‘ylama frezalash dastgohlarida hamda konsol ustunlarda qo'llaniladi. Dastgohlarda bir necha yo‘naltiruvchilar (aralash usulda) qo'llaniladi (5.1- b, d rasmlar). Ularda bittasi tekis, ikkinchisi prizmatik yasalgan bo'ladi. Qavariq yo‘naltiruvchilar (5.1- e, ƒ rasmlar) ishlatish jarayonida tirqishlarining yo‘qligi bilan tavsiflanadi. U bo‘ylama randalash va jilvirlash dastgohlarining stollarini siljitish uchun qo‘llaniladi.
8.2. rasm. Yo`naltiruvchilarning turlari
«Qaldirg‘ochning dumi» turidagi yo‘naltiruvchiIar (5.1- e rasm) o‘zining kompaktligi 1 klin yordamida boshqarishning soddaligi bilan farq qiladi. Ular support karetkasi, stollar va boshqa ijro organlarini siljitish uchun qo`llaniladi. Aylanish yo‘naltiruvchilar (5.1- i rasm)parmalash va frezali dastgoh shpindel gilzalarining vertikal siljishlari uchun qo‘llaniladi. Shuningdek, ulardan tokarli avtomatlar supportlarining siljishi uchun ham foydalanadi. Aylanali yo'naltiruvchilar avtooperatorlar va sanoat robotlari konstruksiyalarida ham ishlatiladi. Ko‘p qirrali yopiq yo‘naltiruvchilar (5.1- h, j rasm) kichikroq yurish uzunligida, uncha katta bo‘lmagan ko‘ndalang kesimga ega bolgan polzunlaming siljishi uchun qo‘llaniladi. RDB dastgohlarining ko‘pchiligida tebranish, aralash (tebranish- sirpanish) va gidrostatik yo‘naltiruvchilar qo‘llaniladi. Gidrostatik yo‘naltiruvchilar og‘ir dastgohlarda uchraydi. Tebranish yo‘naltiruvchilari uzoq muddatga chidamliligi va uncha katta bo‘lmagan ishqalanish bilan tavsiflanadi. Bu holda, ishqalanish koeffitsiyenti ijro organi siljish tezligiga bog‘liq emas. Tebranish yo‘naltiruvchilari 5.2- rasmda keltirilgan