ABBYY Lingvo X5 Tutor dasturi ABBYY Lingvo Tutor dasturi ingliz tilini о‘rganishda sо‘z boyligini oshirishning qulay instrumenti bо‘lib xizmat qiladi. Dastur sо‘zlarni tarjimasini о‘rganishni qulay sxemasi yaratadi. Foydalanuvchining о‘zi mustaqil ravishda о‘rganmoqchi bо‘lgan sо‘zlarni lug‘atlardan tanlash imkoniyati mavjud.
ABBYY Lingvo Tutor dasturining afzalliklari quyidagilardan iborat:
Mustaqil ravishda ixtiyoriy tilda о‘quv lug‘atlari tashkil etishi mumkin;
О‘quv lug‘atlariga ABBYY Lingvo dasturi lug‘atlaridan sо‘zlar qо‘shishi mumkin;
О‘rganish jarayonini foydalanuvchi о‘ziga mos qilib sozlab olishi mumkin.
О‘rganish uchun bir necha mashqlarni bajarish;
Talafuz qilishni о‘rganish mumkin.
ABBYY Lingvo Tutor dasturini ishga tushirish uchun “Пуск\Все программы\ABBYY Lingvo\ ABBYY Lingvo Tutor” buyruqlar ketma-ketligi bajariladi. ABBYY Lingvo Tutor dasturini ABBYY Lingvo X5 dasturidan ishga tushirish uchun “Сервис” menyusidan “Открыть ABBYY Lingvo Tutor…” buyrug‘i beriladi.
ABBYY Lingvo Tutor dasturini ishga tushirilganda ekranda uning lug‘at oynasi ochiladi.
Lugat oynasi quyidagi elementlardan tashkil topgan:
Sarlavhalar satri – bu satrda dastur nomi va oynani boshqaruvchi tugmalar joylashgan
Menyular satri – bu satrda elektron lug‘at dasturining barcha buyruqlari “Урок”, “Словарь”, “ Инструменты” va ”Справка” menyulariga joylangan.
Tilni tanlash paneli – bu panel yordamida qaysi tilni о‘rganish tanlanadi.
Lug‘atlar rо‘yxati oynasi – bu oynada о‘rganiladigan lug‘atlar rо‘yxati keltiriladi.
Lug‘at oynasining instrumentlar paneli – bu panelda:
“Видеоуроки” – mavjud video darslarni kо‘rish;
“Начать урок” – darsni boshlash. Bunda avval lug‘at tanlab olinadi;
“Расписание” –dars jadvali tuzish;
“On line” – Internet orqali о‘rganish;
“Статистика” – о‘rgangan darslar bо‘yicha statistik ma’lumot olish;
Dasturda sо‘zlarni yod olishni boshlash uchun quyidagi ishlarni bajarish kerak:
Dasturni sozlab olish kerak. Buning uchun “Инструменты” menyusining “Настройки программы” bandiga kiriladi. Unda quyidagicha muloqot oyna ochiladi. Bu yerdan kerakli sozlash ishlari bajariladi.
“Настройки программы” muloqot oynasi
Dasturning lug‘at oynasidan kerakli lug‘atni tanlash kerak va “Начать урок” yoki “Видеоуроки” tugmalaridan birini bosish kerak. Bunda “Начать урок” tugmasi bosilsa foydalanuvchiga yuqoridagi sozlash ishlariga bog‘liq holda 5 xilgacha sо‘zni yodlashga qaratilgan mashqalar beriladi:
“Знакомство” mashqi – bu mashqda Tutor tanlangan lug‘atdagi sо‘zlar bilan tanishtiradi. Sо‘zlar soni 1-banda dasturni sozlashda beriladi. Dasturning о‘zini sozlovi bо‘yicha 10tadan sо‘z olinadi. Bu 10 sozni yodlab bо‘lingandan keyin, keying 10 ta sо‘z о‘rganiladi.
“Мозаика” mashqi – bu mashqda sо‘zlar va ularning tarjimalari aralash ketma-ketlikda jadval kо‘rinishida beriladi. О‘quvchi avval sо‘zni belgilaydi, sо‘ng unga mos tarjima javobni belgilaydi. Tо‘g‘ri topilgan sо‘zlar jadvaldan о‘chib ketadi. Shu tariqa barcha sо‘zlarni tarjimasini topish kerak;
“Варианты” mashqi – bu mashqda bitta sо‘z va bir nechata tarjima sо‘zlar beriladi. Tarjima sо‘zlar ichidan berilgan sо‘zni tarjimasini topish kerak.
“Написание слова” mashqi –bu mashqda sо‘z beriladi, foydalanuvchi uning tarjimasini yozishi kerak. Bu yerda “Подсказать” tugmasi tarjima sо‘zni eslashga yordam beradi.
“Самопроверка” mashqi – bu mashqda sо‘z beriladi. Foydalanuvchi bu so‘zni tarjimasini aytishi kerak, va uni tо‘g‘riligini tekshirib ko‘rishi mumkin.
Barcha mashqlar tamom bо‘lganidan keyin, darsni yakunlab natijalarni ekranga chiqaradi. Quyidagi rasmga qarang.
ABBYY Lingvo Tutor dasturining asosiy afzalliklaridan foydalanuvchi о‘zi lug‘at tuzishi va shu lug‘at bо‘yicha yuqoridagi mashqlarni bajarishi mumkin. Lug‘at yaratish uchun dasturning lug‘at oynasining “Словарь” menyusining “Создать словарь” buyrug‘i beriladi. Bunda quyidagi “Новый словарь” muloqot oyna paydo bо‘ladi.
Bu yerda:
“Изучаемый язык” maydoniga qaysi tilni о‘rganilayotgan bо‘lsa shu yoziladi;
“Язык перевода” майдонига о‘zini tili yozilladi (о‘zbek tili yо‘q). shuning uchun rus tilini yozsa bо‘ladi;
“Имя словаря” майдонига lug‘at nomi yoziladi va “Ok” tugmasi bosiladi. Bunda quyidagi kо‘rinishdagi biz yaratgan hali bо‘sh bо‘lgan lug‘at sо‘zlarini kiritish muloqot oynasi ochiladi.
Rasmda foydalanuvchi yaratgan lig‘at oynasi keltirilgan
Bu bо‘sh lug‘atga sо‘z kiritish uchun kо‘rinishli “Добавить корточку” nomli tugma bosiladi. Buning natijasida lug‘atga sо‘z kiritish muloqot oynasi ochiladi. Quyidagi rasmga qarang.
Bu yerdagi:
“Слово (словосочитание):” maydoniga ingliz tili о‘rganilayotgan bо‘lsa inglizcha sо‘z yoki s’z birikmasi yoziladi;
“Перевод” maydoniga sо‘zning tarjimasi yoziladi;
“Транскрипция” maydoniga sо‘zning qanday о‘qilish transkripsiyasi yoziladi;
“Пример” майдонига lug‘atga kiritilayotga sо‘zga bir misol yozish mumkin;
“Учить” maydoni hozircha о‘zgartirilmaydi. Bu yerdagi sо‘z yod olingandan keyin uni “Выучено” deb о‘zgartirib qо‘yish kerak.
Bu ishlarning barchasi qilib bо‘linganda keyin “Сохранить” tugmasini bosib sо‘zni lug‘atga saqlab qо‘yiladi.
Tarjimon dasturlar – bu ma’lum bir muloqot tilida yozilgan matnni boshqa bir muloqot tiliga tarjima qilib beruvchi dasturlardir. Hozirgi kunda tarjimon dasturlarning imkoniyatlari kengayib, avtomatlashgan va avtomatlashtirilgan tarjima tizimlar tarkibiga kirdi.
Avtomatlashgan tarjima tizimlari mashinali tarjimani asosini tashkil etadi. Mashinali tarjima – bu bir muloqot tilidagi ma’lumotni (matnli, ovozli) kompyuter texnologiyalari yordamida boshqa bir muloqot tiliga tо‘liq yoki qisman tarjima qilib beruvchi jarayondir.
Avtomatlashtirilgan tarjima tizimlari (Computer-Aided Translation) – bu ma’lum bir muloqot tiladagi matnni kompyuter texnologiyalari yordamida tarjima qilish tizimidir. Ularni mashinali tarjima tizimlaridan farqi bunda tarjima qilish jarayoni inson tomonidan boshqariladi, kompyuter insonga matnni sifatli tarjima qilishida yordam beradi xolos.
“Tarjimon dasturlar nima uchun kerak?“ – degan savolga shunday javob berish mumkin:
Matnni umumiy mazmunini tezda tushunib olish uchun;
Internetda kо‘p tilli ma’lumotlarni tezda tahlil qilib olish uchun;
Katta hajmdagi bir mavzuga oid matnlarni tez tarjima qilish uchun;
Chet ellik mijozlar bilan tezda aloqa qilish uchun;
Katta hajmli matndan kerakli ma’lumotni uning lingvistik xarakteristikasiga tayanib ajratib olish, masalan matnda nechta marta kishilarning nomlari uchraydi va ular bilan qanday harakatlar bog‘langanligini aniqlash uchun;
Shular kabi yana bir qancha holatlarda tarjimon dasturlar kerak bо‘ladi.
Hozirda juda kо‘p zamonaviy mashinali tarjima tizimlari mavjud. Masalan:
PROMT http://www.e-promt.ru/
Pragma http://www.trident.com.ua/
TRADOS http://www.trados.com/
DEJA VU http://www.atril.com/
Mashinali tarjima tizimlarining asosiy ishlash prinsipi quyidagicha: Tarjima qilish jarayoni ikkita ketma-ket bajariladigan amaldan tashkil topadi: 1) tarjima qilinadigan matn tahlil qilinadi, ya’ni matnning ma’nosi aniqlanadi; 2) sintez qilinadi, ya’ni chiquvchi tilda berilgan ma’noga mos sо‘zlar ketme-ketligi tuziladi.
Mashinali tarjimada eng asosiy kо‘rsatkich tarjimaning sifati hisoblanadi. Bundan tashqari foydalanuvchilar uchun qulay interfeysda bо‘lishi, boshqa hujjatlarni qayta ishlovchi dasturlar bilan integratsiyalanib ketishi, “tema” tanlash mumkin bо‘lishi va qо‘shimcha lug‘at qо‘shish mumkin bо‘lish ham uning sifat kо‘rsatkichlari hisoblanadi.
Internetning tashkil etilishi bilan mashinali tarjima tizimlarida Web interfeyslar qо‘shildi. Ular yordamida internet saytlarda, elektron pochtalarda va boshqa Internet tizmi elementlarida “online” tarjima qilish imkoni yaratildi.