Latviya (120 ming nafar kishi), Estoniya (27,7 ming nafar kishi),
Litva (63 ming nafar kishi) va O 'zbekistonda (63 ming nafar kishi)
yashaydi. Polshada 300 ming nafarga yaqin aholi belorus tilida
so‘zlashadi. Dindorlari asosan, pravoslavlar, qisman katoliklar ham
mavjud.
Tarixiy m anbalarda beloruslam ing dastlabki paydo b o ‘lishi XIX
asm ing 60-yillari birinchi yarm ida K. Kalinovskiy rahbarligidagi xalq
qo4zg‘oloni davriga to ‘g ‘ri kelishi qayd etilgan. Beloruslam ing
ozchilik qismi XIX asm ing ikkinchi yarm ida Rossiya imperiyasi
bosqini davrida rus armiyasi tarkibida talabgorlar sifatida Turkistonga
kelgan b o 4 Isa, belorus dehqonlari esa XIX asm ing 90-yiHarming
boshlarida kelib joylashgan. Beloruslar ms,
ukrain va moldovan
xalqlari bilan birgalikda yashagan. Ular Samarqand viloyati,
M irzacho‘1 hududlari, Toshkent va Farg4ona vodiysi shaharlarida
yashagan.
Birinchi jahon urushi yillarida ham belom slar qochoq sifatida
Turkistonga kirib kelgan. Turkistonda fuqarolar urushi tugaganidan
so4ng beloruslam ing kirib kelishi yanada kuchaygan. Ushbu holat XX
asming 50-yillari boshlarida ham kuzatilgan. 1966-yildagi Toshkent
zilzilasini bartaraf etishda ikki ming belorus quruvchisi qatnashgan.
1970-1975-yillarda Toshkent traktor zavodi qurilishida ham belorus
mutaxassislari qatnashgan. 1990-yillardan belom slam ing ona vataniga
qaytish jarayoni boshlandi.
9.2. An'anaviy xo‘jaliklarning o‘ziga xos xususiyatlari
Markaziy Osiyo arablari xo‘jaligida chorvachilik yetakchi o 'rin d a
turadi. Sug4oriladigan hududlarda dehqonchilik bilan shug4ullaniladi.
Arablar xo4jaligida qorako‘l qo‘ylari va tuya boqilgan bo4Isa, ro4zg4or
hunarmandchiligida esa ko 4proq gilam to 4qilgan. Sherobod va Denov
arablari ham gilamdo4zlik bilan shug4ullangan. Turar-joylari asosan,
o4tov va кара hisoblanib, uy ichining tuzilishi, buyum lam ing
joylashishi va kiyim-kechaklari o ‘zbeklamikiga o4xshash bo 4lgan.
Qadimda
uyg4urlaming
aksariyati
dehqonchilik
bilan
shug‘ullanib, o 4troq hayot kechirgan. Shu sababli ularda qabila-
um g4chilik munosabatlari yo4qolib, yashagan joylari nomi bilan atab
kelingan. Tog4li o ‘lkalarda chorvachilik bilan shug‘ullangan qismi
ko4chmanchi hayotga moslashgan. yettisuv va Farg‘ona
vodiysiga
202
ko‘chib kelganlaming ahvoli unchalik yaxshi bo‘lmagan: yer
yetishmas, bo ‘lsa ham og ‘ir va unumsiz edi. Yaxshi yerlar boylaming
qo‘lida edi.
U yg‘urlar yangi yerlarga ko‘chib kelganlaridan keyin yangitdan
suv chiqarish va ariq hamda kanallar qazishga majbur boMgan. Ko‘p
joylarga suv yetishm as edi. Dehqonlar bug‘doy, аф а , tariq,
m akkajo‘xori, j o ‘xori va sholi ekilgan, shuningdek, kanop hamda
kunjut
yetishtirilgan.
Dehqonchilikdan
uch
paykallik
tizimi
qoMlanilgan. yerlar go‘ng va kunjut bilan oziqlantirilgan hamda
yog‘och sapan (bugusa) bilan haydalgan. Urug‘ qo‘lda ekilgan va
yetishtirilgan hosil o ‘roq (og‘aq) bilan o ‘rib olingan hamda ot yoki
ho‘kizlar tuluq (tosh) bilan yanchilgan.
Dehqonchilikda ishlatiladigan qurollar o ‘zbeklamikidan farq
qilmagan. Ketmon, omoch, mola
va yemi yumshatish uchun
chanchaba (kichkina krak) ishlatilgan. U yg‘urlarda bog‘dorchi!ik
yaxshi rivojlangan, umuman olganda, ulaming aksariyati yaxshi
bog‘bon va polizchi hisoblangan. Poliz ekinlaridan qovun, tarvuz va
har xil qovoqlar, sabzavotlardan piyoz, sabzi, rediska, garmdori, ukrop
va boshqa xil ko‘katlar yetishtirilgan.
Farg‘ona vodiysi va yettisuvdagi
har bir xonadonda albatta, bog‘
bo‘lgan. Unda uzum, shaftoli, o ‘rik, anor, olma, nok va jiyda
daraxtlari ekilgan. Farg‘ona uyg‘urlari
pillachilik bilan ham
shug‘ullangan. Har bir qishloqda suv tegirmoni va juvoz boMgan.
D unganlaming ajdodlari dehqon bo‘lib, ular bug‘doy, афа,
m akkajo‘xori, kunjut, kungaboqar, ko‘knori, beda va jo ‘xori ekkanlar.
Q irg‘iziston, Qozog‘iston va Markaziy Osiyoning boshqa
hududlariga kirib kelganidan so‘ng atrofdagi yerlarga qarab turli
ekinlar ekish bo‘yicha ixtisoslasha boshlagan. Jumladan, Botkent
shahri atrofidagi hududlarga o ‘mashgan
dunganlar sholikorlik, 0 ‘sh
dunganlari paxta yetishtirish, Olmaota va Yorkent atrofiga kelib
joylashgan dunganlar g ‘alla ekish bilan shug‘ullangan. Dunganlar
orasida bog‘dorchilik, sabzavotchilik, polizchilik, sohalari ham keng
rivojlangan. Dehqonchilikdagi ish tartibi va qoMlanadigan qurollari
jihatidan dunganlar mahalliy aholiga yaqin turadi.
Koreyslam ing asosiy mashg‘ulotlari sholikorlik,
chorvachilik,
baliqchilik, ipakchilik va hunarmandchilikdan iborat. Ulaming
ko4pchiligi dehqonlar boMib, mehnatkash va serg‘ayrat xalq
203
hisoblanadi. Shu sababdan ham bu yerga k o ‘chib kelgan yillardayoq,
yemi sug‘orib, dehqonchilik qilish bilan shug‘ullangan.
Keyingi yillarda M arkaziy O siyoda sholi yetishtirishning yanada
rivojlanishida dunganlam ing hissasi katta bo‘lmoqda. Sholikorlikda
yangi -
kyonjo
navining joriy etilishi xo ‘jalikning ushbu sohasini tez
sur’atlar bilan rivojlanishida katta ahamiyatga ega bo‘ldi. M azkur sholi
navlari Toshkent viloyatidagi “ Politotdel” jam oa xo ‘jaligi sholikorlari
tomonidan 1928-yilda yetishtirilgan edi. Kyonjo sholisi ekilgan
yerlarda har gektardan 50
sentnerga yetkazib, ya'ni mahalliy nav sholi
ekilgan yerlardagiga nisbatan qariyb 20 sentner ortiq hosil y ig ‘ishtirib
olingan.
Koreyslar sholichilik bilan bir vaqtda sabzavotchilik, polizchilik
va rezavorchilik bilan ham yaqindan shug‘ullanib keladi. Bu ota-
bobolaridan o-tib kelayotgan azaliy kasbdir. Koreyslar k o ‘chib
kelganlarida xilma-xil sabzavot ekinlari urug‘larini olib kelgan edi.
Ular Markaziy Osiyo hududlariga kirib kelgan vaqtdan boshlab koreys
karami, sarimsoqpiyoz, piyoz, turp, bodring va bir qancha dukkakli
ekinlar turi ancha ko ‘paydi va eng muhimi, mintaqa uchun yangi ekin
turi - kanop yetishtirila boshlandi. 0 ‘zbekiston bilan Q ozog‘istonda
bir* qancha koreys fermer xo‘jaliklari tashkil
etilgan va ular hozirgi
kunda hosildor xo ‘jaliklarga aylangan.
Do'stlaringiz bilan baham: