86
Bevosita xarid jarayonida idrok etish xususiyatini ko„rib o„taylik. Idrok etish o„z navbatida,
xaridorningsh tashqi muhit xususidagi shaxsiy tasavvurini ifodalaydi va u tegishli tovar bo„yicha:
tasviriy idrok, tanlanma idrok va tasviriy xotirada o„rnashadi. Ushbu bosqichlar tovar to„grisida
umumiy mulohazani, muayyan shaklni, iste`mol qilishdagi tasavvurini shakllantiradi. Keyingi
psixologik jihatlar bo„lmish: o„zlashtirish, ishonch, o„zaro munosabatda yanada qat`iylashadi va
xaridning sodir etilishida etakchilik qiladi.
Idrok etish va o„zlashtirish jarayonida xaridorning qat`iyatlilik saloxiyati uchun zamin
yaratiladi. Xarid qilish jarayoni uzviy tarzda quyidagi bosqichlardan iborat:
qanday talabning qondirilishini belgilash;
tovar xususida axborot yig‟ish;
tovarlar turi bo„yicha variantlar baholash;
xarid qilish to„g‟risida kqaror qabul qilish;
xarid qilingan buyumga munosabat.
Xaridor o„zining qaysi turdagi talabini dastlab qondirishi borasidagi bir qarorga kelguncha,
u ko„p jihatlarni tahlil qiladi. Ushbu tovarniolish va u ayni shu vaqtda nechog‟lik zarurq Bu menga
qanday imkoniyatlar yaratadiq Ushbu xarid men uchun o„rinlimi va atrofdagilar unga qanday baho
berishlari mumkinq Ushbu tovar sotish bilan shug‟ullanayotgan marketing tadqiqotchisi uchun
quyidagisavollarga javob topish zarur. qanday turdagi ehtiyojlar va muammolar xaridorga ta`sir
o„tkazadiq Ushbu muammolar qanday vujudga keldiq qanday qilib xaridor aynan shu tovarni
tanlamoqchiq
Ko„pgina xollarda xaridorga tovarning to„liq imkoniyatlari, foydalanish xususidagi axborot
to„liq etib bormaydi. Shu sababdan, xaridor va sotuvchi suhbatidan asosiy natija kutiladi. Ushbu
suhbat mavzusi-qaysi tovar qanday assortimenti taklif etilgan, uning sifati, narxi xususida axborot
to„plash hisoblanadi.
So„ngra tovarlar bo„yicha variantlar baholanadi. Baholash mezonlari sifatida moda, texnik
imkoniyatlar, pishiqligi, dizayni, kafolat, sotuvdan keyingi xizmat va shu kabilar bo„ladi. Lekin har
bir tovar o„ziga xos baholanish ketma-ketligiga ega. Masalan, avtomobillar bo„yicha ularning sinfi,
quvvati, modeli, ichki qo„shimcha imkoniyatlari, yonilg‟i sarfi, ehtiyot qiismlar va tuzatish
imkoniyatlari, rangi, narxi bo„yicha axborot albatta zarur. Bu axborotlar xaridorga:
tovar markasi, marka-tarzi, manfaat darajasi to„g‟risida etarlicha ko„nikma hosil
qilishga va baholashga imkon yaratadi.
Bevosita xarid qilish chog‟ida ham xaridor o„z tanlovini o„zgartirishi mumkin. Bunda
unga sotuvchi, oila a`zosi, xamkasbi va qolaversa o„sha vaqtda savdo zalida bo„lgan o„tkinchi
xaridor ta`sir etishi mumkin. Xaridorning o„z tanlovini va qarorini o„zgartirishga uning o„z
fikrida qat`iy tura olishi, o„z shaxsiyatini qadrlashi va boshqa psixolog xususiyatlar ta`sir etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: