Markaziy osiyo xalqlari etnologiyasi


Markaziy Osiyo xalqlarining etnik shakilanish jarayoni



Download 6,5 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/136
Sana20.10.2022
Hajmi6,5 Mb.
#854415
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   136
Bog'liq
Doniyorov A,X, Markaziy osiyo xalqlari etnologiyasi

2.4. Markaziy Osiyo xalqlarining etnik shakilanish jarayoni
Markaziy Osiyo tarixi va etnografiyasini moddiy hamda yozma 
manbalar asosida o ‘rganish salmoqli natijalami qo‘lga kiritishga asos 
bo‘lmoqda. Markaziy Osiyodagi Delgor-Murgena bo‘yidan topilgan 
ierogliflar, Buyuk Xitoy devori va Turkiy-run yozuvlari bizga mazkur 
hududni o‘rganishda muhim manba bo‘lib xizmat qiladi.
Eng muhim jihatlardan biri, mazkur masalani yoritishdan avval 
urug‘, qabila, elat, xalq va millat tushunchalariga to ‘xtalish joiz. 
Odamlaming ilk to‘da tarzidan juft oilalarga ajralishi urug‘ deb 
ataladi. Ayrim urug‘laming birlashmasi urug‘ jamoasini tashkil etadi.
40


Xalq bu - birinchidan, keng ma'noda muayyan mamlakatning 
barcha aholisi; ikkinchidan, tarixning turli bosqichlarida jamiyatning 
progressiv taraqqiyoti vazifalarini hal qilishda qatnashishga qobiliyatli 
bo‘lgan qatlam va sinflami o‘z ichiga oladigan xalq ommasi, ijtimoiy 
birlik: tarix ijodkori, tub ijtimoiy o‘zgarishlaming yetakchi kuchi, 
tarixning haqiqiy sub'ektidir; uchinchidan, etnik birlik (qabila, elat, 
millat) laming turli shakllarini ifodalash uchun ishlatiladigan termin.
Millat kishilaming barqaror tarixiy birlik, umumiy iqtisodiy 
turmush tarzi hamda til va hududiy birlik, madaniyat, ong va 
psixologiyaning o‘ziga xosligi asosida shakllangan ijtimoiy taraqqiyot 
shaklidir.
Uzoq o‘tmishda, 3-4 ming yillar muqaddam Markaziy Osiyoning 
saxovatli tuprog‘idan g‘arbdan sharqqa tomon qadimiy hind-yevropa 
tiliarida so‘zlashadigan turli qabilalar Oltoy va Mo‘g‘uliston tomon 
ko‘chib o‘tgan. Mil. aw . I ming yillikning oxiridan boshlab sharqdan 
g‘arbga tomon katta ko‘chish jarayoni ro‘y beradi. Dastlab turkiy tilda 
gaplashadigan qadimiy xunn qabilalari milodning I ming yilligi 
o‘rtalarigacha ushbu hududga ko‘chib o‘tgan va etnik jihatdan sezilarli 
iz qoldirgan. Turkiy elatlaming bir necha asr davom etgan ko‘chish 
jarayoniida ayrim mo‘g ‘ul qabilalarining migratsiyasi. ham sodir. 
bo‘lgan. 0 ‘sha davrda g‘oyat, kayi va boyandar kabi mo‘g‘ul 
qabilalarining mavjud bo‘lganligi to‘g‘risidagi ma'lumotlar diqqatga. 
sazovordir.
Uzoq vaqt mobaynida Markaziy Osiyoga ko‘chib kelgan elatlar 
o ‘lkamiz zaminida o‘ziga xos moddiy madaniyat yodgorliklarini 
qoldirgan. Mazkur hududda I ming yillikning o ‘rtalarida ketma-ket 
ko‘chib kela boshlagan xunn, xion, oq xunn, abdal, bajanak va boshqa 
turkiy qabilalari mahalliy xalqlar orasida turkiy aholi nufuzi hamda 
mavqyeini mustahkamlaydi. Ammo, aborigen (tub aholi)lar orasida 
ham apasiak va augasiylar deb nom olgan qadimiy turk elati ham 
mavjud bo‘lgan; Mazkur qabila elat rus solnomalarida ko‘p tilga 
olingan pecheng (bajanak)lar degan fikr ham yo‘q emas. Ayrim 
tadqiqotchilaming taxminicha, asugasiylami keyinchalik “o ‘g‘uz” 
nomi bilan mashhur turk elati desa bo‘ladi.
Turkiy xalqlaming tarix sahnasiga kelishi mil. a w . I ming 
yilligida Janubiy Sibir va quyi Volga hududlarida bir qancha turkiy 
tilda so‘zlashuvchi qabilalar va xoqonliklaming shakllanishi sodir 
bo‘ldi. Bular: birinchi turk imperiyalari - Sharqiy turk va G‘arbiy turk
41


xoqonliklari, Uyg‘ur hamda Turkiy xoqonlik, Xazar, Bulg‘or, Qarluq, 
Qoraxon, Qalmoq, Orol atrofidagi o ‘g ‘uzlaming Qipchoq va Xorazm 
davlatlari hisoblanadi.
Turkiy xalqlaming qadimgi tarixi mil. a w . Ill asrdan boshlab 
qadimgi xunnlar imperiyasining tashkil topishidan to milodning IX 
asrigacha bo‘lgan katta bir davmi o ‘z ichiga oladi. Demak, mil. a w . 
1П asrdan IX asr o ‘rtalarigacha xunnlar, turkiylar davri va turkiy 
xalqiar madaniyati tarixining asosi bo‘lib hisoblanadi.
Turkiy qabilalaming o ‘zagi Markaziy Osiyo xunnlari orasida (III 
asr - V asr o ‘rtalari) shakllangan. Mazkur qabilalar ona bo‘ri 
Ashinaning afsonaviy o‘g ‘lini o‘zining ajdodi deb biladi. V asr 
o ‘rtalarida turklar Markaziy Osiyoda hukmronlik qilgan Juan-Juan 
xoqonligiga tobe bo‘lgan va Oltoy da yashagan. Bu yerda ular konlami 
o ‘zlashtirib, temir eritishni shunday ko‘lamda tashkil etganki, hatto 
Juan-Juanga o ‘lponni temir bilan to‘lagan. Turklaming g ‘ayratli 
yetakchilari Asanshod, Tur va Bumin konchi, temir quyuvchi hamda 
temirchilar imkoniyatlaridan iloji boricha yaxshiroq foydalanib, otliq 
askarlariga sovut kiydirgan va yuz yildan ko‘proq muddat mobaynida 
Oltoydagi barcha qabilalami o ‘zlariga bo‘ysundirgan. Bumin 546- 
yilda oltoyliklar bilan birga Jung‘oriyada yashab turgan ko ‘p sonli 
tegret xalqini ham o‘z qaramog‘iga oladi. Shu davrdan boshlab, 
turklar o ‘lpon to‘lovchidan Markaziy Osiyoda Juan-Juanlaming 
raqibiga aylangan.
Turk xoqonligi
Markaziy Osiyo mintaqasi va unga tutash bir 
nechta o ‘lkalami o‘z ichiga olgan yirik saltanat bo‘lib, milodiy V I- 
VIII asrlarda ushbu imperiya tarixiga doir ma'lumotlar Urxun-Yenisey 
bitiklari, xitoy yilnomalari, yunon (Vizantiya), arman, suiyoniy, 
sug‘d, arab, fors, tibet va baqtriy manbalarida saqlanib qolgan.
Taniqli olim G ‘aybulla Boboyorovning ta'kidlashicha, VI asming 
ikkinchi yarmida Turk xoqonligi tarix sahnasida paydo bo‘lgunga 
qadar mintaqada ikkita yirik davlat: Eftaliylar va Jujanlar imperiyalari 
hukmronlik qilgan edi. Turk xoqonligining asoschilari boMgan turkiy 
ashina qabilasi esa bu paytda Oltoy tog‘larining janubiy yon 
bag‘irlarida istiqomat qilar va Jujanlar davlatiga tobe edi. Jujanlar qo‘l 
ostidagi ashina turklari kuchayib, 545-yilda tele qabilalari, 551-yilda 
esa jujanlami yengadi.
Shu tariqa, aka-uka Bumin va Istami 552-yilda Turk xoqonligiga 
asos soladi. Bumin o ‘zini xoqon deb e'lon qiladi. 555-yilga kelib,
42


Markaziy Osiyoning shimoliy-sharqidagi qabilalar, Uzoq Sharqdagi 
kidan (qoraxitoy), tatabi, shivey kabi manchjur va mo‘g‘ul, Yenisey 
bo‘yidagi turkiy elatlar ham Turk xoqonligi qo‘shinlari tomonidan 
bo‘ysundirilib, 555-yildadayoq Sharqiy Turkistonning katta qismi 
Turk xoqonligi ko‘l ostiga o‘tadi. Turk xoqoni Mug‘on (553-572) 
Xitoyga 556-557-yillarda yurishlar qilib, bu yerdagi G‘arbiy Vey 
(Toba) sulolasi o ‘mini egallagan Shim Si (550-577) va Chjou (577- 
581) sulolalarini o‘z ta’sir doirasiga oladi. Turk xoqonligi 565-yilda 
Naxshab (hozirgi Qarshi shahri yaqinidagi yerqo‘rg‘on Xarobasi) 
atrofida eftaliylarga og‘ir zarba beradi. Turk xoqonligi eftaliylarga 
qarashli Choch, Farg‘ona, Ustrushona, Samarkand, Xorazm, Buxoro, 
Kesh va Nasafni qo‘lga kiritgan bir paytda xoqonlikning eftaliylarga 
qarshi ittifoqchisi Sosoniylar. Eroni hukmdori Xusrav I Anushirvon 
esa Eftaliylar tarkibida bo‘lgan Tohariston, Kobuliston va Zobuliston 
(shimoliy Afg‘oniston) viloyatlarini egallaydi.
Juan-Juanlar va eftaliylar tor-mor etilgach, turklar Buyuk ipak 
yo‘lining kattagina qismi - Xitoy devoridan tortib to Amudaryogacha 
bo‘lgan hududlarga egalik qila boshlaydi. Ushbu hududda boy va 
ta'sirli savdogarlar qatlami bo‘lgan yirik savdo shaharlari joylashgan 
edi. Turk zodagonlari va uning fliqarolari o ‘z geografik joylashuvlari 
imkoniyatlaridan mumkin qadar kengroq foydalanishga harakat qiladi. 
Ular Xitoy bilan bevosita aloqa o‘matadi. Buning ustiga, VI asrga 
kelib sug‘dlar o‘z ipak gazlamalarini chiqara boshlaydi. Shunga ko‘ra, 
sug‘dlar badavlat Vizantiya bilan vositachilik qilib, savdo orqali boyib 
borayotgan fors savdogarlarini siqib chiqarishga urina boshlaydi. O lz 
savdogarlari va mamlakatini himoya qilgan Eron turklar va 
sug‘dlaming Vizantiya qo‘l ostidagi yerlar bilan bo‘lgan bevosita 
aloqalariga to‘sqinlik qiladi va o‘z yerlari orqali savdo karvonlarini 
o‘tkazmay qo‘yadi.

Download 6,5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   136




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish