Гипоталамус
Гипофиз
Эпифиз
Қалқонсимон без
Парақалқонсимон без
Буйрак усти безлари:
пўстлоқ моддаси ва
мия моддаси.
Эндокринн ва эндокрин бўлмаган фунцияларни бириктирувчи органлар
Меъда ости бези
2. Гонадлар Тухумдон уруғдон
Буйраклар
4. Тимус
5. Плацента
Qalqonsimon bezning faoliyatini boshqa ichki sekretsiya bezlari funksiyasiga, eng avvalo, gipofizga chambarchas bogiiq. Har xil sabablar ta’sirida ko'pincha qalqonsimon bezning faoliyati izdan chiqadi. Bunda bezning funksiyasi у о birmuncha kuchayadi yoki susayadi. 1840-yilda shifokor Bazed qalqonsimon bezning ortiqcha funksional ■ faolligiga bogiiq boigan kasallikni birinchi boiib ta’riflagan. Shuning ! uchun bu kasallik uning nomi bilan Bazedov kasalligi deb atalgan, hozirgi vaqtda u «diffuz toksik bo'qoq» deb ataladi.jBu kasallik bilan ko‘pincha ayollar va 10-15 yoshdagi qizlar ogiishi aniqlangan.
Kasallik qalqonsimon bezning kattalashishi, yurak o‘ynashi, ko'zning chaqchayishi va kasallik keltirib chiqaradigan boshqa o‘zgarishlar paydo bo'lishi bilan ta’riflanadi. Belgilarning ba’zilari kuchliroq namoyon bo'lishi, boshqalari namoyon bo'lmasligi yoki maxsus tekshirilgandagina aniqlanishi mumkin. Kasallik har xil boshlanishi mumkin: ba’zi odamlarda keskin namoyon boiadi, boshqalarda esa bir necha oylar davomida faqat ayrim belgilari ko'rinadi.
«Endemik bo'qoq» ma’lum geografik joyda aholining ko'pchilik I qismida keng tarqalgan alohida kasallikdir. U asosan baland tog'li rayonlarda, bo'z tuproqli o'rmonzor joylarda kuzatiladij Bu kasallikka bir qancha omillar: suvda, oziq-ovqat mahsulotlarida va atmosferada yod yetishmasligi, ma’lum geografik va sanitariya-gigiyena sharoiti, aholining turmush darajasi va boshqalar sabab bo'lishi hozirgi vaqtda isbotlangan. (Bu kasallikda qalqonsimon bezning hajmi kattalashadi.)Yod organizmga ovqat bilan kirganda, shuningdek, uning qalqonsimon bez to'qimalarida parchalanishi hisobiga zahirasi ko'payib boradi. Oziq-ovqat yoki suv bilan birga organizmga yod tushib turmasa. u yodga yolchimay qoladi. Qalqonsimon bez zo'r berib ishlay boshlaydi, kattalashadi, ba’zan juda katta bo'lib ketadi, ya’ni okziga xos bo'qoq paydo bo'ladi.
Buyrak usti bezlari
Buyrak usti bezlari bir juft bo'lib, buyraklarning ustki qismida joylashgan, vazni 10-14 g. Bu bez ikki qavatdan - po'stloq va mag'iz qavatlardan tuzilgan bo'lib, po'stloq qavati mezodermadan, mag'iz qavati ektodermadan hosil bo'lgan. Yangi tug'ilgan bolada bezning vazni 6-8 g, 1-5 yoshda 5,6 g, 10 yoshda 6,5 g, 11-15 yoshda 8,5 g, 16-20 yoshda 13,2 g bo'ladi. Yangi tug'ilgan bolada po'stloq qavati mag'iz qavatiga nisbatan yaxshi rivojlangan bo'ladi.
Turli xil gormonlarning bir me’yorda hosil boiishida izdan chiqadigan hollar bo'ladi, ya’ni bir xil gormonlar kam ishlanib chiqishi hisobiga boshqa gormonlar ko'p ishlanib chiqadi. Bolalar bunday kasallikka duchor boiganda, o'sish va jinsiy rivojlanish jarayonlariga keskin ta’sir ko'rsatishi mumkin. Kasallik moddalar almashinuvining izdan chiqishiga ham olib keladi, bola semirib ketadi (yog4 bosadi). Kasallik manzarasi gormonlar biosintezi qay darajada buzilganiga ham bogiiq bo'ladi. Masalan, qiz bola organizmida buyrak usti bezlari po4stlog'i gormonlarining biologik sintezi o'zgarishi oqibatida erkak jinsiy gomionlari - androgenlar ko'p ishlab chiqarilganda (ular bir oz miqdorda sogiom ayol organizmida ham hosil bo'ladi), unda erkaklarga xos ba’zi alomatlar paydo bo'ladi (ovozi do'rillaydi, soqol-mo'ylovi o'sadi, erkaklarda ko'riladigan ikkilamchi jinsiy belgilar ham paydo bo'lishi mumkin). Adreno-genital sindrom deb ataladigan bu kasallik ko'pincha tug'ma bo'ladi. Bunda noto'g'ri ishlayotgan buyrak usti bezlari homiladorlik davrining 3-4-oyidayoq zo'r berib gormon ishlab chiqara boshlaydi. Ma’lumki, gormonlar homilaning o'sishi hamda rivojlanishiga katta ta’sir ko'rsatadi va ortiqcha miqdordagi androgenlar ta’sirida jinsiy sistema noto'g'ri shakllanadi. Adreno-genital sindrom qiz bolalarda va o'g'il bolalarda har xil o'tadi.
Me’da osti bezi
Me’da osti bezi me’daning orqasida, o’n ikki barmoqli ichak yonida joylashgan bo'lib, ichki va tashqi sekretsiyaga ega. Bu bez tashqi sekretsiya organi sifatida hazm yo'liga me’da osti shirasi ajratadi, bu shira tarkibida turli fermentlar bo‘ladi. Bulardan tripsin, lipaza, amilaza va boshqalar muhim rol o'ynaydi. Bu fermentlar yog'lar, uglevodlar va oqsillarning parchalanishiga yordam beradi.
Bundan tashqari, me’da osti bezi ichki sekretor yoki endokrin funksiyaga ega, bu funksiyani orolchalar ko'rinishida to’da-to'da bo'lib joylashgan maxsus hujayralar amalga oshiradi. Ular Langergans orolchalari deb ataladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |