3.3-jadval
Elektroenergiya ishlab chiqarish (mlrd kVt soat)
Yillar
|
Ishlab chiqarish
|
Yillar
|
Ishlab chiqarish
|
1930
|
2,6
|
1990
|
87,4
|
1950
|
8,5
|
1994
|
66,4
|
1970
|
34,6
|
1997
|
60,0
|
1980
|
61,6
|
2005
|
63,7
|
1985
|
81,5
|
2010
|
82,4
|
1989
|
89,7
|
2015
|
87,2
|
Manba: Axmetov.Ye.A. va boshqalar. Qozog‘istonning iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasi.
Mang‘istov oblasti Aqtau shahridagi AES Qozog‘istondagi va Markaziy Osiyodagi yagona AESdir. Uning quvvati 350 ming kVt, u uran bilan ishlaydi. AESning elektroenergiyasidan Kaspiy dengizining suvini chuchuklashtirishda foydalaniladi.
Qozog‘istonda shamol energiyasining xam roli katta. G‘arbiy Qozog‘iston va Markaziy Qozog‘iston xududlarida va boshqa doimo shamol bo‘lib turadigan hududlarda shamol uskunalarini o‘rnatish orqali elektroenergiya olish amalga oshirilmoqda.
3.4-jadval
Elektroenergiyasidan foydalanish (foiz hisobida)
Yillar
|
Tarmoq ichidagi isrof
|
Eksport
|
Elektr stansiya-larning
o‘z extiyojlari
|
Istemolchilar
|
Sanoat
|
Transport
|
Q/X
|
Axoli
|
Boshqalar
|
2007
|
18,0
|
1,3
|
11,2
|
41,1
|
5,6
|
2,8
|
10,4
|
9,6
|
2015
|
21,5
|
-
|
10,3
|
44,1
|
5,6
|
1,2
|
9,3
|
8,0
|
Manba: Axmetov.Ye.A. va boshqalar. Qozog‘istonning iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasi.
Respublika xududida ishlaydigan elektr stansiyalarini yuqori voltli elektr tizimlari bilan bog‘laydigan yaxlit energetik tizimi xali ishlab chiqilmagan. Shimoliy Qozog‘iston energetik tizimi Sharqiy va Markaziy Qozog‘iston energetik tizimi bilan tutashtirilgan. Almati energetik tizimi Bishkek shahri orqali Jambul, Janubiy Qozog‘iston oblastlari va undan utib O‘zbekiston bilan tutashtirilgan. Aqto‘be energetik tizimi Ural bilan, Urol esa MDH Yevropa qismining energetik tizimi bilan tutashtirilgan. Qozog‘iston xududida uzunligi 450 ming km energetik tizimi mavjud.
Qozog‘iston iqtisodiyotida beqiyos ahamiyatga ega. Respublikaning boy mineral-xomashyo bazasi metallurgiya sanoatining barcha tarmoqlarini samarali rivojlantirishga imkon beradi.
Metallurgiya – Qozog‘iston sanoatida ishchilarning soni jihatidan birinchi (27 %) va mahsulot ishlab chiqarish hajmi bo‘yicha ikkinchi (26,1 %) tarmoqdir. Ana shunday tarmoqlardan biri qora metallurgiya sanoatidir. Temir rudasi, kokslanadigan ko‘mir, marganets, o‘tga chidamli va flyus materiallarining yetarli bo‘lishi Qozog‘istonda tarmoqning yaxshi taraqqiy etishini ta’minlaydi. Qarag‘anda metallurgiya kombinatining asosiy mahsulotlari – cho‘yan, pulat, prokat. Hozirgi paytda Qarag‘anda metallurgiya kombinati Buyuk Britaniyaning Ispat firmasi bilan birgalikda “Ispat - Qarmet” qushma korxonasi bo‘lib qayta tashkil etildi.
Tarmoqqa 1938 yili asos solindi. Temirtov shahrida avval temir-tersak, 50-yillar boshlaridan esa temir rudasi negizida metallurgiya zavodi, so‘ngra esa to‘la siklli metallurgiya kombinati yuzaga keldi. Hozirgi davrda Qozog‘iston bu borada Markaziy Osiyoda yagonadir. 1993 yilda 222 ming t. cho‘yan, 4,6 mln t. (1990 yilda 6,7 mln t.edi) po‘lat ishlab chiqardi. 2005 yilda 5 mln 338 ming t po‘lat ishlab chiqardi.
Respublikada bu tarmoq korxonalari qatoriga Aqto‘be va Aqsudagi ferroqotishmalar, Sokolov-Sarboy boyitish kombinatlari va boshqalar ham kiradi. Qora metallurgiyaga kerakli bo‘lgan xom ashyoning biri marganets koni. Marganets Jezdi, Qorajal, Uchxotin konlarida uchraydi. Shuningdek, qora metallurgiyada Toparning oxaktoshi, Alekseyevkaning dolomiti va kvarsiti ham foydalaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |