Markaziy osiyo xalqlari etnologiyasi



Download 6,5 Mb.
Pdf ko'rish
bet98/136
Sana20.10.2022
Hajmi6,5 Mb.
#854415
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   136
Bog'liq
Doniyorov A,X, Markaziy osiyo xalqlari etnologiyasi

Xakaslar
- Sharqiy Sibiming janubiy qismida yashab, o ‘zlarini 
“xakas” deb ataydi. Ular qadimda “Abakan yoxud Minusinsk 
tatarlari” deb ham yuritilgan. Ular asosan, Rossiya Federatsiyasining 
Xakasiya Respublikasida yashaydi (63,9 ming nafar kishi). Rossiya 
Federatsiyasida xakaslar soni jam i 74 ming nafar kishidan oshadi. 
U lar xakas tilida so ‘zlashadi. Dini xristian dini bo‘lib, an'anaviy 
e'tiqodlar ham saqlangan.
Xakaslar asosan, chorvachilik, ovchilik va dehqonchilik bilan 
shug‘ullanadi.
Shorlar -
Rossiya Federatsiyasining Kemerovo viloyati (Tog‘li 
Shoriya), qisman Oltoy va Xakas Respublikalarida yashaydi. Ulaming 
soni 13 ming nafardan ortiq bo4lib, shor tilida so‘zlashadi. Ushbu til
197


turkiy tillam ing uyg‘ur-o‘g ‘uz guruhi xakas shoxobchasiga kiradi. 
Dindorlari deyarli rasman xristian b o ‘lsalar-da, qism an shom onlik 
ham saqlangan. Ular ket va ugorlarga xos bo ‘lgan m ahalliy etnoslar 
asosida shakllangan.
VI—VIII asrlarda shorlar Turk, U yg‘ur va Yenisey xonliklari 
tarkibiga kirib, qadimgi oltoy, uyg‘ur ham da Yenisey qirg‘izlari 
ta'sirida turkiylashgan. X V II-X V III asrlarda shorlar shim oldan kirib 
kelgan teleutlar bilan aralashib ketgan. X V II-X V III asrlarda ruslar 
shorlami “temirchi tatarlar”, “kondom va mras tatarlari, abinlar” deb 
atagan. Shorlar o ‘zlarini urug‘ (qarg‘a, qiy, qabiy), hudud (Tayash 
choni-Tayash hududi) yoki daryо nomlari (M ras kiji-M ras odamlari, 
Kandum chani-kondum x a lq la ri),. yashash joylaridan tashqarida 
bo‘lsa, aba kiji (aba-urug‘, kiji-odamlar), chji kiji (tayga odamlari) 
nomlari bilan ataganlar.
Oltoyliklar va xakaslar ulam i urug‘ nomi bilan “shorlar” deb 
atagan. Ushbu atama keng tarqalib, XX asrdan boshlab shu nom bilan 
rasmiy 
yuritib 
kelinadi. 
XIX 
asrgacha 
shorlam ing 
asosiy 
m ashg‘ulotlaridan biri tem irchilik bo‘lgan. Ular tem ir va tem ir 
mahsulotlari 
bilan 
Turk 
xoqonligiga 
o ‘Ipon 
to ‘lar, 
q o ‘shni 
chorvadorlar bilan b o ‘Isa, qoramolga alm ashtirar edi.
XVIII 
asrdan boshlab ishlab chiqargan tem ir mahsulotlarini rus 
savdogarlariga o ‘tkazgan. Ruslar shorlam i “temirchi odam lar”, 
o ‘lkasini bo‘lsa, “Temirchilar yeri” deb atagan. XVIII asm ing 
oxirlaridan boshlab, ko‘chmanchilar bilan aloqalaming susayishi, 
aksincha, ruslar bilan kuchayishi natijasida shorlam ing tem irchilik 
mahsulotlari raqobatga bardosh berolmadi va asta-sekinlik bilan 
• yo ‘qolib, asosiy m ashg‘ulotlari ovchilikdan iborat bo‘lib qoldi.
• Kundalik oziq-oyqatlarining asosini baliq mahsulotlari tashkil 
etib, shorlaming 40-70 % aynan shu m ashg‘ulot bilan band bo ‘lgan. 
Qo‘shimcha mashg‘ulotlaridan yana biri termachilik bo‘lib, bahor va 
yoz oylarida shor ayollari turli o ‘rmon mevalari va o‘t o ‘lanlam i terib, 
qishga saqlab qo‘ygan. 0 ‘lkaga ruslar kirib kelguniga qadar shorlar 
dehqonchilik bilan ham shug‘ullanib, asosan, bug‘doy ekkan b o ‘lsa, 
m slar kirib kelganidan so‘ng esa shorlar otlami ko‘paytirish 
(urchitish), arava va chanalar yasash hamda ulardan foydalanishni 
o‘zlashtirib olgan. Shor ayollari xonaki usullardagi tikuvchilik bilan 
ham shug‘ullangan. XX asming 20-yillaridan so‘ng shorlar an'anaviy
198


xo‘jaIik yuritish shakllarini yo ‘qotib, o ‘rmon, yog‘och tayyorlash va 
oltin qazish ishiari bilan band boMgan.
Shorlarning dastlabki oziq-ovqat mahsulotlari turli hayvon va 
parrandalaming go‘shti, baliq hamda yovvoyi o ‘simIiklardan iborat 
bo‘lgan. Keyinchalik dehqonchilik rivojlangach, un mahsulotlaridan 
keng 
foydalanish 
boshlangan. 
Dasht 
hududlarida 
yashovchi 
shorlarning oziq-ovqat ratsionida sut va sut mahsulotlarini keng o ‘rin 
egallagan. Shorlarda boy an'anaviy folklor rivojlangan bo‘lib, xalq 
orasida ertaklar, ovchi hikoyalari, afsonalar, ashula, aytishuv, 
maqollar va topishmoqlar keng tarqalgan. 
.. ,
1980-yillardan boshlab shorlarning an'anaviy madaniyatiga 
boMgan qiziqish ortib bormoqda. 1989-yilda “Tog‘li shorlarning 
uyg‘onishi” dasturi qabul qilindi. Bugungi kunda shor milliy parki va 
turli folklor ansambllar tashkil qilinmoqda.
Ruslar
- Rossiya Federatsiyasining asosiy aholisi hisoblanadi 
(120 mln. dan ziyod kishi). Shuningdek, ular Ukrainada 11,35 mln., 
Q ozog‘istonda 3,5 mln., 0 ‘zbekistonda 750 ming, Belorussiyada 
916,6 ming, Latviyada 900 ming, Moldaviyada 560 ming, Estoniyada 
475 ming, Ozarboyjonda 390 ming, Tojikistonda 390 ming, Litvada 
345 ming, Gruziyada 340 ming, Turkmanistonda 330 ming, 
Arm anistonda 51 ming, shuningdek, Shimoliy Amerika mamlakatlari 
(asosan, AQShda 1 mln. nafar, Kanada va boshqa davlatlarda 
taxm inan 1,4 mln. nafar) va G ‘arbiy Yevropada yashaydi. Ulaming 
umumiy soni 140 mln. kishidan iborat bo‘lib, rus tilida so ‘zIashadi 
hamda xristianlik dinining pravoslav mazhabiga e'tiqod qiladi. Ruslar 
ukrain va beloruslar kabi urug‘-qabilachilik munosabatlarining 
yemirilishi hamda Kiev atrofida Qadimgi Rus davlatining vujudga 
kelishi jarayonida sharqiy slavyan qabilalaridan shakllangan qadimgi 
rus elatidan paydo bo‘lgan.
Rus dehqonlari Qozog‘istonda XVII asr oxiri - XVIII asr 
boshlarida birinchi marta paydo boMgan. Ushbu rus oilalari asosan, 
Buxtarma daryosining tog‘li tizmalariga yaqi.n vodiylarda uy-joylar 
qurgan. XVIII asm ing 60-yillarida rus starobryadchilari (Polshada 
yashayotgan va diniy e'tiqodlari uchun ta'qib qilinayotgan ruslar) 
hisobiga ko‘paya borgan. XIX asr ikkinchi yarmi — XX asr boshlarida 
krepostnoylik huquqi bekor qilinganligiga qaramay, hamon o g‘ir 
ahvolda yashayotgan janubiy rus va ukrainlar Markaziy Osiyo 
hududiga ko‘cha boshlagan. Ruslar Qozog‘istonning to‘rtta va
199


M arkaziy O siyoning boshqa davlatlaridagi yetti viloyatda mutlaq 
ko‘pchilikni tashkil etadi.
Ruslam ing M arkaziy Osiyo xalqlari bilan aloqalari qadim ga borib 
taqaladi. Rus knyazlari o ‘rta asrlarda M arkaziy Osiyo hukmdorlari 
bilan aloqada bo‘lgan. 986-yilda knyaz Vladim ir X orazm ga elchilar 
yuborgan, . shuningdek, 
Plano 
Karpini 
va 
V. 
Rubrukning 
kundaliklarida ham M arkaziy Osiyoda yashovchi ruslar haqida 
m a'lum otlar mavjud.
XVII asrda Buxoro va Xiva xonliklariga rus sayohatchilari Ivan 
Xoxlov 
ham da 
aka-uka 
Pazuxinlar 
kelgan. 
XVIII 
asr 
sayohatchilarining m a'lum otlarida M arkaziy Osiyodagi rus asirlari 
tilga olinadi. 
1820-yilda Buxoro am irligiga A. F. Negrining 
diplomatik missiyasi kelgan bo‘lsa, 
1840-yilda o ‘lkaga ilmiy 
ekspeditsiyalar ham uyushtirilgan. ^
XIX 
asr o ‘rtalarida Turkiston Rossiya tom onidan istilo qilingach
ruslam ing mintaqadagi soni ortib borgan. 
1897-yildagi aholi 
ro‘yxatiga ko‘ra, Q o‘qon xonligida 197 ming, Buxoro va Xivada esa
16 ming nafar ruslar yashagan ham da ular Orenburg va Samara 
guruhlari deb atalgan. XX asr boshlarida Buxoroda 19 m ing nafar rus 
yashar edi. 1926-yilda 0 ‘zbekistonda 275000, 1979-yilda 1665658, 
1989-yilda 1653478, 2000-yilda esa 1199015 nafar ruslar istiqom at 
qilgan edi.
Ukrain va beloruslar ham qariyb ruslar yashagan tum an hamda 
shaharlarda istiqomat qilgan. 
Ular ayni 
bir vaqtda к о ‘chib 
kelganliklari tufayli, urf-odati, turmush tarzi va an'analari bir-biriga 
o‘xshaydi, lekin ulam ing milliy an'ana va udum larida bir-biridan 
farqli xususiyatlar ham mavjud.

Download 6,5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   136




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish