84
atvorining vujudga kelishida muhim ahamiyatga ega. Lekin madaniyat tub ma`noda, irqiy va milliy
madaniyat bilan birlashgan tarzda uchraydi. Faraz qilaylik, yoshlarning individualligi, faolligi,
erkinligi va yuqori martabaga bo„lgan intilishi, yalpi madaniy jihatga ega bo„lsa, milliy va irqiy
taaluqlilik, tarixiy ko„nikma, barcha millat yoshlarida uzgacha xususiyatlarga ega.
12.3-chizma
Madaniy jihatdan xaridorning amaldagi ijtimoiy mavqei o„rni ham muhim ahamiyatga ega.
Ijtimoiy mavqe yoki o„rin-xaridorning jamiyat miqyosida tegishli kasb, mashg‟ullik va qiziqishlari,
atvorlarga ko„ra tartibli tarzda shakllangan guruhlarga bo„linishidir. Ushbu ijtimoiy guruhlarga
ajratishda madaniy saviya, kasb, daromadlar miqdori, odatlar, qadriyatlar asosiy farqlanish belgisi
bo„lib hisoblanadi. Masalan, AQSHda ijtimoiy guruhlarni 6sinfga bo„lib o„rganish, sotsiologlar
tomonidan 1978 yili asoslab berilgan.
Oliy, o„rta va past sinflar o„z navbatida yana yuqori va quyi sinfga bo„lingan. Shulardan,
yuqori oliy sinf vakillari va ularning xaridorlik atvorini ko„rib o„taylik. Ushbu sinf aholining 1
foizdan kam qismini tashkil etib jamiyatning nufuzli (elita) vakillari bo„lib, mashhur va
badavlat oila a`zolaridan tarkib topadi. Ular asosan boyliklarini hayriya qilishni yoqtiradilar,
bir necha uylarga egalik qiladilar, farzandlarini xususiy maktablarda o„qitadilar, o„z
boyliklarini esa ochiq ko„rsatishga va maqtanishga odatlanmaganlar.
Boshqa sinf vakillari uchun ular referent guruh, boshqacha qilib aytganda, o„rnak
hisoblanadilar. Ushbu guruh vakillari qimmatbaho taqinchoqlar,
antikvar buyumlar, hashamatli
uylarga egalik qilib, oliy toifadagi dam olish va sayohat xizmatlaridan foydalanadilar. Xaridorlik
atvorlari va kiyinishlari konservativ tarzda ifodalanadi.
Quyi oliy sinf vakillariga esa erkin kasb sohiblari, ya`ni san`atkorlar, rassomlar, yirik
olimlar, yuqori malakali tibbiyot xodimlari va boshqalar kiradi. Ular yuqori oliy sinf vakillariga
nisbatan ko„proq harajat qiladilar va ularga taqlid qiladilar, chunki ularning amaldagi daromadlari
ham yuqori darajada bo„ladi.
Referent (nazorat) guruhlar – shaxsiy muloqotda bevosita va bilvosita insonning xaridga
bo„lgan munosabatining shakllanishida etakchilik qiluvchi guruhlar demakdir. Ularga do„stlar
doirasi, qushnilar, xamkasblar, faoliyat yuzasidan to„qnashgan nufuzli tanishlar kiradi. Oila esa,
aloxida o„rganishni va sinchkovlikni talab etadi.
Masalan, odatdagi turmushda yosh oila a`zolarining xarid vaqtidagi atvorlarini olaylik. Oila
rahbari odatda erkak, asosiy va turmush uchun zarur bo„lgan qimmat tovarlarni (mebel, televizor,
kir yuvish mashinasi, tuzatish mollari va shunga o„xshashlarni) tanlashda va xarid qilishda
Do'stlaringiz bilan baham: