3.2-jadval
Qozog‘iston Respublikasida ko‘mir va neft qazib chiqarish dinamikasi
(mln. t. hisobida)
Yillar
|
ko‘mir
|
neft
|
Yillar
|
ko‘mir
|
neft
|
1918
|
0,09
|
286
|
1989
|
138
|
30648
|
1940
|
7
|
697
|
1998
|
80
|
45309
|
1950
|
17
|
1810
|
2000
|
72,4
|
50630
|
1960
|
32,4
|
18656
|
2005
|
80,4
|
59400
|
1970
|
61,5
|
19882
|
2010
|
111,0
|
70,0
|
1976
|
93,7
|
25820
|
2015
|
115,0
|
80,0
|
Manba: Axmetov.Ye.A. va boshqalar. Qozog‘istonning iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasi.
Ekibaztuz havzasidagi “Bogatir”, “Janubiy”, “Sharqiy” ochiq usulda qazib chiqariladigan karerlar ishlab chiqarish quvvatini yanada oshirish va Mayko‘be havzasida ochiq usulda ko‘mir qazib chiqarishni yo‘lga qo‘yish tadbirlari bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.
Neft sanoati respublika iqtisodiyotiga industrlashtirishning dastlabki yillarida boshlab xizmat qilib kelmoqda (Emba-Dossar-Makat neft havzasi). Ammo uning rivojlanishi 60-yillar o‘rtalaridan boshlab Mang‘ishloq neft-gaz havzasining o‘zlashtirilishi bilan tez rivojlandi. 70-yillar o‘rtalaridan boshlab G‘arbiy Qozog‘iston, Qizilo‘rda, Aqto‘be oblastlarida yangi konlarining ishga tushirilishi bilan tarmoqning imkoniyatlari yanada kengaydi.
Dastlab o‘zlashtirilgan Emba-Dossar havzasi nefti ancha sifatli, Mang‘ishloqning Uzen, Jetiboy, Yangi Uzen, Qorajanbas, Qalamqas kabi konlaridan smola va parafinga boy, shu bilan birga noyob motor moylari (eng past temperaturalarda ham o‘z sifatini o‘zgartirmaydigan) berish xususiyatiga ega bo‘lgan neft qazib chiqariladi. Eng yirik Tengiz, Qorachig‘anoq kabi konlardan tarkibida oltingugurt birikmalari ko‘proq neft qazib olinadi. Umuman olganda Qozog‘istonda neftning 14-ga yaqin istiqbolli havzalari mavjud. 1993 yil Qozog‘iston Respublikasi va “SHevron” kompaniyasi hamkorligida “Tengizshevroyl” hamkorligi toshkil qilindi, Tengiz va Korolyov neft konini o‘zlashtirish boshlandi. Tengiz neftini eksport qilish maqsadida 2001 yil uzunligi 1580 km Tengiz – Novorossiysk neft quvuri ishga tushirildi.
Mazkur neft, xuddi shunday tabiiy gaz boyliklarini o‘zlashtirish bir qator muammolarga ega. Bular:
neftli rayonlarning respublikaning asosiy iste’mol rayonlaridan ancha uzoqda, uning chekka g‘arbida joylashganligi;
Bu rayonlarni tabiiy sharoiti ancha murakkab va aholi unda juda siyrak joylashganligi sababli, mehnat resurslari bilan ta’minlash ancha mushkul;
Konlarni, korxonalarni, u yerlarda yashaydigan aholini iste’mol suvi va boshqa yashash vositalari bilan ta’minlash muammolari ancha keskin va boshqalar.
Qazib chiqariladigan neft quvurlar va kemalarda Rossiyaning Orsk, Saratov, Samara, Shimoliy Kavkaz neftni qayta ishlash markazlariga jo‘natiladi. Respublika iste’mol uchun kerakli neftni esa quvurlar orqali (Omsk–Pavlodar–Shimkent) G‘arbiy Sibirdan keltiriladi. Qozog‘istonda Atirau (Guryev), Pavlodar, Shimkent shaharlarida neftni qayta ishlash korxonalari bor.
Qozog‘istonda Kaspiy shelflari bilan qo‘shib hisoblaganda 6 trln m3 gaz zaxirasi mavjud. Gaz zaxiralari Atirau–Emba xududida yo‘ldosh gaz zaxiralari, Mang‘istau yarim orolidagi Tenge, Ustyurt konlarida tabiiy gaz zaxiralari sifatida mavjud. Asosiy yirik gaz konlari Qorachig‘anoq , Imash, Yangiyo‘l, G‘arbiy Prorva, Toshpo‘lat, Chinor, Uzan v.b. 1980 yildan boshlab G‘arbiy Qozog‘istonda Qorachig‘anoq koni ishga tushirildi. U Qozog‘iston gaz zahirasining 70 % ni tashkil etadi. Bu konni uzlashtirish uchun jaxonning ENI (Italiya), Britishgaz, SHevron Teksako (AQSH) va Lukoyl (Rossiya) kabi yirik kompaniyalar qatnashmoqda. Qorachig‘anoq konini ishga tushirishda 9 mlrd dollar chet el investitsiyasi sarflangan. Undan olinadigan daromad 65 mlrd AQSH dollari, shundan 47 mlrd AQSH dollari Qozog‘istonga, 18 mlrd AQSH dollari ishtirokchi kompaniyalarga tegishlidir. Qorachig‘anoqda quvvati 5 mln t neftni qayta ishlash zavodi va quvvati 5 mlrd m3 gaz qayta ishlash zavodi ishga tushirilishi rejalashtirilmoqda. Hozir Qorachig‘anoqdan Aqsay – Qizil Oktabr – Qustanay – Astana gaz quvuri tortilmoqda. Atirau oblastida Tengiz neft konida va Yangio‘zan shahrida gaz qayta ishlash zavodi ishlamoqda. Qozog‘istonda hozirgi vaqtda gaz qayta ishlash hajmi–7 mlrd m3 ni tashkil etmoqda, bu jihatdan jahonda 25 urinda. Respublikani gaz bilan ta’minlash uchun Turkmanistondan 6,8 mlrd m3, O‘zbekistondan 7,2 mlrd m3, Rossiyadan 2 mlrd m3 gaz oladi. Qozog‘istonda gazdan foydalanish ishlab chiqarishdan 2 barobar ko‘p. Sungi yillarda Jambul oblastining Sarisuv xududidan gaz topildi va uni kayta ishlash boshlab yuborildi.
Qozog‘istonda elektroenergiyaning 90% ga yaqini IESda ishlab chiqariladi. Mamlakatning oblast markazlari va yirik shaxarlarida IESlar va IEMlar qurilgan. Bunday elektr stansiyalar Qarag‘anda va Ekibastuz ko‘miri asosida ishlaydi. Ekibastuz atrofida har birining quvvati 4 mln kVt MAES–1 va MAES–2 ishlamoqda, shuningdek MAES–3 qurilishi davom etmoqda. Yaqin kelajakda Almati oblastida MAES–4ni qurish rejalashtirilmoqda. Shunga uxshash Pavlodar oblastida quvvati 2,4 mln kVt Aqsu MAESi Aqsu ferrosplav zavodini energiya bilan ta’minlab bermoqda. Bunday IESlarga Qarag‘anda atrofida MAES–1 va MAES–2, Pavlodar, Aqto‘be, Almati shaharlaridagi issiqlik elektr stansiyalari va quvvati 1,3 mln kVt soat Taraz MAESi kiradi.
Mamlakatda ishlab chiqariladigan elektroenergiyaning 8 foizini gidro- elektrostansiyalarida ishlab chiqariladi. Qozog‘istonning suv energetika resurslari yiliga 160 mlrd kVt soat elektr energiya olishga imkon beradi. Qozog‘iston GESlarda elektr energiya olishda Rossiya va Tojikistondan keyin uchinchi urinni egallaydi. Suv elektr stansiyalari Irtish daryosi va uning irmoqlarida qurilgan. Bu yerda Irtish, Buxtarma, Uskemen GESlari ishlamoqda va quvvati 1,3 mln kVt Shulbi GESi qurilmoqda. Oltoy tog‘i daryolarida Ulbi, Xayryuzovsk, Turgusunsk, Tishinsk kichik GESlari bor. Ili daryosida Qapchag‘ay, Sirdaryoda Chardara GESlari bor. Almati shahri yonidagi Katta va Kichik Almati daryolarida kichik suv elektr stansiyalarining kaskadlari ishlamoqda. Qozog‘istonning mayda daryolarida sungi yillarda yuzga yaqin kichik GESlar qurilgan. Bunday stansiyalarga quvvati 30 mVt-dan 100 kVt gacha bulgan stansiyalar kiradi. Xujalikni rivojlantirish maqsadida mayda daryolarda kichik GESlar qurilmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |