Ichki sekretsiya bezlarining o’zaro ta’siri.
Endokrin bezlarining hammasi funksional jihatdan bir-biri bilan bog'langan bo'lib, yagona tizimini tashkil etadi. Bir xil bezlarning gormonlari qon orqali boshqa bezlarning gormonlariga ta’sir qiladi. Mana shu o'zaro ta’sir gumoral regulyatsiya deb nom olgan va nerv sistemasining ishtirokisiz amalga oshadi.
Ichki sekretsiya bezlarining hammasi markazidan qochuvchi vegetativ nervlar bilan ta’minlangan bo'lib, markazga intiluvchi nerv tolalarining retseptorlari yoki uchlariga egadir.
Gumoral regulyatsiya nerv sistemasi faoliyatiga tobe bo'ladi, gormonlar esa nerv sistemasiga ta’sir qiladi. Katta yarim sharlar esa ichki sekretsiya bezlari funksiyalarini organizmning yashash sharoitlariga moslashtirib boriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |