Markaziy osiyo davlatlari iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasi


-jadval Qozog‘iston Respublikasida aholining tarmoqlar bo‘ycha bandligi



Download 5,19 Mb.
bet10/80
Sana08.06.2022
Hajmi5,19 Mb.
#643114
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   80
Bog'liq
Markaziy osiyo davlatlari

3.1-jadval
Qozog‘iston Respublikasida aholining tarmoqlar bo‘ycha bandligi
(2019, %-hisobida)



Iqtisodiyot tarmoqlari

ko‘rsatkichlari

1.

Sanoatda

24

2.

Qishloq va urmon xo‘jaligida

14

3.

Qurilishda

8

4.

Transport va aloqada

11

5.

Savdo va umumiy ovqatlanishda

5

6.

Ta’lim sohasida

15

7.

Sog‘liqni saqlashda

8

8.

Boshqa sohalarda

15

Manba: Axmetov.Ye.A. va boshqalar. Qozog‘istonning iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasi.

Qozog‘istonda urbanizatsiya darajasi Markaziy Osiyoda eng yuqori. 2015 yilda jami aholining 58,0 % shaharlarda, qolgan qismi esa qishloqlarda yashagan. Umuman respublikada urbanizatsiya jarayoni ancha tez bordi. 1926 yilda shahar aholisining salmog‘i atigi 9 % ni tashkil qilgan edi.


Hozirda Qozog‘istonda 86 shahar, 200 atrofida shaharcha mavjud. Mamlakatda bitta millioner shahar Almati shahri (1 mln 175,4 ming) mavjud. Yirik shaharlar qatoriga Qarag‘anda (518 ming), Astana (600 ming) kiradi.
Respublikada aholining 52,6 % (2015 y.) mehnatga layoqatli yoshdagilardan iborat. Ammo Qozog‘iston hududida mehnat resurslariga hamisha ehtiyoj seziladi. Aholining mehnatga yaroqli qismi sobiq ittifoq davrida 16-dan 60 yoshgacha erkaklar, 16-dan 55 yoshgacha bo‘lgan ayollar tashkil etgan bo‘lsa, hozir 16-dan 63 yoshgacha erkaklar, 16-dan 58 yoshgacha bo‘lgan ayollar mehnat resurslari hisoblanadi. Respublikada aholining 48,2 %-ni erkaklar, 51,8 %-ni ayollar tashkil etadi.
4. Hozirgi Qozog‘iston respublikasi iqtisodiyoti (xalq xo‘jaligi) industrial-agrar xarakterga ega. Tarixiy davrlar davomida asosan ko‘chmanchi chorvachilik bilan shug‘ullanib kelgan bu o‘lka xo‘jaligida XIX asr oxirlarida, rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, 77% aholi chorvachilik va 18% aholi dehqonchilik bilan shug‘ullanib kelgan. Ittifoq davrida Qozog‘istonning boy tabiiy boyliklarini o‘zlashtirilishi natijasida hozirgi davr sanoatining asosiy tarmoqlari yaratildi, transport-kommunikatsiya va shaharlar tizimi bunyod qilindi. Respublika so‘nggi vaqtlarda sobiq ittifoqning 40% rux, 60% qo‘rg‘oshin, 90% sariq fosfori, 95% xrom rudasi, 35% ga yaqin mis va boshqa turdagi sanoat mahsulotlarini yetkazib bergan.
Respublika xo‘jaligining yetakchi tarmog‘i sanoatdir. 2015 yil ma’lumotiga ko‘ra tarkibi va ularning mahsulotlar ishlab chiqarish hajmiga ko‘ra (% hisobida) tutgan o‘rni quydagicha: yoqilg‘i-energetika 26,6 %, metallurgiya-26,1 %, kimyo neftokimyo -4,0 %, mashinasozlik va metallsozlik-5,4 %, qurilish materiallari, oyna va chinni-kulolchilik 5,5 %, o‘rmon, yog‘ochni qayta ishlash va sellyuloza- qog‘oz-2,4 %, yengil sanoat 12,1 % va oziq ovqat sanoati -17,9 %.
Sanoat tarmoqlari tarkibi va ularning iqtisodiyotida tutgan o‘rni ko‘rsatkichlari shuni ko‘rsatadiki, Qozog‘iston sanoatining tayanch tarmoqlari yoqilg‘i–energetika va metallurgiya majmualari ekan, ular jami sanoat mahsulotlarining salkam 53 % ni ishlab beradi. Nisbatan sust rivojlangan tarmoqlari esa aholining kundalik iste’mol mahsulotlari ishlab chiqaradigan yengil va oziq-ovqat sanoatlaridir. Ular birgalikda sanoatning 30 % mahsulotini beradi.
Yoqilg‘i sanoatlari orasida ko‘mir sanoati eng ahamiyatlilardandir. U issiqlik elektrostansiya(IES)lari, metallurgiya, kimyo, maishiy hizmat sohalarining rivojlanishida muhim baza bo‘lib xizmat qiladi. Qarag‘anda, Ekibastuz va boshqa ko‘mir konlaridan yiliga 115 mln t. (2015 y.) ko‘mir qazib chiqarilmoqda. Qazib olinayotgan ko‘mirning 95% ortig‘ini nomlari tilga olingan eng yirik havzalar bermoqda. Shulardan ayniqsa Ekibastuz havzasining hissasiga qazib chiqarilayotgan ko‘mirning yarmidan ko‘pi to‘g‘ri keladi. Muhimi, undan eng arzon tannarxdagi energetik ko‘mir qazib chiqarilmoqda. Iqtisodiy tahlillar shuni ko‘rsatdiki, Ekibastuz havzasi asosan umumiy quvvati 20-25 mln kVt issiqlik elektr stansiyalarini yoqilg‘i bilan ta’minlashi mumkin. Alohida elektr stansiyalarning quvvati 3-4 mln kVt va undan ham yuqori bo‘lishi mumkin. Hozirning o‘zida bu hududda birnecha yirik elektr stansiyalari mavjud. Ekibastuzning energetik ko‘miri bilan Shimoliy Qozog‘iston, G‘arbiy Sibir va Uralning 20-dan ortiq IES-lari ishlamoqda.

Download 5,19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   80




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish