Nazorat savollari:
1. Elat, qabila, xalq va millat tushunchalarini izohlab bering?
2. Markaziy Osiyoga I ming yillik o‘rtalarida qaysi turkiy elatlar
ko‘chib kelgan?
3. Tub aholi orasida qaysi qadimgi turk elatlari uchragan?
4. Xun imperiyasi qaysi davrda hukmronlik qilgan edi?
5. Turkiy tillar guruhiga qaysi tillar kiradi?
6. Hind-yevropa tillari oilasini tasniflang?
7. Eroniy tillar guruhiga kiruvchi tillar qaysi xalq va hududlarda
tarqalgan?
8. Hozirgi kunda “Markaziy Osiyo” atamasi bilan qaysi hududlar
qamrab olingan?
45
I ll BOB. 0 ‘ZB EK X A LQ I ETNOLOGIYASI
---- ------------------------
M avzuga oid tayanch s o (z va iboralar: о ‘zbekxalqi, O'zbekiston
Respublikasi, о ‘zbek xalqining shakllanishi, etnos, paleoantropologik
materiallar, kraniologik materiallar, O'rta Osiyo ikki daryo oralig(i
tipi, dolixokefal, braxikefal, sug'drylar, qadimgi aholi, o ‘troq va
chorvador aholi, a n’anaviy x o ja lik madaniyati, moddiy madaniyat,
milliy kiyimlar, marosimiy taomlar, an ’anaviy turar-joylar.
3.1. 0 ‘zbek xalqining shakllanish jarayoni
0 ‘zbek xalqining asosini hozirgi 0 ‘zbekiston hududida qadimdan
o ‘troq yashab, sun'iy sug‘orma dehqonchilik bilan shug‘ullanib kelgan
mahalliy sug‘diylar, baxtariylar, xorazmiylar, qadimiy farg‘onaliklar,
sak-massagetlar va qang‘lar kabi etnik guruhlar tashkil etgan.
Shuningdek, Janubiy Sibir, Oltoy, yettisuv, Sharqiy Turkiston hamda
Volga va Ural daryosi bo‘ylaridan kelgan etnik komponentlar ham
o ‘zbeklar etnogenezida ishtirok etganligi tarixdan ma'lum. Ushbu
qabila va elatlar, asosan, turkiy va sharqiy eroniy tillarida so‘zlashgan.
Shuningdek, o‘zbek xalqi tarixan shakllangan 90 dan ortiq urug‘
etnoelementlar ham mahsulidir. О ‘zbek xalqi startalarining bu kabi
tarkibi va tizimli tahlili jarayonida mintaqaning o‘ziga xos etno-
regional
xususiyatlari
ham
hisobga
olinadi.
Aynan
o ‘zbek
urug‘larining ijtimoiy-tarixiy o ‘mi tahlil etilganda, uning nafaqat
o‘zbek xalqi etnogenezini o ‘rganishdagi ahamiyati oydinlashadi, shu
bilan birga uning umumturkiy makroetnosida tutgan tarixiy o ‘rni va
ijtimoiy mavqyei yuzaga chiqadi.
Qarluqlarda, xuddi Turk xoqonligi jamoalarida bo‘lganidek, urug‘
boshlig‘i - bek, jabg‘u deb atalgan bir qancha urug‘ aymoqni,
aymoqlar uyushmasi esa elni tashkil etgan. Ushbu urug‘ning tuzilish
tartibi (tizimi) qarluqlarda VIII asr o ‘rtalarigacha saqlanib kelgan.
Qarluqlar yettisuvni egallagach (VIII asrning 60-yillari), yabg‘uning
xizmat vazifasi kengayadi. Endi yabg‘u bir urug‘ni boshlig‘i emas,
balki qarluqlar egallagan hududlardagi barcha urug‘lar va o‘troq
aholini boshqaradigan bo'ldi. Endi u urug‘lar ittifoqining yabg‘usidir.
Avvallari yabg‘u urug‘ va aymoqlar yig‘inida saylansa, endi u
46
yabg‘ular yig‘inida, ya'ni urug‘ boshliqlari tomonidan saylanadi.
Ittifoqni boshqarishda unga tobe urug‘, aymoq va yabg‘ular, ayniqsa,
o‘troq viloyatlar hukmdorlariga eltabarlik unvoni joriy etiladi. Bek va
eltabarlar bir vaqtni o‘zida harbiy sarkardalar hisoblangan. Mazkur
tartib qarluqlarda to 840-yilgacha, ya'ni Qarluq davlati tashkil
topgunga qadar davom etgan.
VIII asr Movarounnahr va Xuroson xalqlari tarixida arablarga
qarshi
kurash
bilan
o‘tdi.
Mahalliy
aholini
ularga
qarshi
qo‘zg‘olonlarining oxiri ko‘rinmas edi. G‘arbiy Turk xoqonligi dulu
va nushubilar orasidagi hokimiyat uchun ichki kurashlar tufayli
tanazzulga uchragach (740-y.), Sharqiy Turkistonning g ‘arbiy
viloyatlari (Qashg‘ar, Xo‘ton va Yorkent), Farg‘ona vodiysining
shimoliy-sharqiy qismi qarluqlar qo‘liga o‘tdi. 766-yilda qarluqlaming
zarbasi bilan yettisuvda tashkil topgan Turkesh xoqonligi (707-766-
yy.) ham tugatildi.
Qarluqlar yettisuv va Sharqiy Turkistonning g‘arbiy viloyatlari va
Farg‘ona vodiysining shimoliy-sharqiy hududlarini egallaganlariga
qadar, ushbu joylarda qadimdan turkiy arg‘un, tuxsi, o ‘g‘iz,
qarluqlaming ilk ajdodlari, turkesh, az, uz hamda yag‘mo urug‘lariga
tegishli etnik guruhlar yashab kelardi. Ular ushbu zaminga kirib
kelgan qarluqlaming yangi urug‘ ittifoqi jamoalari bilan yonma-yon
va aralashib, yashay boshlaydi. IX asming 40-yillariga kelib yuqorida
qayd etilgan katta hududiy doirada Qarluqlar davlati tashkil topadi.
Qarluqlar davlati tarkib topgan hududlarda (568-740) 200 yil
davomida G ‘arbiy Turk xoqonligi hukmronlik qilib, turkiy etnik
qatlamning ushbu hududlarda son jihatidan ko‘paygan. Turk xoqonligi
hududiy doirasida yashagan urug‘ ittifoqlari va siyosiy uyushmalarda
iqtisodiy hamda madaniy hayot rivojlandi. Xoqonlikning barcha
hududlari aholisiga tushunarli yozuv va til shakllandi. Xoqonlik
davrida tashkil topgan ayrim etnik uyushmalar (o‘g‘uz, uyg‘ur, qarluq,
qipchoq, qirg‘iz, dulu (dug‘lat) va boshqalar o‘rta asrlar davomida
vujudga kelgan qator elatlar (o‘zbek, uyg‘ur, turkman, qirg‘iz, qozoq
va qoraqolpoq)ning shakllanishiga asos bo‘ldi.
Arab tarixchisi at-Tabariy VII-VIII asrlarda Balx, Tohariston,
Badxiz, Ko‘xiston, Seraxs, Chog‘aniyon, Buxoro, Choch va Farg‘ona
aholisining asosini turkiy qavmlar tashkil etadi, deb qayd qilgan edi.
Muallifhing yozishicha, ushbu qavmlar orasida qarluqlaming о ‘mi
katta bo‘lgan. Yozma manbalarga ko‘ra, Somoniylar bilan Qarluqlar
davlati o ‘rtasida ma'lum chegara belgilansa-da, ammo hozirgi zamon
tasaw uridagi
aniq
chegara
bo‘lmagan.
Turkiy
urug‘lar
Movarounnahrga Sirdaryoning shimoliy hududlaridan erkin ko‘chib
yurgan. Ma'sudiyning fikricha, qarluqlar X asrda butun Farg'ona,
Shosh va ulaming atroflarida yashagan.
Turkiy urug‘laming Movarounnahrga tinch va osoyishta kirib
kelishi arablargacha ham, ulaming hukmronligi davrida ham, hatto
Somoniylaming turkiy urugMami kirib kelishiga qarshi chegara
hududlarida mudofaa devorlarini barpo etishlariga qaramay, uzluksiz
davom etar edi. Buning oqibatida ularning o ‘troq hayotga ko‘chishi va
tub yerli aholining turklashuvi tezlashdi, Movarounnahming turkiy
qavm va urug‘lar keng tarqalgan hududlarida mazkur qabilalaming
ijtimoiy-iqtisodiy
tarkibi
va
etnosiyosiy
jihatdan
birlashishi
ta'minlandi.
Xuddi shunday tarixiy sharoit 0 ‘rta Osiyo turkiy qavmlari
hayotida IX asrga kelganda o ‘zining yuqori cho‘qqisiga chiqdi. Ayni
vaqtda turk etnik qatlami orasida feodallashish jarayonlari ham jadal
kechmoqda edi. Mazkur jarayon oliy hokimiyatdan mustaqil siyosat
yuritish uchun intilayotgan yuqori tabaqa vakillarining o‘zaro uzluksiz
urushlari va talonchilik yurishlari bilan birga sodir bo‘lmoqda edi.
Chorvador mintaqalarda beboshliklarga barham berish uchun kuchli
davlat hokimiyati kerak edi. Ana shunday kuchli davlat hokimiyati
ma'lum bir yetakchi urug‘ asosida tarkib topadi.
Shubhasiz, etnoslaming o ‘zaro yaqinlashish jarayonlarida ma'lum
bir etnik guruh yetakchi rol o ‘ynaydi. Boshqa etnik guruhlar ana shu
yetakchi guruh (urug‘) atrofida jipslashib, u bilan til va etnomadaniy,
hududiy hamda iqtisodiy-xo‘jalik jihatdan yaqinlashib boradi.
Etnogenetik jarayon nihoyasiga yetganda, aniq bir hududda
joylashgan etnik birliklar ma'lum rivojlanish pog‘onalaridan o ‘tib, bir-
birlari bilan qorishib, bir tilda yoki bir-birlariga yaqin lahjalarda
so‘zlashuvchi va qarashlari ko‘p jihatdan umumiy bo‘lgan siyosiy
uyushma tashkil topadi. IX asrda turk dunyosidagi ana shunday
siyosiy uyushma Qarluq ittifoqi edi. Ushbu turkiy urug‘laming Qarluq
ittifoqi hududiy doirasida, taniqli tilshunos N. A. Baskakov ta'biri
bilan ifodalaganda, aynan qarluq shevasi asosida shakllandi.
Qoraxoniylar davlatining ta'sir doirasi yettisuvdan to qadimgi
Farg‘onaning sharqiy hududlari va Sirdaryoning o‘rta havzalarigacha
cho‘zilgan edi. Elshunos K. Shoniyozov to ‘g‘ri ta'kidlaganidek, IX -X
48
asrlarda siyosiy hokimiyat Movarounnahrda somoniylar qo‘lida
bo‘lsa-da, uning shimoliy, shimoliy-sharqiy va shimoliy-g‘arbiy
viloyatlari Qarluq-Qoraxoniylar davlati doirasida o‘zbek elati
shakllangan edi. Aynan ushbu yirik turkiy etnomadaniy hududiy
yaxlitlik o‘zbek xalqi etnogenezi tarixida muhim fundamental asos
sifatida xarakterlanadi.
IX-X asrlarda elat bo‘lib shakllangan o‘zbek ajdodlarining
umumiy nomi (etnonimi) bo‘lmasa ham, ularda o‘zligini anglash
hissiyoti kuchli edi. 0 ‘zbek elati qo‘shni urug‘lar bilan yaqin tilda
(turli lahjalarda) so‘zlashgan bo‘lishlariga qaramasdan, o‘zIarini ba'zi
xususiyatlari bilan (madaniyati, til lahajasi, urf-odatlari, diniy
e'tiqodlari va boshqalar) ulardan farq qilgan. Boshqacha qilib
aytganda, “ular (masalan, uyg‘iirlar va qirg‘izlar) va “bizlar
(“qarluqlar” va “xoqoni iklar)” degan iboralar bilan bir xalqni ikkinchi
xalqdan (ayrim xususiyatlarini hisobga olib) ajratish hissiyoti pay do
bo‘lgan.
Etnik nom va o ‘zligini anglashdan tashqari ma'lum bir xalqning
etnik birlik (elat) bo‘lib yetish darajasini belgilovchi yana bir qancha
boshqa ko‘rsatkichlar (iqtisodiy, madaniy, siyosiy, til, hudud birligi va
boshqalar) ham mavjud. Qarluqlar davri (IX-X)da ular hukmronlik
qilgan katta hududda bir qancha o ‘troq, yarim o‘troq va yarim
ko‘chmanchi etnik guruhlar yashar edi.
Bu etnoslar ustida yozma manbalar hamda dala tadqiqotlari orqali
tadqiqot olib borilishi nafaqat turg‘un aholi moddiy va ma'naviy
madaniyati balki, kirib kelgan xalqlaming xo‘jalik yuritish shakli,
oilaviy munosabatlari, moddiy madaniyati, e'tiqodiy qarashlari,
mahalliy aholi bilan munosabatning turli ko‘rinishlari (savdo-sotiq,
madaniy)ni yorituvchi ishlami yaratilishiga olib keldi1.
Xullas,
hozirgi
0 ‘zbekiston
va
uning tevarak-atrofidagi
hududlarda uzoq vaqt davom etgan etnogenetik jarayonlar natijasida,
ya'ni sug‘diylar, xorazmiylar, bohtariylar va saklaming shu zaminda
bronza davridan boshlab, ular bilan yonma-yon yashab kelayotgan
turkiyzabon urug‘ hamda qavmlari bilan aralashuvi natijasida o‘zbek
xalqi XI-XII asrlarda uzil-kesil shakllandi. Mazkur etnogenetik
jarayonlar o‘zbek xalqining moddiy va ma'naviy madaniyati hamda
hozirgi kundagi antropologiyasida ham o ‘z aksini topgan.
‘М аматалиев A.P. Фаргона воднйсн этнография с ннинг урпшилиши (Мустакиллюс йиллари нжткмонм-
гуманнгар журналлардаги маколалар асоснда). Уз МУ хабарлари. №4/1. 2011. 154 б.
49
0 ‘zbek xalqi shakllanish jarayoni kelib chiqishiga ko‘ra, qarluq,
qipchoq va o ‘g‘uz komponentli turkiy etnik hamda etnografik
guruhlaming faol assimilyasiyasi va konsolidatsiyasi natijasidir. Kelib
chiqishi turkiy bo‘lgan turkmanlar, ozarbayjonlar va anatoliya
turklaming etnogenezida o‘g‘uz etnik komponenti, qozoq, qoraqalpoq,
qirg‘iz
hamda
boshqirdlaming
shakllanishida
esa
qipchoq
komponenti,
uyg‘urlaming
shakllanish
tarixida
esa
qarluq
komponentni ta'siri yaqqol seziladi.
0 ‘zbek xalqining shakllanishida esa yuqorida ko‘rsatilgan barcha
uch etnolingvistik komponentlaming ta'sirini ko‘rish mumkin. Mazkur
holat esa o‘zbek xalqining etnik jihatdan ko‘p komponentliligi etnik,
lingvistik, antropologik, madaniy jihatdan xilma-xil va rang-barang
boMishiga sabab bo‘lgan. Shuningdek, o‘zbek xalqi madaniyatining
boy va serqirra ekanligi, o ‘troq shahar madaniyatiga dasht chorvador
madaniyati elementlaming qorishib ketganligi mana shu assimilyasiya
jarayonlarining natijasi ekanligidan dalolat beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |